Jumaqulov elbekk ss--81


Diniy tolerantlik madaniyatining mohiyati


Download 133.39 Kb.
bet2/8
Sana14.12.2022
Hajmi133.39 Kb.
#1003682
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
SH. JUMAQULOV (1)

1. Diniy tolerantlik madaniyatining mohiyati.
Oʻzbekistonda dunyoviylik bilan diniylik oʻrtasida andoza sifatida qoʻllash mumkin boʻlgan yangi nisbatning shakllanishi natijasida dinlararo bagʻrikenglik va millatlararo totuvlikning ta’minlangani, qola- versa, tabarruk zaminimizning azaldan umumjahon tamadduni markaz- laridan biri boʻlgani barchaga ayon. “Mamlakatimizda diniy erkinliklar borasida ham vaziyat keskin yaxshilandi. Millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni yanada mustahkamlash biz uchun doimiy muhim vazifalarimizdir”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli farmoniga binoan 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi qabul qilingan bo‘lib, uning beshinchi ustuvor yo‘nalishi “Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni ta'minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosatni yuritish” deb nomlangan. Xavfsizlik, diniy bagʻrikenglik va millatlararo totuvlikni ta'minlash sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar quyidagilar:

O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini muhofaza qilish

axborot xavfsizligini ta'minlash va axborotni himoya qilish tizimini takomillashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga o‘z vaqtida va munosib qarshilik ko‘rsatish

fuqarolik, millatlararo va konfessiyalararo tinchlik hamda totuvlikni mustahkamlash

davlatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining jangovar qudrati va salohiyatini oshirish

atrof va tabiiy muhit, aholi salomatligi va genofondiga ziyon yetkazadigan ekologik muammolarning oldini olish; favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tizimini takomillashtirish

Download 133.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling