Jumaxanov Sh. Z. ««biogeografiya» fanidan


Download 1.04 Mb.
bet42/145
Sana28.12.2022
Hajmi1.04 Mb.
#1009170
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   145
Bog'liq
ed8b378ada240a4db3f80addadbc87d9 BIOGEOGRAFIYA

2. Sharqiy-Osiyo oblasti - bu oblast hududiga sharqiy Ximolay, Hindiston chegarasidan boshlab, Xitoyning sharqiy qismi, shimoliy Birma, Koreya, Yaponiya, Saxalin orollari kiradi. Maydon jihatidan oldingi oblastlarga nisbatan kichik bo’lishiga qaramay, bu oblast o’simliklar turiga nihoyatda boy. O’simliklarining o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Bu oblastda 300 dan ortiq tur va 14 dan ortiq oila endem hisoblanadi. Bunga sabab bu oblast hududida turli xil iqlim sharoiti bo’lganligidir..
3. Atlantik-Shimoliy Amerika oblasti - bu oblast hududiga Atlantika okeanining qirg’oqlari, Shimoliy Amerika, Janubiy Kanada hududlari kiradi. Bu oblastda 1 ta endem oila va 100 dan ortiq endem va bir necha yuzlab endem turlar bor. Bu oblastda ayiqtovondoshlar, atirguldoshlar, ko’knoridoshlar keng tarqalgan.
4. Qoyali tog’lar oblasti - bu oblast Shimoliy Amerika qit’asida Kanadaning g’arbiy qismi va AQSh g’arbiy shtatlari ham kiradi. Bu oblastda yuqori o’simliklardan endem oila yo’q. 1 ta jigarsimon moxdan tashqari, lekin endem turlar juda ko’p.
5. Makroneziya oblasti - Bunga bir qancha orollar kiradi. Bo’larni umumiy nom bilan Azor-Madeyra, Yashil burun orollari deb ataladi. Bu oblastda ko’plab orollar bo’lganligi uchun endem tur va avlodga boy. Lekin endemik oila yo’q. Sababi iqlim xususiyati bir-biriga yaqin.
6. O’rta yer dengizi oblasti - bu oblastga O’rta yer dengizi atrofidagi barcha mamlakat va bir qancha orollar kiradi. Bu oblast hududida bitta endemik oila va 150 dan ortiq avlod va bir necha yuz turlar endem hisoblanadi. Endemizmni kuchliligiga sabab o’simliklarning kelib chiqqan markazlardan biridir.
7. Arab Sahroi Kabir oblasti - bu oblast Hududiga Afrika sahrosining tropik bo’lmagan qismi kiradi. Sinay yarim oroli, Arabiston yarim oroli, Iordaniyaning bir qismi, Suriya sahrosi, Quyi Mesopotamiya kiradi. Bu oblastda ham endemik oila yo’k. 300 dan ortiq endemik tur aniqlangan.
8. Eron-Turon oblasti - Siriyaning katta qismi, Shimoliy Falastin, Iordaniya, Yuqori Mesopatamiya, Armaniston tog’lari, Janubi-sharqiy Zakavkaziya, Eron, Afg’oniston, Pokiston, Tibet sistemasi, Mongoliya, Shimoliy Sibirning janubiy qismi kiradi. Bu oblast hududi keskin kontinental iqlimli bo’lib, lekin xilma-xil o’ziga xos iqlim sharoitiga ega bo’lgan bir necha tog’liklar sistemasi joylashganligi sababli endem turlarga boy hisoblanadi. Masalan, ayiqtovondoshlar, atirguldoshlar, sho’radoshlar, ko’knoridoshlar, ituzumdoshlarning ko’p turlari endem hisoblanadi. Mavjud turlardan bir qanchalari bu oblast uchun relьekt hisoblanadi.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling