Jumaxanov Sh. Z. ««biogeografiya» fanidan


Download 1.04 Mb.
bet67/145
Sana28.12.2022
Hajmi1.04 Mb.
#1009170
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   145
Bog'liq
ed8b378ada240a4db3f80addadbc87d9 BIOGEOGRAFIYA

Vereshatniklar. G’arbiy va Shimoli-g’arbiy Yevropada, chunonchi Shimoliy Frantsiya, Belьgiya, Gollandiya, Irlandiya, Daniya hamda Germaniya Demokratik Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasining shimoliy rayonlari bo’ylab, Boltiq dengizi bo’yida, Skandinaviyada maxsus o’simliklar tipini ajratish mumkin. Bu tipni tashkil etuvchi o’simliklarning barglari doimo yashil, ancha dag’al va kichik bo’lib, ko’pincha butasimon va chala butasimon vakillardan iborat. Ular asosan vereskdoshlar oilasiga kiruvchi o’simliklar bo’lib, barglari odatda mayda va zich joylashgan, ninasimon. Bu xildagi barg tuzilishiga ega bo’lgan o’simliklar odatda vereshatniklar deb ataladi.
Vereshatniklar odatda salqin va nam okean iqlimi hamda podzollashgan qumli va torfli tuproqlar mavjud bo’lgan At-lantika okeani bo’yidagi oblastlarda uchraydi. Bu xildagi joylar Yevropada juda ko’p. Vereshatniklar tipidagi bunday gruppa o’simliklar qarag’ay o’rmonlarining qirqilishi va yong’inlar natijasida ochilib (bo’shab) qolgan maydonlarda ikkilamchi o’simliklar sifatida paydo bo’la boshlaydi. Bunday joylarni o’zlashtirish va ularni madaniy ekinlar maydoniga aylantirish ancha qulaydir.
Shunday qilib, vereshatniklar gruppasini tashkil qilishda vereskdoshlar oilasi vakillaridan tashqari empetradoshlar, mirtadoshlar, dukkakdoshlar kabi oilalarning vakillari ham ishtirok etadi. Bu joylarda eng ko’p uchraydigan o’simliklardan erika (Erica tetralix), veresk, toloknyanka, vodyanika, brusnika, chernika, golubnka va archa (Luniperus communis) kabilarni ko’rsatish mumkyan. Tuproq betini xilma-xil lishayniklar va moxlar qoplagan bo’ladi.
Bu kichik zonaning asosiy qismi Sharqiy Yevropa tekisligida joylashgan. U Skandinaviyadan boshlanadi. G’arbdsh Yevropadagi va Sharqdagi tayga o’rmoilari o’zining janubiy chega-ralarida ba’zi bir keng bargli daraxtlar bilan-birgalikda uchraydi. Bunday joylarda eman, zarang, arg’uvon, shumtol, qay-rag’och, kabi keng bargli daraxtlar qoraqarag’ay, pixta kabi ninabarglilar bilan birga o’sadi. Bunday maydonlar Boltiq dengizi bo’yidan boshlanib, MDH ning Yevropa qismi va Ural tog’igacha ingichka mintaqa tashkil qiladi._ Qoraqarag’ay-eman o’rmonlari, xususan MDH ning Pskov, Kalinin, Moskva, Ryazan oblastlarida, qoraqarag’ay-pixta-eman o’rmonlari esa Gorьkiy oblasti, CHuvashiston hamda Tatariston avtonom respublikalari territoriyasida keng tarqalgan. Bunday o’rmonlarda yuqorida ko’rsatilgan keng bargli o’simliklardan tashqari chetan (ryabina), o’rmon yong’og’i (oreshnik), itjumrut (krushnna), uchqat bereskelet kabi butalar, medunitsa, qo’zigul qarg’atuyok, landish, ilonchirmoviq singari o’tlar ham uchraydi.
Boltiqbo’yi respublikalarining ba’zi oblastlari, G’arbiy Belorussiya va Qarpatda ninabarglilar qoraqayin va grab kabi keng bargli daraxtlar bilan birga o’sadi. .
Aralash o’rmonlar kichik zonasining mavjudligini muzliq davri va undan keyingi davrda ninabargltslar bilan keng bargli o’simliklar o’rtasidagi ta’sirning natijasi deb xisoblash keraq Muzlik davri tugagach keng bargli va ninabargli o’rmonlar shimolga qarab siljiy boshlagan. Keyinchalik iklimning bir oz salqinlasha borishi, namlikning ortishi natijasi-da qoraqarag’ay o’rmonlari yana janubga tomon qaytib, eman o’rmonlarini siqib chiqara boshlagan. Bu protsess hatto hozirgi kunda ham davom etmoqda.
Shimoliy Amerikada aralash o’rmonlar Atlantik okeanning sharqiy sohilida ninabargli daraxtlar keng bargli daraxtlar bilan birga o’sa boshlaydi. Bu yerda zarang, arg’uvon, shumtol, qoraqayin, eman, tog’terak, balьzam terak, oq qayin, lola da-raxti balьzam pixtasi, veymut qarag’ayi kabi ninabarglilar bilan birga uchraydi.
Aralash o’rmonlar tarkibida 5—6% chirindi bo’lgan qoramtir chimli podzol tuproqli rayonlarda o’sadi.
Bargli o’rmonlar uchlamchi davrda turlarga juda boy bo’lgan. To’rtlamchi davrga kelib turlar soni kamaygan. Bu xildagi o’rmonlar 6'a’zan yozda yashil o’rmonlar deb ham yuritiladi. Bargli o’rmonlar odatda bargi keng (yirik) bo’lgan daraxtlar hamda barg plastinkasi ancha kichik bo’lgan daraxtlardan tashkil topgan. Shunga ko’ra ular keng bargli o’rmonlar va mayda bargli o’rmonlar deb ataluvchi kenja gruppalarga bo’linadi.
Bargli o’rmonlar deyarli shimoliy yarim sharda keng tarqalgan bo’lib, asosan dengiz iqlimi ta’sirida rivojlanadi.
Bargli o’rmonlar qisman Shimoliy Amerikada va, asosan, G’arbiy Yevropada tarqalgan bo’lib, o’zining shimoliy chegarasi-da aralash o’rmonlar bilan tutashib, janubga tomon yo’naladi. U MDH territoriyasining g’arbiy qismidan Uralgacha, shuningdek, Qrimda, Kavkazda, Uzoq Sharqda, Manchjuriyada, Xitoyning sharqida, Kamchatkada, Saxalinda, Shimoliy Yapon orollarida tarqalgan. Ba’zi joylarda u ekstrazonal xarakterga ega bo’lib, dasht zonasi chegarasiga kirib boradi. Shimoliy Amerika va Yevrosiyoda bargli o’rmonlarni tashkil etishda bir necha tur emanlar ishtirok etadi.
Bargli o’rmonlar uchun har yili kuzda barglarining to’kilib turishi, bir necha turkumga mansub bo’lgan daraxtlarning mavjud bo’lishi va bir necha yarusli daraxt butalaridan tashkil topishi xarakterlidir. O’t o’simliklar ham turlarining xilma-xilligi va hayot kechirishida turli-tuman moslanishlarga ega bo’lishi bilan ninabargli o’rmonlardan farq qiladi. Har yili kuzda xazonrezlikning bo’lishi va yerni xazon bilan qoplaniSHi bu o’rmonlarda mox-lishayniklar qavatini rivojlanmasligiga sabab bo’ladi. Moxlar va lishayniklar ko’pincha daraxtlarning tanasida yoki shoxlarida rivojlanadi.
Bargli o’rmonlar kichik zonasining iqlim va tuproq sharoiti ninabargli o’rmonlar uchun birmuncha qulaydir. Masalan, bir yilda deyarli 4 oy temperatura + 10°dan yuqori bo’lib tu-radi. Eng issiq oyda o’rtacha temperatura +13 va +23° ni, sovuq oyda esa —6°S ni tashkil qiladi. Vg’ingarchilik, asosan, vege-tatsiya davrida kuzatiladi va bu vaqtda oyiga 100—130 mm miqdorda yog’in yog’adi. Shunday sharoitning mavjudligi bargli o’rmonlarda juda ko’p o’simliklarning normal o’sishi va rivojlanishiga imkon beradi. Bu yerda o’sadigan o’simliklar mezofit o’simliklardir. Ko’pchilik daraxtlarning bargi keng va nozik bo’lib, ular kuzga tomon temperaturaning pasayishi natijasida sarg’ayib to’kila boshlaydi. Qishki sovuqlardan saqlanish uchun daraxtlarning tanasi qalin po’stloq hosil qiladi va kurtaklari po’stga o’xshash tangacha pardalar bilan qoplanadi.
Yilning bahor va kuz mavsumida yorug’lik nurining ta’siri ortadi. Bahor paytida yorug’lik ko’pincha erta ko’klamda rivojlanadigan efemeroid o’simliklarga foydali ta’sir ko’rsatsa, kuzgi yorug’sevar daraxtlarning bargini tezroq to’kilishiga ta’sir etadi. Natijada kuzdan boshlab kelgusi yili bahorgacha bunday o’rmonlarda «boychechaklar» deb atalgan maxsus gruppa o’simliklari o’sadi. Qeng bargli o’rmonlarda daraxtlar, buta-lar va ko’p yillik o’t o’simliklar yoz mavsumi davomida o’sib rivojlanadi. O’t o’simliklar yoz mavsumida o’rmonlarning pastki qismiga yorug’likning tushmasligi sababli, o’z hayot protsess-larini yorug’lik yetarli darajada bo’lgan kuz-qish va bahor faslida tugallashga noslashgan.
Boychechaklar gruppasiga kiruvchi ko’p yillik o’t o’simliklarning piyozi, tugunagi yoki ildizpoyasida kuz-qish davomida kurtaklar chiqa boshlaydi va, hatto qishning ikkinchi yarmida ularning yer ostki organlarida yosh o’simtalar hosil bo’ladi. Kuz-qish fasli davomida xazon barglar va qalin qor katlami tufayli yer beti muzlamaydi. Bu esa ko’pgina o’simliklarni shu faslda o’sishiga imkon berady. Shunday qilib, bahor boshlanishi bi-lan boychechaklar tezda qor qatlamini yorib chiqib gullay bosh-laydi va urug’ hosil qiladi.
Shunday qilib, bargli o’rmonlarda o’suvchi turli o’simliklar turlicha hayot kechirishga moslashgan.
Daraxtlarning ayrimlari qoraqayin (eman, tog’terak) erta bahorda barg yozguncha gullab, shamol yordamida changlanadi. Shuning uchun ham ularning gullari hidsiz, ko’rimsiz, rangsiz, mayda bo’lib, halqasimon to’pgul hosil qiladi; boshqa birlari (zarang, arg’uvon) yozning o’rtalarida gullab hasharotlar yordamida changlanadi. Bu xildagi o’simliklarning gulida shiradonlar mavjud bo’lib, hasharotlarni o’ziga jalb etadi. Bargli o’rmonlarda yoz mavsumi davomida gullab urug’ hosil qiluvchi ko’pgina buta va o’t o’simliklarining guli ochiq rangli bo’ladi
Shunga ko’ra ular keng bargli o’rmonlar va mayda bargli o’rmonlar deb ataluvchi kenja gruppalarga bo’linadi.
Bargli o’rmonlar deyarli shimoliy yarim sharda keng tar-qalgan bo’lib, asosan dengiz iqlimi ta’sirida rivojlanadi.
Bargli o’rmonlar qisman Shimoliy Amerikada va, asosan, G’arbiy Yevropada tarqalgan bo’lib, o’zining shimoliy chegarasida aralash o’rmonlar bilan tutashib, janubga tomon yo’naladi. U MDH territoriyasining g’arbiy qismidan Uralgacha, shuningdek, Qrimda, Kavkazda, Uzoq Sharqda, Manchjuriyada, Xitoyning sharqida, Kamchatkada, Saxalinda, Shimoliy Yapon orollarida tarqalgan. Ba’zi joylarda u ekstrazonal xarakterga ega bo’lib, dasht zonasi chegarasiga kirib boradi. Shimoliy Amerika va Yevrosiyoda bargli o’rmonlarni tashkil etishda bir necha tur emanlar ishtirok etadi.
Bargli o’rmonlar uchun har yili kuzda barglarining to’kilib turishi, bir necha turkumga mansub bo’lgan daraxtlarning mavjud bo’lishi va bir necha yarusli daraxt butalaridan tash-kil topishi xarakterlidir. O’t o’simliklar ham turlarining xilma-xilligi va hayot kechirishida turli-tuman moslanishlarga ega bo’lishi bilan ninabargli o’rmonlardan farq qiladi. Har yili kuzda xazonrezlikning bo’lishi va yerni xazon bilan qoplaniSHi bu o’rmonlarda mox-lishayniklar qavatini rivojlanmasligiga sabab bo’ladi. Moxlar va lishayniklar ko’pincha daraxtlarning tanasida yoki shoxlarida rivojlanadi.
Bargli o’rmonlar kichik zonasining iqlim va tuproq sharoiti ninabargli o’rmonlar uchun birmuncha qulaydir. Masalan, bir yilda deyarli 4 oy temperatura + 10°dan yuqori bo’lib tu-radi. Eng issiq oyda o’rtacha temperatura +13 va +23° ni, sovuq oyda esa —6°S ni tashkil qiladi. Vg’ingarchilik, asosan, vege-tatsiya davrida kuzatiladi va bu vaqtda oyiga 100—130 mm miqdorda yog’in yog’adi. Shunday sharoitning mavjudligi bargli o’rmonlarda juda ko’p o’simliklarning normal o’sishi va rivojlanishiga imkon beradi. Bu yerda o’sadigan o’simliklar mezofit o’simliklardir. Ko’pchilik daraxtlarning bargi keng va nozik bo’lib, ular kuzga tomon temperaturaning pasayishi natijasida sarg’ayib to’kila boshlaydi. Qishki sovuqlardan saqlanish uchun daraxtlarning tanasi qalin po’stloq hosil qiladi va kurtaklari po’stga o’xshash tangacha pardalar bilan qoplanadi.
Yilning bahor va kuz mavsumida yorug’lik nurining ta’siri ortadi. Bahor paytida yorug’lik ko’pincha erta ko’klamda rivojlanadigan efemeroid o’simliklarga foydali ta’sir ko’rsatsa, kuzgi yorug’sevar daraxtlarning bargini tezroq to’kilishiga ta’sir etadi. Natijada kuzdan boshlab kelgusi yili bahorgacha bunday o’rmonlarda «boychechaklar» deb atalgan maxsus gruppa o’simliklari o’sadi. Qeng bargli o’rmonlarda daraxtlar, buta-lar va ko’p yillik o’t o’simliklar yoz mavsumi davomida o’sib rivojlanadi. O’t o’simliklar yoz mavsumida o’rmonlarning pastki qismiga yorug’likning tushmasligi sababli, o’z hayot protsesslarini yorug’lik yetarli darajada bo’lgan kuz-qish va bahor faslida tugallashga noslashgan.
Boychechaklar gruppasiga kiruvchi ko’p yillik o’t o’simliklarning piyozi, tugunagi yoki ildizpoyasida kuz-qish davomida kurtaklar chiqa boshlaydi va, hatto qishning ikkinchi yarmida ularning yer ostki organlarida yosh o’simtalar hosil bo’ladi. Kuz-qish fasli davomida xazon barglar va qalin qor katlami tufayli yer beti muzlamaydi. Bu esa ko’pgina o’simliklarni shu faslda o’sishiga imkon berady. Shunday qilib, bahor boshlanishi bilan boychechaklar tezda qor qatlamini yorib chiqib gullay boshlaydi va urug’ hosil qiladi. Ularning gullari juda ochiq va chiroyli bo’lib, hasharotlarni o’ziga jalb qyladi. Iyunь oyidan boshlab esa tinim davriga o’tadi.
Shunday qilib, bargli o’rmonlarda o’suvchi turli o’simliklar turlicha hayot kechirishga moslashgan.
Daraxtlarning ayrimlari qoraqayin (eman, tog’terak) erta bahorda barg yozguncha gullab, shamol yordamida changlanadi. Shuning uchun ham ularning gullari hidsiz, ko’rimsiz, rangsiz, mayda bo’lib, halqasimon to’pgul hosil qiladi; boshqa birlari (zarang, arg’uvon) yozning o’rtalarida gullab hasharotlar yordamida changlanadi. Bu xildagi o’simliklarning gulida shiradon-lar mavjud bo’lib, hasharotlarni o’ziga jalb etadi. Bargli o’rmonlarda yoz mavsumi davomida gullab urug’ hosil qiluvchi ko’pgina buta va o’t o’simliklarining guli ochiq rangli bo’ladi yoki shiradonlarga ega bo’lib, ular ham hasharotlarni o’ziga jalb etadi.
Bargli o’rmonlarda o’suvchi o’simdiklarning urug’ va mevala-ri ham turli yo’llar bilan tarqaladi. Buta o’simliklarining urug’ mevalari ko’pincha qushlar yordamida, daraxtlarniki shamol yordamida va o’t o’simliklarining urug’-mevalari chumolilar, qurt-qumursqalar, kemiruvchi hayvonlar va qisman qushlar yordamida tarqaladi.
Bargli o’rmonlarda ham ninabargli o’rmonlardagi singari asosiy manzara hosil qiluvchi o’simliklar daraxtlardir. O’rmon hosil qilishda qatnashadigan daraxtlar asosan quyidagilar hisoblanadi: Keng bargli daraxtlar qoraqayindoshlar oilasining qora qayin, eman, grab, o’rmon yong’og’i, kashtandoshlar oilasining kashtan, qayrag’ochdoshlar oilasining qayrag’och, zarangdoshlar oila-sining zarang, jo’kadoshlar oilasining jo’ka, zaytundoshlar oilasining shumtol kabi turkum vakillaridan tashkil topgan. Kichik bargli daraxtlar asosan qayindoshlar oilasidan qayin, olьxa, toldoshlar oilasining tol, osina yoki tog’terakva chozeniya kabi turkum vakillaridan iborat.
Shimoliy Amerika, barcha Yevropa mamlakatlari, shuningdek, MDH territoriyasida uchraydigan bargli o’rmonlar bir necha xil o’rmon tiplarini hosil qiladi. Biz quyida o’rmon o’sim-liklari jamoasi haqida umumiy tasavvur hosil qilish maqsa-dida eman o’rmonlari va qoraqayin o’rmoilari haqida bir oz to’xtaymiz.
Qoraqayin o’rmonlari qisman Shimoliy Amerika, Yaponiya, va asosan, G’arbiy Yevropa uchun xarakterli bo’lib, uning tekislik qismida jumladan, G’arbiy Ukraina va Moldaviya respublikasi territoriyasida juda keng tarqalgan. Qrim va Kavkazda qoraqayin o’rmonlari yuqori mintaqalarda joylashgan. Masalan, Bolqon yarim oroli atrofidagi o’rmonlar maydonining 40% ini, Frantsiya, Daniya va SHvetsariyada 20—30% ini qoraqayin o’rmonlari tashkil qiladi. Ukraina va Moldaviya respublikalari territoriyasida 2,5 mln. ga maydonni qoraqayin o’rmonlari egallaydi.
G’arbiy Yevropada, asosan, Yevropa qoraqayini va sharqiy koraqayin keng tarqalgan bo’lib, ular yorug’likni tutib qoluvchi* o’simlik hisoblanadi. Shuning uchun ham bu yerlardagi qora-qayin o’rmonlari tagida yoz mavsumida o’t o’simliklari o’sa olmaydi. Shu sababli bunday o’rmonlarda bahorgi efemeroid-lar yaxshi o’sib rivojlanadi. Bahorgi efemeroidlardan vetre-nitsa yoki qarg’atuyoq, galantus kabilar juda ko’p uchraydi. Qoraqayin o’rmonlarida qoraqayin daraxti bilan birga ko’-pincha ninabarglilardan Yevropa pixtasi, qoraqarag’ay kabi-lar uchraydi. Yozda vegetatsiya qiluvchi o’t o’simliklardan yasmennik, veronika, zubyanka, xoxlatka, verbeynik, yovvoyi piyoz kabilar, butalardan uchqat ko’p uchraydi. Shimoliy Amerikaiing sharqiy shtati va Kanadada kora-qayin o’rmonlari amerika bukidan tashkil topgan. U bilan birga shakar, zarang hamda liana holidagi yovvoyi tok uchraydi. Yaponiyada bukning ikki turi (Fagus sieboldii va Fagus jponica), Sharqiy Osiyo esa engler korakayini va uzun bandli kora-qayin tarqalgan.
Eman o’rmonlari G’arbiy Yevropada, MDH ning Yevropa qis-mida Uzoq Sharqda, Sharqiy Osiyoda va Urta dengiz atrofida ba’zan faqat eman daraxtidan iborat sof o’rmonlar hosil qiladi. Ko’pincha esa eman o’rmonlarida eman bilan birga bi-rinchi yarusda shumtol, dala zarangi, qayrag’och, arkeug’on, qora qayin, grab, qayin kabilar; ikkinchi yarusda tatar zarangi, yovvoyi olma, cheremuxa, tog’terak, qandog’och va ba’zan qarag’ay hamda qoraqarag’ay uchraydi. Eman o’rmonlarining uchinchi yarusida ko’pincha o’rmon yong’og’i, bereskelet, chetan, chernika, dasht olichasi, buzina, kalina, uchqat, itburun kabi kichik daraxtlar, butalar va snit, medunitsa, yasmennik, zelenchuk, kislitsa, azarum, qo’ng’iroqgul, landish, iloq, yaltirbosh, prolesnik, asperula, yulduzo’t, binafsha, qo’ng’irbosh, betaga, alomatchoy, skutellariya, paporotniklar kabi keng bargli, ko’p yillik o’t o’simliklar, shuningdek, boychechak, vetrenitsa, chistyak, xoxlyatka, zubyankalar kabi bir qancha bahorgi efemerondlar uchraydi.
Shimoliy Amerika bargli o’rmonlari. Bunday o’rmonlar Atlantik okean atrofidagi territoriyalarda uchrab, shimoldan janubga tomon cho’ziladi. G’arbda esa o’rmon-dasht kichik zonasi bilan chegaralanadi. Bu yerdagi eman o’rmonlarida eman bilan birga zarang, arg’uvon, kashtan, buk, likvidambar, nissa, lola daraxti, yong’oq, kariya, chinor bir necha tur zarang (Aser saccharum, A. Rubrum, A.negundo, A. Pensi vanicum), qatrang’i kabilar o’sadi.
O’rmonning pastki yarusi maklyura, zarang, arg’uvon, nok, olma, eman kabi turkumlarning bir necha turlaridan tashkil topgan. Liana holida esa yovvoyi tokning bir nyocha turi uchraydi. Urmon daraxtlarining pastki yarusi zirk, chubushnik, olьxa, ka-lina, tobulg’i, smorodina, malina, cheremuxa, na’matak kabilar-ning turlaridan iborat. Shimoliy Amerikadagi bargli o’rmon-lar lavrentiya, appalachi va janubi-atlantik o’rmon kabi rayonlarga bo’lib o’rganiladi. Bunday o’rmonlarda har yili. daraxtlarning bargi to’kilib chiriydi. Shuning uchun Ham bu yerlardagi qo’ng’ir tuproqlar organik chirindiga boy bo’ladi,
Osiyodagi bargli o’rmonlar. Xitoy, Yaponiya va Uzoq Sharqning janubiy qismida keng bargli o’rmonlar mavjud bo’lib, ular o’zining janubiy chegaralarida, ya’ni Ussuriya o’lkasida subtropik o’rmonlar bilan tutashadi.
Uzoq Sharqdagi bargli o’rmonlar juda o’simliklarga boy. Bulardan mongol emani, Amur va Manchjuriya arg’uvoni, Manchjuriya shumtoli, grab, Manjuriya yong’og’i, baxmal daraxt yoki Amur po’kak daraxti va qayrag’ochning bir necha turi keng tarqalgan.
Bargli o’rmonlardan qayin o’rmonlari G’arbiy Sibirda, Kamchatkada, eman-zarang-arg’uvon o’rmonlari Amur, Shimoliy Ussuriya va Osiyoda uchraydi.
Shuningdek, kyong bargli o’rmonlar Kavkazda (eman va eman-grab o’rmonlari), Urta dengiz atrofida (eman o’rmonlari) tarqalgan.
Ussuriya o’lkasidagy o’rmonlar eng qadimgi o’rmonlardan hisoblanadi. Muzlik davrida bu yerlarga muzlik kelib yetmagan. Shuning uchun iliq iqlimli bu joylarda uchlamchi . davrda yashagan ba’zi o’simliklar hozirgi kungacha saqlanib kelgan. Ular o’z vaktida juda keng tarqalgan bo’lishiga qaramasdai, keyinchalik umumiy iqlim sharoitining noqulaylashib borishi natijasida hozirgi kunda bu xildagi o’simliklar maydoni juda qisqarib ketgan. Shuning uchun ham Ussuriya o’lkasidagi ba’zi o’simliklar noyob hisoblanadi.
Mayda bargli o’rmonlar. Mayda bargli o’rmonlarda qayin, tog’terak, qandag’och kabi yorug’sevar, beor va tez o’suvchi o’simliklar uchraydi. G’arbiy Sibirь tekisligida uchraydigan qayin (tog’terak) o’rmonlari asosan bir necha tur qayindan va tog’te-rakdan tashkil topgan. Bunday o’rmonlarda cheremuxa, chetan, tol, na’matak kabilar ikkinchi va uchinchi yarusni tashkil qiluvchi kichik daraxt va butalar ham uchraydi. Utlardan egopodium, kostyanika, iloq, volodushka, qo’zi quloq, sanchiqo’t, orlyak poporotnigi kabilar uchraydi.
Kamchatkaning Oxota dengizi atrofida Saxalin va Kuril orollarida tosh qayin oiyrak bo’lsa-da, katta-katta maydon-larda o’rmonlar xosil qiladi. Bunday o’rmonlarda o’tlardan dudnik, borshevik, krestovik, kalamogrostis yoki soxta qamish kabilar o’sadi.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling