Jumaxanov Sh. Z. ««biogeografiya» fanidan
Download 1.04 Mb.
|
ed8b378ada240a4db3f80addadbc87d9 BIOGEOGRAFIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10-mavzu: Biologik xilma-xillik va uni muhofaza qilish Reja
- Tayanch iboralar
Nazorat savollari
Tabiat zonalari deganda nimani tushunasiz? Yer shari kanday tabiat zonalariga ajratiladi? Arktika muz saxrolari zonasining o’simlik va hayvonot dunyosini tushuntiring? Cho’l va chalacho’l zonasi organik olamini tushuntiring? Keng va ingichka bargli o’rmonlar zonasini izoxlang? Tundra zonasini tushuntiring? Kashtan (Castanea) daraxtining geografik tarqalishini izohlanag? Yer shari kanday tabiat zonalariga ajratiladi? Keng va ingichka bargli o’rmonlar zonasini izoxlang? Tundra zonasini tushuntiring? Vereshatniklar nima. 10-mavzu: Biologik xilma-xillik va uni muhofaza qilish Reja: Genetik, turlar va ekosistema xilma xilligi Ekologik muammolar va ularning bioxilma-xillikka ta’siri BMTning Atrof muhit bo’yicha ixtisoslashgan tashkiloti YuNEP Biologik resurslar sanoat va tibbiyot uchun muhim xom-ashyo manbai ekanligi Biologik xilma-xillikni ekosistema darajasida muhofaza qilish Noyob va yo’qolib borayotgan xillarni muhofaza qilish Alohida muhofaza etiladigan hududlarni joylashtirishning geografik tamoyillari Tayanch iboralar: Genetik tur, YuNEP, YuNESKO, FAO, VOZ, VMO , IMKO, Biologik xilma-xillik, Noyob turlar, yo’qolib borayotgan turlar, alohida muhofaza hududlari Atrof-muhitni muhofaza qilishning xalqaro aspektlari. Hozirgi vaqtda global xarakterga ega bo’lgan ekologik muammolarni xal qilishlik muhim va zarur ekanligi butun dunyo mamlakatlari tomonidan tan olindi. Mamlakatlarning geografik o’rni va iqtisodiy rivojlanishdan qat’iy nazar ularning serqirra va o’zaro bog’liqligi umumiy chora va takliflarni ishlab chiqishni talab qiladi. SHu bilan birga jahonning turli mamlakatlari atrof-muhitni sog’lomlashtirish dasturlarini hayotga tadbiq qilish bo’yicha bir xil imkoniyatga ega emas. Bu borada hamkorlik va dunyo hamjamiyatining yordami ham muhimdir. Tabiatni muhofaza qilishdagi xalqaro aspektlar quyidagi tadbirlarnn o’z ichiga oladi: - tabiatdan foydalanish milliy dasturlarini tadbiq qilishda tajriba almashuv; - davlatlararo dastur va bitimlarni yaratish va joriy qilish; - atrof-muhitni holatini nazorat qilish bo’yicha xalqaro tashkilotlarni ta’sis qilish va qabul kilingan bitimlarni bajarish. Hozirgi vaqtda barcha rivojlangan mamlakatlarda atrof-muhitni muhofaza qilish milliy dasturlari ishlab chiqilib, amaliyotga tadbiq qilinmoqda. Bu dasturlarni tadbiq qilish birinchi navbatda to’planib qolgan ifloslanishni yo’qotishga, ko’zda tutilgan choralar asosan ishlab chiqarish faoliyati natijasida kelib chiqqan noxush natijalar bartaraf etishga yo’naltiriladi. Bunday yondashish dastlab o’zini oqladi, keyinchalik esa ba’zi hollarda ekotizimni buzilganligi tezkorlik bilan qutqarishga to’g’ri keldi. Hozir bularga boshqacha urg’u berilyapti. Ko’pgina mamlakatlarda tabiatdan foydalanish bo’yicha majmuali dasturlar qabul qilingan. Bular qonuniy ravishda amal qiladi. Unda tabiatdan foydalanish faoliyatini tartibga solish bo’yicha davlatning kuchli roli o’z ifodasini topgan, huquq va mas’uliyati aniqlangan. Rivojlangan mamlakatlarda tabiatdan foydalanish tadbirlariga davlatning aralashuvi sezilarli tavsifga ega. Boshqarish tizimlari tuzilib, ularda tabiatdan foydalanish siyosatini maqsadlari, ularning ob’ektlari (havo basseyni, suv tizimlari, yer resurslari, o’rmonlar va boshqalar) ko’rsatilgan. Atrof-muhit monitoringi, jarayonlarni boshqarish, moliyalashtirish, tabiatdan foydalanish faoliyatlarini rag’batlantirish qoidalari ishlab chiqilgan. So’nggi yillarda atrof-muhit holatiga mas’ul tarmoq vazirliklarini qz ichiga olgan davlat boshqaruv organlarining ko’payish tendentsiyasi kuzatilyapti. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling