Jumayev Suxrob Faxriddin oʻgʻlining
-§. Dispersiya nazariyasining asoslari
Download 327.02 Kb.
|
BMI diplom ishii
2.3-§. Dispersiya nazariyasining asoslari.
Yorugʻlikning “elastiklik” nazariyasdayoq eksperimental yoʻl bilan olingan boy natijalarni talqin qilishga unumli urinib koʻrilgan edi. Bu nazariya muhitning sindirish koʻrsatkichi qiymatini muhitning ma’lum parametrlaridan hech biriga bogʻlay olmaganligiga qaramay, ancha burun moddadagi refraksiya va dispersiya hodisalarini tushuntirishga urinilgan edi. Frenel tasavvurlariga muvofiq, yorugʻlik elastik qattiq jism xossalariga ega boʻlgan oʻta siyrak va barcha oddiy muhitlar ichiga kira oladigan maxsus muhitda (ya’ni yorugʻlik tashuvchi efirda) tarqaladi. Yorugʻlik toʻlqinining tezligini asosan efirning xossalari belgilaydi, lekin moddiy muhitlarda molekulalar ulardagi efirning xossalarini oʻzgartirib yuboradi va shu yusinda yorugʻlikning tarqalish tezligiga ta’sir qiladi. Frenelning modda molekulalarining efir zarralariga koʻrsatadigan ta’sirini hisobga olish haqidagi gʻoyasini Koshi (1829 – 1835 yil) rivojlantirib, sinish koʻrsatkichining toʻlqin uzunlikka bogʻlanishini ifodalovchi formula topdi: , (2.3.1) Koʻp hollarda (2.3.1) formuladagi dastlabki ikki had bilan cheklansa boʻladi. Koshi formulasi dispersiyaning normal oʻzgarib borishini yaxshi ifodalaydi. Masalan, quydagi jadvalda koʻrinib turgandek, vodorodning juda sinchiklab oʻlchangan sindirish koʻrsatkichi tegishlicha tanlangan a, b, c koeffitisentlar yordamida Koshi formulasi orqali juda yaxshi ifodalanishi mumkin.
Download 327.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling