Jumayeva mavluda ziyodullayevna somatik iboralarning semantik tadqiqi


Download 0.73 Mb.
bet14/20
Sana18.06.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1559499
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Bog'liq
Jumayeva Magistr (2)

Con sua buona pace -Sizning ruxsatingiz bilan
Fare pace –Tinchitmoq
Fare pace con se – Tinchlanmoq
Lasciare in pace - Tinch qoʻyish
Mettersi lʻanimo in pace - Murosaga kelish
Nemmeno un momento di pace - Bir dam orom/tinim yoʻq
Non aver pace (requie) - Orom/dam nimaligini bilmaydigan
Pace e calma - Tinch va sokin
Prendersi qc in santa pace - Har narsaga sabr qilish.
Frazeologik birliklarni tarjima qilish deganda, nafaqat ularni so`zma-so`z tarjima qilish, balki o`zbek tilida ingliz tilidagi frazeologik birlikka muqobil bo`lgan iborani topish tushuniladi. Bitiruv malakaviy ishimga ma`lumot to`plash mobaynida bir qancha qiziqarli faktlarga duch keldim. Masalan, frazeologik birliklarni tarjima qilishda muqobil ekvivalentlar ham ba`zi bir ma`no qirralari bilan farqlanar ekan. Bundan tashqari ingliz tilida aynan bizning tilimizga xos bo`lgan iboralar ham anchani tashkil etadi. Bundan ko`rinadiki, xalqlar o`rtasuda o`zaro munosabatlar ularning til boyligiga ham bevosita ta`sir ko`rsatadi.

II bob bo`yicha xulosa


Frazeologizmlar, albatta, birdan ortiq soʻzning birikuvidan tarkib topib, soʻz kabi bir tushunchaga asoslangan maʻnoni bildiradi. Lekin uning tarkibida bir nechta soʻz boʻlishiga qaramay, bir soʻz kabi bir lugʻaviy birlik hisoblanadi. U soʻzlar birligidan tarkib topgan birikma yoki predikativ qoʻshilma qolipli boʻlsa ham, birikma yoki predikativ qoʻshilma kabi nutq jarayonida yuzaga kelmaydi, balki tilda tayyor lugʻaviy birlik holatida bor ekanligi holda, nutq uchun shundayligicha tanlanadi.
Odatda bitta soʻzga teng keladigan leksemaga nutq birligi sifatida qaralar ekan, bir necha soʻzning qoʻshilishidan tarkib topgan frazeologik birliklarni ham nutq birligi deb atashimizga nima monelik qiladi? Bu soʻzlar nutqdan tashqarida boʻlgan qanday holatda va qachon ibora tarzida birikib ulgurgan? Maʻlum boʻladiki, ular tilda turgʻunlashib, maʻlum bir maʻnoni ifodalaydigan va til sohiblari uchun tushunarli holiga kelgunga qadar qandaydir oʻzaro birikish, sintaktik munosabat jarayonini kechirgan boʻladi. Oʻz-oʻzidan ayonki, bu birikish faqatgina nutqda amalga oshadi. Turgʻunlashish va nutqda til elementi sifatida, tayyor holda ishtirok etish esa bu birliklar hayotidagi ikkinchi bosqich sanaladi. Demak, ular mana shu holatga kelgunga qadar, yaʻni til hodisasiga aylangunga qadar ham nutqiy jarayonda ishtirok etish vazifasini oʻtagan.



Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling