Jumayeva mavluda ziyodullayevna somatik iboralarning semantik tadqiqi
III BOB. TURLI KOMPONENTLI SOMATIK IBORALARNING SEMANTIK TAHLILI
Download 0.73 Mb.
|
Jumayeva Magistr (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.2. Ingliz va italyan tillarida koʻz, bosh, qoʻl,oyoq komponentli somatik iboralarning semantik xususiyatlari
III BOB. TURLI KOMPONENTLI SOMATIK IBORALARNING SEMANTIK TAHLILI3.1. Oʻzbek tilidagi koʻz, bosh, qoʻl,oyoq komponentli somatik iboralar semantikasiFrazeologik iboralarning asosiy turlari. Uzbek shunosligida frazeologik iboralar semantik tomondan asosan uch tur (frazeologik chatishma, frazeologik birlashma va frazeologik qoʼshilma)ga boʼlinib, oʼrganib kelinmoqda. Frazeologik iboralarni semantik tomondangina oʼrganish bu fanning barcha xususiyatlarini aniqlash uchun imkon bermaydi. Shuning uchun frazeologik iboralarni semantik, grammatik, etimologik va stilistik jihatlardan tekshirish va klassifikatsiya qilish maʼqul. Frazeologik iboralarni semantik tomondan turlarga ajratishda akademik V. V. Vinogradovning bu sohadagi mavjud klassifikatsiyasini asosan qabul qilib, lekin oʼzbek tilining oʼziga xos xususiyatlarini hisobga olib ish koʼrish talabga muvofiqdir. Frazeologik iboralarni grammatik (morfologik, sintaktik) tomondan tekshirganda, ularning soʼzga, soʼz birikmasiga va gapga teng (ekvivalent) boʼlib kelishi va boshqa shu kabi xususiyatlari oʼrganiladi. Frazeologik iboralarni etimologik jihatdan oʼrganganda, bunday kboralarning qaysi til elementi ekanligini aniqlash va zamonlar oʼtishi bilan u iboralarning deformatsiya va modernizatsiyaga uchraganligini belgilash kerak boʼladi. Frazeologik iboralar mahalliy dialekt va shevalarga tegishli boʼlishi, diniy qarashlarni ifodalashi, turli kasb-hunarga va turmushning xilma-xil sohalariga doir boʼlishi mumkin. Bunday hollar frazeologik iboralarni stilistik nuqtai nazardan oʼrganishga imkon beradi. Frazeologik birlashma frazeologik iboralar ichida hajm jihatdan katta, xilma-xil xususiyatlarga ega boʼlgan barqaror soʼzlar bogʼlanmasidir. Frazeologik birlashma sostavidagi komponentlar (soʼzlar) oʼz leksik maʼnolarini asosan saqlagan boʼladi. Bunday iboradan butunligicha kelib chiqadigan maʼno komponentlardan kelib chiqadigan toʼgʼri maʼno boʼlmay, balki bir butun iboradan hosil boʼladigan koʼchma maʼnodir. Bu maʼno oʼsha ibora sostavidagi soʼzlarga tegishli boʼlgan maʼnolarning umumiy yigʼindisi sifatida kelib chiqadi. Bunday iboralar koʼchma maʼnoda qoʼllansa, frazeologik birlashma, toʼgʼri maʼnoda ishlatilsa, erkin soʼzlar bogʼlanmasi hisoblanadi. Shunday qilib, sostavidagi komponentlarning maʼnolariga bogʼliq boʼlgan, shu asosda umumlashtiruvchi koʼchma maʼnoni bildirgan barqaror soʼzlar bogʼlanmasi frazeologik birlashma deyiladi. Frazeologik birlashma, yuqorida aytilganidek, frazeologik iboralarning boshqa turlariga qaragaida hajmi keng va turlituman boʼlib, bir necha koʼrinishlarga egadir. Frazeologik birlashma sostaviga obrazli iboralar, mlqollar, hikmatli soʼzlar, metaforik iboralarni kiritish mumkin. Bularni birma-bir koʼrib chiqaylik. Obrazli iboralar. Frazeologik birlashmaiing turlaridan biri obrazli iboralardir. Obrazli iboralar maʼlum obʼekt yo voqea-hodisa yoki kishilarning harakat-holatlarini jonli, taʼsirli, jozibali qilib tasvirlab beradigan frazeologik birlashmalardandir. Obrazli iboralar biron obʼekt yoki voqea-hodisani boshqasiga oʼxshatish yo oʼsha haqda mubolagʼa qilish usuli bilan yaratilgandir. Obrazli iboralar koʼpincha ikki mustaqil soʼzdan, shuningdek, ikkitadan ortiq mustaqil va yordamchi soʼzlardan tarkib topgan boʼladi19. Tilimizda koʻz somatizmi asosida yuzdan ortiq umumturkiy iboralar shakllangan. Bu haqda A.Isaev va A.Mamatovlarning tadqiqotlarida ham maʻlumotlar bor. Jumladan, A.Isaev tilimizdagi koʻzga koʻrinmoq, boʻyniga olmoq, tilini tiymoq, koʻzi och (boʻlmoq), boʻyinsoʻnmoq singari frazeologizmlar qadimda ham faol qoʻllanganligini, qadimgi turkiy tildagi 249 ta iboradan hozirgi kunga kelib u yoki bu oʻzgarishlar bilan 54 tasi saqlanib qolganligini, boshqalari esa asta-sekinlik bilan isteʻmoldan chiqib ketganligini taʻkidlaydi . Bunday holatni Alisher Navoiyning «Layli va Majnun» dostoni tilida ham kuzatamiz: koʻz oldiga keltirmoq, xayol qilmoq maʻnolarini ifodalash uchun asarda koʻzga kiyurmoq iborasi qoʻllangan, hozirgi kunda esa bu ibora tilimizda arxaiklashgan: Tasvir etibon yuzi xayolin, Koʻzga kiyurub qadi misolin. Xalqimizda “koʻzi toʻymaydi” iborasi mavjud. U har qancha nazar solsa ham qoniqmaslik, har qancha mol-mulkka ega boʻlsa ham, yetarli deb bilmaslik maʻnolarini anglatadi20. T.Murod esa bu iborani inkor maʻnoda emas, boʻlishli, tasdiq maʻnoda ishlatadi: ”Bozorni yaxshi koʻraman! Noz-meʻmatlardan koʻzim toʻyadi. Shirin-shakarlardan koʻnglim toʻyadi. Bozorda yeganim oldimda boʻladi, yemaganim ketimda boʻladi!”21 Koʻz komponentli boshqa iboralar: koʻziga koʻrinmoq; koʻzi tushmoq; koʻzdan qochirmoq; koʻzga tashlanmoq; koʻz yugurtirmoq; koʻzdan yoʻqolmoq; koʻz(i)ga issiq koʻrinmoq; koʻz(i)ga yaqin koʻrinmoq; koʻz(i)ga sovuq koʻrinmoq; koʻz(i)ni toʻrt qilmoq ; Frazeologizmlar kamida ikkita mustaqil suzdan tarkib topadi. Ular bir butun holda koʼchma maʼno ifoda qiladi. Masalan, anqoning urugʼi, dunyodan oʼtmoq, daqyonusdan qolgan, joni chiqdi, koʼz tashlamoq, koʼngli keng iboralari ikki suzdan; ogʼzida qatiq ivitmoq, ogʼzi qulogʼiga yetdi, oʼtqizgani joy topolmaslik, qoʼltigʼidan tarvuzi tushmoq iboralari uch suzdan; bir yoqadan bosh chiqarmoq, toʼnini teskari kiyib olmoq, bir yostiqqa bosh qoʼymoq iboralari toʼrt suzdan; sichqonning ini ming tanga boʼlmoq, ishi bitguncha, eshagi loydan oʼtguncha iboralari besh suzdan tarkib topgan. Demak, ikki yoki undan ortiq suzdan tarkib topgan va yaxlit bir maʼno ifodalaydigan til birligi frazeologizm yoki ibora deb aytiladi. Ibora komponentlari sintaktik jihatdan har xil yoʼllar bilan bogʼlangan. Frazeologik iboralarning koʼpchilik qismi birikmaga teng iboralardir. Bundan tashqari, gapga teng qurilishli iboralar ham anchaginani tashkil etadi. Demak, iboralar tuzilishiga koʼra ikkiga boʼlinadi: birikmaga teng iboralar: katta ogʼiz; ochiq koʼngil, koʼnglini koʼtarmoq; bir shingil, ketidan tushmoq; katta gapirmoq, yeng shimarmoq; dunyodan oʼtmoq; burnini koʼtarmoq; anqoning urugʼi; ammamning buzogʼi; arpasini xom oʼrmoq; koʼnglini topmoq; shamolga uchmoq; chuchvarani xom sanamoq kabilar; gapga teng iboralar: yuzi yorugʼ; boshi osmonga yetdi; koʼngli ochiq; kapalagi uchib ketdi; xafsalasi pir boʼldi; yuragi siqildi; koʼzi toʼrt boʼldi; taʼbi tirriq boʼldi; sirkasi suv koʼtarmaydi; nafasi ichiga tushib ketdi; koʼngli sovidi; koʼngli toʼq boʼldi; sevinchi yuragiga sigʼmaydi; qoʼltigʼidan tarvuzi tushdi; gʼashi keldi kabilar. Iboralar yaxlit holda bir maʼno ifoda etganligi, komponentlari ajralmas holda boʼlganligi uchun gapda bitta sintaktik vazifada keladi22. 3.2. Ingliz va italyan tillarida koʻz, bosh, qoʻl,oyoq komponentli somatik iboralarning semantik xususiyatlariА.I.Smirnitskiy ingliz tilidаgi turgʻun ibоrаlаrni 1) yоrqin ifоdа vа hissiy belgigа egа bоʻlgаn (tаsаvvurli, ekspressiv vа emоtsiоnаl) vа 2) bundаn mаhrum, stilistik jihаtdаn neytrаl ibоrаlаrgааjrаtаdi. Mаsаlаn: 1) sоft in the heаd, а lоng heаd vа 2) аn аpple оf оneʻs eye, give а free hаnd, оn the оther hаnd. Sоmаtik frаzeоlоgik birliklаrning semаntikаsi bevоsitа shаxs, uning dunyоni idrоk etishi vа vоqelikkа munоsаbаti bilаn bоgʻliq. Insоn "tаnаviy" tildаn fоydаlаnib, оʻz оngidа shаkllаngаn dunyо rаsmini qаytа tiklаydi. Bu lingvistik shаxs nutqidа sоmаtik frаzeоlоgik birliklаrdаn fоydаlаnishning yuqоri chаstоtаsini tushuntirаdi. Sоmаtik frаzeоlоgik birliklаr semаntik tаrkibiy qismini tаdqiq qilish jаrаyоnidа uning qоʻllаnish kоntsepsiyа sоhаsini mоdellаshtirish, idiоmаning оbrаzli аsоslаrini оchish mumkin. Shuningdek, “qoʻl” leksemasi ishtirok etgan bir qancha somatik birliklarga alohida toʻxtalib oʻtgan olimlardan biri T.S.Spirina maqolasida ingliz, rus va nemis tillardagi somatizmlarni tahlil qilgan. Ingliz va italyan tillarda “qoʻl” leksemasini italyan tilshunosi M.B.Papi frazeologik va koʻchma maʻnoda qoʻllagan. U bunday frazeologizmlarni ikki tilda ham oʻxshashligini va oʻziga xosligini aytib oʻtgan. Frazeologizmlar til birligidir. Ular nutq jarayonidan ancha oldin yuzaga kelganligi, bir qolipda qoʼllanishi, binobarin tilda tayyor holda boʼlishligi bilan nutq birligi boʼlgan soʼz birikmasi va gaplardan farq qiladi. Frazeologizmlarning grammatik qurilishi oʼziga xos. Shu kabi xususiyatlarni quyidagi misollar orqali koʻrib chiqamiz: 1.I always keep my head – Men doim hissiyotlarim jilovini saqlayman 2.It never entered my head –Beparvo boʻlmoq 3. I brought matters to a head – Men masalani hal qildim 3. I brought matters to a head – Men masalani hal qildim 4. Iʻm in way over my head – Biron narsagab oʻralashib qolmoq 5.The fame has completely gone to my head –Hissiyotlarni jilovlayolmaslik 6. Heʻs off his head – U ahmoq yoki hushi uzida emas 7. She likes to keep her head down –Uyatchang 8.They are still scratching their heads over the results –Biron maʻsala yuzasidsan bosh qotirmoq The heart - yurak so’ziga oid iboralar: Break someoneʻs heart-biron kishini qattiq xafa qilish Learn smth off by heart – biron nimani toʻliq oʻrganish Youʻre all heart –birontani qanchalik mexribonligini kinoyali tarzda aytish Hand on heart – saʻmimiyat bilan vaʻda berish Have the heart –yomon yangilikni yetkazish Hands –qoʻl bilan bogʻlik iboralar: Hand over –biron narsani uzatish Get out of hand –uddalash imkonsiz maʻnosida Know smth like the back of your hand –biron narsani juda yaxshi bilmoq Have your hands full –juda band boʻlish In hand -nazorat ostida Live hand to mouth – amallab kun koʻrmoq Give someone a hand – yordam bermoq Fingers Butter fingers –landavur boʻlmoq va toʻkib yuborish Keep your fingers crossed –omad tilamoq maʻnosida Arms Twist someoneʻs arm –biron kishini koʻndirmoq Cost an arm and a leg –narxi qimmat Feet and leg Put your foot in it –taqiqlash Have itchy feet –Bir joyda turolmaydigan odam Foot the bill –hisobni toʻlamoq The back
Stab someone in the back –sotqinlik qilmoq Ears Be all ears –diqqat bilan tinglamoq Up to your ears in smth –juda band Eyes Keep your eyes peeled –diqqat bn kuzatmoq Keep an eye out for –biron kishini kuzatmoq Eye up- tikilib qaramoq. Quyidagi misollarda italyan tilidagi ayrim somatik iboralarga toʻxtalib oʻtamiz: Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling