Jumayeva mavluda ziyodullayevna somatik iboralarning semantik tadqiqi


Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining dolzarbligi


Download 0.73 Mb.
bet2/20
Sana18.06.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1559499
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Jumayeva Magistr (2)

Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining dolzarbligi: Frazeologiya doirasida erishilgan ilmiy izlanishlar xamda natijalarga tayangan xolda, ushbu yoʼnalishdagi tushunchalar mazmuniga aniqlik kiritish, ilmiy asoslangan tariflarni bir biriga taqqoslash, ularning tarixini oʼrganish, maʼnolarini aniq yoritishni taqozo etadi.
Tadqiqod obyekti va predmeti: Ishning obyekti sifatida somatik frazeologik birliklar tanlab olindi. Ularning leksik- semantik xususiyatlari oʻrganildi.
Tadqiqod maqsadi va vazifalari: Barcha tillarda leksik xamda frazeologik qatlamlar mavjud boʼlib, bir biriga oʼxshash boʼlmagan tillardagi frazeologik qatlamlarni taqqoslash frazeologizmlarning maʼnosini tushinishga yordam beradi. Mavzuning maqsadi somatik iboralarning frazeologik birliklar sifatidagi mohiyatini oʻrganish, shuningdek ularni leksik-semantik tahlil qilishdan iborat.
Ilmiy yangiligi: Frazeologizmlar ustida koʻplab izlanishlar olib borilgan boʻlsada, qardosh boʻlmagan 3 ta til orasida frazeologizmlarni qiyoslash, jumladan ingliz, italyan va oʻzbek tillarida somatik frazeologik iboralarni semantik jihatdan oʻrganish kam oʻrganilgan yangi ishlar sirasiga kiradi.
Tadqiqodning asosiy masalalari va farazlari: Ushbu ilmiy ish oldiga bir qator aniq masalalar qoʻyilgan:

  • Somatik frazeologik birliklarni manbalar asosida toʻplab tizimli tahlil qilish;

  • Somatik frazeologik birliklarga oid ilmiy – nazariy asarlarni oʻrganish;

  • Toʻplangan frazeologik birliklarni leksik-semantik tasniflash;

Tadqiqod mavzusi boʻyicha adabiyotlar tahlili: Frazeologiyaning fan sifatida rivojlanishi kabi nazariy muammolar asosan rus tilshunoslari, A.V Kunin, V.V.Vinogradov, H.M. Shanskiy, T.N. Fedulenkovalar tomonidan ishlab chiqilgan. Italyan tilidagi frazeologizmlar boʻyicha tadqiqidlar olib borgan tilshunoslardan: F. Leka, Z. Simoni, B. M. Quartu kabilar ikki tilli frazeologik lugʻatlar ishlab chiqishgan. Bundan tashqari italyan tilidagi frazeologizmlar – iboralar ustida ishlab lugʻat ishlab chiqqanlardan: Lapucci C., (Modi di dire della lingua italiana) – “”Italyan tilidagi iboralar” lugʻati, Radicchi S., (In Italia. Modi di dire ed espressioni idiomatiche) – Idioma va iboralar lugʻati; Quartu B. M., (Dizionario dei modi di dire della lingua italiana) – Italyan tilidagi iboralarning lugʻati; Turrini G., Alberti C., Santullo M.L., Zanchi G., Zanichelli, (Capire lʻantifona. Dizionario dei modi di dire con esempi dʻautore, (a cura di)) – Muallif misollari bilan berilgan iboralar lugʻati; Casadei F., (Appendice: il corpus, in Metafore ed espressioni idiomatiche) qoʻllanmasi; Lurati O., (Dizionario dei modi di dire) – Iboralar lugʻati. Gianluca Aprile.,(Italiano per modo di dire) – Italyan tili – iboralar boʻyicha qoʻllanmasi;
Gianluca Aprilening (Italiano per modo di dire) – Italyan tili iboralar boʻyicha deb nomlangan qoʻllanmasida turli misollar va mashqlar orqali keltirilgan.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling