Jumayeva mavluda ziyodullayevna somatik iboralarning semantik tadqiqi
Ingliz va Italyan tillarida somatik iboralarning oʻrganilganlik darajasi
Download 0.73 Mb.
|
Jumayeva Magistr (2)
1.2 Ingliz va Italyan tillarida somatik iboralarning oʻrganilganlik darajasiUmuman, frazeologiya fanining rivojlanish tarixini xronologik jihatdan uch davrga boʼlib oʼrganish mumkin: Birinchi davr. XIX asrning oʼrtalaridan XX asrning 30-yillarigacha boʼlgan davrni oʼz ichiga oladi. Bu davr frazeologik tadqiqotlarning yoʼlga qoʼyilishi M.V.Lomonosov, V.I.Dal, А.А.Potebnya, F.F.Fortunatov, F.I.Buslaev, Sh.Balli, А.А.Shaxmatovlarning ilmiy faoliyati bilan bogʼliq. Qayd qilish oʼrinliki, birinchi davrda frazeologiya koʼproq leksikografiya, yaʼni amaliy lugʼatshunoslik obʼekti boʼlib xizmat qilgan. Bu davrda koʼproq FBlarni lugʼatlarda aks ettirish (kodifikatsiyalash), ularning maʼnosini, etimologiyasini izohlash, talqin etishga alohida eʼtibor qaratilgan edi. Ikkinchi davr. Ye.D.Polivanov, V.V.Vinogradov, S.I.Аbakumov, G.K.Danilov, G.O.Vinokur, V.N.Derjavin, А.I.Efimov, А.Ya.Rojanskiy, I.E.Аnichkov kabi olimlarning ilmiy faoliyati bilan bogʼliq holda rivojlandi va XX asrning 30-50-yillarini oʼz ichiga oladi. Bu davrni frazeologiyaning mustaqil lingvistik soha sifatida shakllanish davri ham deyish mumkin. Uchinchi davr XX asrning 60-yillaridan boshlanib hozirgi kunlargacha davom etadi. Bu davr frazeologik tadqiqotlarda yangi metodlarning qoʼllanilishi, frazeologik nazariyaning tez surʼatlar bilan rivojlvanishi va koʼplab frazeolog mutaxassislarning yetishib chiqqanligi bilan xarakterlanadi9 . Keyingi qirq yil mobaynida hamdoʼstlik mamlakatlarida ozarbayjon (K.Yu.Аliev, G.А.Bayramov, А.Gurbanov, N.R.Ragimzade, S.А.Xalilov), arman (P.S.Bediryan, Ye.U.Gevorkyan, А.А.Murvalyan, А.M.Sukiasyan), boshqird (Z.G.Uraksin), belorus (А.S.Аksamitov, А.M.Bazlenko, F.M.Yankovskiy), gruzin (M.K.Аndronikashvili, А.L.Oniani, А.А.Takaishvili), qabardin (qabardin-cherkes А.G.Emuzov, B.M.Kardanov), qozoq (S.K.Kenesbaev, R.Sarsembaev, S.Tulekova), qorachoy-bolqor (Z.K.Jarashueva), qoraqalpoq (E.Berdimuradov, S.T.Nauruzbaeva), qirgʼiz (B.Kerimjanova, Dj.Osmonova, D.Shukurov, А.Saparbaev, А.Nazarov), qumiq (L.S.Аrkitskaya), kurd (Yu.Yu.Аvaliani, M.X.Xamoyan), latish (E.K.Kagayne, E.Kokare, L.Ya.Orlovskaya), lezgin (А.G.Gyulьmagomedov), litva (B.Kalinauskas, Ya.Lipskene), mariy (F.T.Gracheva, E.S.Yakimova), moldavan (R.S.Shirmankina), osetin (M.I.Isaev, I.А.Xugaev), tojik (X.Majidov, I.Hasanov, S.V.Xushenova, N.Joʼraev), tatar (G.X.Аxatov, G.X.Аxunzyanov, K.S.Sabirov), turkman (А.Аbdurahmonova, K.Babaev, G.Аchilova, O.Nazarov, А.Аnnamamedov), turk (R.R.Yusipova, L.N.Dolganov), oʼzbek (Sh.Rahmatullaev, Ya.Pinxasov kabilar), uygʼur (А.T.Kaydarov, Ch.G.Sayfullin, O.Jamaldinov), ukrain (N.А.Moskalenko, L.G.Skripnik, G.M.Udovnichenko), fors (Yu.А.Rubinchik), chuvash (Yu.F.Efimov, M.F.Chernov), eston (F.Vakk, А.А.Krikmann) tillari frazeologiyasi boʼyicha salmoqli ishlar maydonga keldi. Natijada frazeologiya tilshunoslikning alohida, mustaqil sohasi sifatida shakllandi. Frazeologik material murakkab va koʼp aspektli boʼlgani uchun keyingi yillarda u xilma-xil metodlar, usullar yordamida oʼrganilmoqda. Bu oʼrinda FBlarni oʼrganishning quyidagi metod va usullarini alohida taʼkidlashga toʼgʼri keladi: identifikatsiya metodi (Sh.Balli, А.V.Kunin), kontekstologik metod (N.N.Аmosova), variatsion metod (V.L.Аrxangelьskiy), frazeologik applikatsiya metodi (V.P.Jukov), struktural-tipologik metod (L.I.Royzenzon, Yu.Yu.Аvaliani, Yu.P.Solodub), komplikativ metod (S.G.Gavrin), iboralarni semantik doiralar asosida oʼrganish metodi (M.T.Tagiev), leksema va frazemalarni denotativ va konnotativ semalarga ajratib oʼrganish metodi (M.M.Kopilenko, Z.D.Popova) kabilar. Bu metod va usullar bir-birini toʼlldiradi va FBlarning xilma-xil tomonlarini, paradigmatik va sintagmatik xususiyatlarini, valentlik (birikuvchanlik) imkoniyatlarini chuqurroq tushunishga imkon beradi10 . А.А.Potebnya, I.I.Sreznevskiy, I.А.Boduen de Kurtene, А.А.Shaxmatov, L.V.Sherba, F.F.Fortunatov, G.O.Vinokur, L.V.Yakubinskiy kabi olimlar ishlab chiqqan frazeologiya nazariyasi XX asrning 40-yillari oxiri va 50- yillarning boshlarida O.S.Аxmanova, А.I.Smirnitskiy, А.А.Reformatskiy, L.А.Bulaxovskiy kabi olimlarning ishlarida yanada rivojlantirildi. Frazeologiya nazariyasining rivojida Ye.D.Polivanov, L.А.Bulaxovskiy,turkiyshunoslikda S.K.Kenesbaev, S.N.Muratov kabi tilshunoslarning ayricha xizmatlari bor. А.G.Ganiev, L.L.Grigorьeva, N.А.Xomyakova, M.I.Gritsko, I.E.Gorodetskaya, J.D.Kazimagomedovalarning asarlari ham frazeologik birliklar va ularning shakllanish yoʼllarining qiyosiy tahliliga bagʼishlangan11. Ibora tarkibidagi soʻz har doim ham oʻzining morfologik xususiyatlarini yoʻqotmaydi, morfologiya saqlanib qolgan va yoʻqotilgan xususiyatlarni oʻrganish imkonini beradi. Ibora tarkibida turli xil strukturali yaʻni soʻz birikmasi shaklidagi va gap shaklidagi birikmalar kiritiladi. Sintaksisga oid maʻlumotlardan yuqoridagi kabi birliklar grammatik va funksional tahlilida foydalaniladi . Iboralarning stilistik imkoniyati juda ahamiyatli hisoblanadi. Iboraviy stilistika, iboralarning uslubiy xususiyatlarini tadqiq etadi va bu sohada leksik uslubshunoslik tajribasiga, turli stilislik birliklar tahliliga suyanadi. “Frazeologiya” atamasiga tilshunos olimlar oʻzlarining qarashlariga muvofiq turlicha taʻrif berib oʻtganlar. Masalan, mashhur tilshunos olim V.N.Teliya “Frazeologiya atamasi lingvistikaning , frazeologik birikmalarning grammatik tuzilishi va maʻnosidan qatʻiy nazar ularning barcha xususiyatlarini oʻrganuvchi boʻlimdir” deb yozadi. S.Alpatovning fikricha, "Frazeologiya” soʻzining bir necha maʻnosi bor. Lingvistik atama sifatida u tilshunoslikning alohida sohasi boʻlib, frazeologik birliklar deb atalavuchi turgʻun soʻz birikmalarini oʻrganadi. Shuningdek, muayyan tilga xos mazkur birikmalarning yigʻindisini anglatadi. N.M Shanskiy frazeologizmga quyidagicha taʻrif bergan: "Frazeologizmlar turgʻun soʻz birikmalari kabi tilning tayyor soʻz birikmasi boʻlib, maʻno jihatidan yaxlit mazmunga ega. Ular tarkibidagi soʻzlar va komponentlarning joylashishi oʻzgarmaydi. O.S.Axmanovaning fikricha, “frazeologizmning erkin soʻz birikmasidan farqi uning bir butun maʻno berishidir”. E.A.Umarov koʻpgina tilshunoslarning ishlari bilan tanishib chiqib, bu olimlarning leksiklashgan turgʻun soʻz birikmalarini ularning komponentlari toʻgʻri yoki koʻchma maʻno bildirishiga qaramay frazeologizmlarga qoʻshadilar. Bunga qarshi oʻlaroq u maʻnosi komponentlarning leksik maʻnosidan kelib chiqmaydigan soʻz birikmalarni frazeologizm deb ataydi. Bunda komponentlarning bari yaxlit holda bir butun maʻnoni beradi.22 Frazeologik birlikka olimlar turlicha nom beradilar - frazeologik birlik(frazeologichaskaya yedinitsa,), frazeologicheskiy oborot(frazeologik oʻram), frazeologik birikma(frazeologicheskoe sochetanie) va frazeologizm, frazema. Biz esa frazeologik birlik atamasini qoʻllaymiz. Frazeologik birliklarda ham barcha birliklar singari ifoda va mazmun planiga ega. Ifoda planida uning qurilishi tushuniladi. Bu qurilmada kamida ikkita mustaqil soʻz (leksema) ishtirok etib, oʻzaro sintaktik bogʻlangan bu soʻzlar mohiyatiga koʻra birikma yoki gapga teng boʻladi. Demak, ifoda planida ular soʻz birikmasi yoki gap shaklida boʻlsa, mazmun planida leksemaga teng boʻladi (maʻno hamma vaqt ham aniq voqeʻlanmasligi mumkin). Tadqiqotchilar leksik soʻz birikmalari, deganda frazeologik birliklarning ana shu jihatlarini nazarda tutishgan. “…mazmun planiga koʻra frazeologik birliklar leksik birlik (soʻz)larga yaqin tursa, ifoda plani jihatidan ular sintaktik birlik (soʻz birikmasi,gap)larga yaqindir. Ammo frazeologik birliklar soʻzga ham, soʻz birikmasiga ham, gapga ham toʻla maʻnoda teng emas”. K.M.Gyulumans “Polyak tilidagi ayrim turgʻun birikmalar semantikasining evolyusiyasi” nomli maʻruzasida quyidagilarni bayon qilgan edi: “Erkin birikmalarning turgʻun birikmalarga oʻtish sabablaridan biri leksikalizatsiya jarayoni boʻlib hisoblanadi. Frazeologiya sohasidagi leksikalizatsiya deb, biz birikma tarkibidagi alohida komponentlar semantik maʻnolarining asta-sekin sezilmaydigan darajaga kelishini, frazeologizmlarning birikma qismlari maʻnolari ustida turadigan umumiy maʻnoga ega boʻlishini ataymiz.” Frazeologiya sohasida akademik V.V.Vinogradovning katta hissasi bor. Rus tilshunosligida frazeologiya masalalariga bagʻishlangan eng yirik ish sifatida uning asarlarini koʻrsatish mumkin. Akademik V.V.Vinogradov frazeologiya haqida fikr yuritgan olimlarning yutuq va kamchiliklarini hisobga olib, bu sohani oʻrganishda yangi bir nazariyani olgʻa suradi. U oʻz tasnifida ibora tarkibidagi soʻzlar maʻnolarining oʻzaro munosabatini hamda ibora komponentlarining maʻnolari bilan iboradan kelib chiquvchi maʻno oʻrtasidagi munosabatni asos qilib oladi. Qisqacha aytadigan boʻlsak, u rus tili frazeologik birligining maʻno jihatdan tasnifini ishlab chiqqan. Olim frazeologik birliklarni quyidagi guruhga boʻladi: Turgʻun soʻz birikmasining bir butun maʻnosi tarkibidagi komponentlarning maʻnosidan kelib chiqmaydigan, umuman unga taaluqli boʻlmagan soʻz birikmlarini frazeologik chatishmalar (frazeologicheskiye srasheniya). Maʻno jihatdan bir butun birlik boʻlib, ammo shu maʻnoga soʻz birikmasining u yoki bu komponentining taʻsiri seziladi (frazeologicheskiye yedinstva). Turgʻun soʻz birikmasi tarkibidagi komponentlardan birining maʻnosi toʻgʻri boʻlib boshqa komponentlar esa koʻchma maʻnoda boʻladi (frazeologicheskiye sochetaniya). Akademik V.V.Vinogradov tasnifining umumiy printsiplari boshqa tillarga ham tatbiq etilishi mumkin. So`z birikmalari nafaqat leksik ma`noga balki, ularni tashkil etuvchi so`zlarning joylashish tartibi orqali bayon qilingan ma`noga ham egadirlar. So`z birikmalarining qurilishi uni tashkil etuvchi a`zolarining hozirgi kundagi leksik ma`nolariga bog`liq bo`lmagan ma`lum semantic tarkibiy qismning tashuvchisi hisoblanadi. Biz shunga o`xshash birikmalarning qurilish ma`nosi bilan uni tashkil etuvchilarining leksik ma`nosini farqlashimiz lozim. Bundan tashqari so`z birikmalarining ma`nolari ba`zi g`ayrilisoniy omillarga – mahalliy so`zlovchilarning odatiy vaziyatlarda ishlatishlariga bog`liq bo`lishi haqida tez-tez bahslar bo`lib o`tadi. So`zlar leksik birliklar , frazalar yoki so`z birikmalari yasash uchun bir-biriga qo`shib tuziladi . Leksikologiya so`zlar , so`z yasaydigan morfemalar va so`z birikmalari bilan aloqadorligini esga olishimiz lozim. So`z birikmalari qurilish va semantik bog`lanishlari bilan farqlanadi. Ba`zi so`z birikmalari , masalan, at least, point of view , by means , to take place va h.k . funksional va semantic jihatdan ajralmasdek ko`rinadi. Ular odatda, klishelar , so`z ekvivalentlari yoki frazeologik birikmalar sifatida tasvirlanadi va leksikologiyaning frazeologiya bolimida o`rganiladi. To take lessons , kind to people, a week ago kabi boshqa so`z birikmalarining qismlari kengroq semantika va sturtural mustaqillikka ega. So`z birikmalarining bu turi mustaqil so`z birikmalari deyilib sintaksisda o`rganiladi. So`z birikmalari ham xuddi so`zlardek asos jihatdan analiz qilinadi. Barcha erkin birkmalar to`liq asosga ega bo`lishadi. Asosga ega bo`lmagan so`z birikmalari odatda frazeologik birliklar yoki idiomalar deyiladi. Ingliz tili frazeologiyasini o`rganishning boshlanganiga uncha ko`p bo`lgani yo`q. Ingliz va Amerika tilshunoslari qoidaga ko`ra kelib chiqishi, uslubi , qo`llanishi va yana boshqa xususiyatlari bilan qiziqtirgan turli so`zlarni , so`z birikmalari va gaplarni yig`ish bilan band. Bu birliklarning barchasi odatda “idiomalar” deyiladi, ammo bu idiomalarni lingvistik birliklarning alohida sinfi yoki so`z birikmalarining maxsus sinfi deb ta`riflash o`rinli emas. Terminlardagi farqlar (set-phrases, idioms va wor-equivalents) erkin so`z birikmalari va frazeologik birliklarni farqlashda asosiy alomatlarni aks ettiradi. Frazeologik birikmalarni boshqa so`z birikmalaridan farqlaydigan asosiy xususiyatlar va to`liq frazeologik birlik termini bilan ataladigan so`z birikmalarining tabiati ustida turli fikrlar mavjud. Odatiy terminlar “set- phrases, idioms, word-equivalents” ba`zan tilshunoslar tomonidan turlicha talqin etiladi. “Set- phrase ” (klishe) orqali farqning asosiy alomati sifatida leksik tarkibiy qismning turg`unligi va so`z birikmalarining grammarik tuzilishini ko`rishimiz mumkin. Bir so`zga teng iboralar (word - equivalents) - bunday so`z birikmalar nafaqat funksional jihatdan ajralmas bo`ladi, bundan tashqari nutqda bir so`z vazifasida kela oladi. Idioma termini umumiy jihatdan lingvistik birliklarning muhim xususiyati iboraviylik va asosning kamligi ekanligini ko`rsatadi. Uriel Vaynrayx idiomani “ma`nosi uni tashkil etuvchi tarkibiy qismlardan kelib chiqmaydigan murakkab so`z birikmasi” deya ta`riflaydi. U idiomani frazeologik birliklarning bir ko`rinishi degan haqiqatga yaqin taxminni ilgari surdi. Rey Jekkendof va Charlz Filmo idiomaning to`liqroq va xolisroq quyidagi izohini taklif etishdi: “… idiomatik ibora yoki konstruksiya bu tildagi barcha so`zlardan xabardor bo`lish mobaynida so`zlovchi bilmay qolgan narsalardir.” Cheyf yana idiomaning til birliklari paradigmasida anomaliya sifatidagi 4 alomatini sanab beradi: adabiy bo`lmaganlik, transformatsion nuqsonlik, grammatik qoidalar asosida bo`lmaganlik. Taniqli rus tilshunosi A.Shaxmatovning “Sintaksis” asarida bu sohada bir qator katta ishlar bajarilgan. Bu asar keyinchalik akademik V.V.Vinogradov tomonidan davom ettirilgan. Ingliz tili frazeologiyasi sohasidagi ulkan ishlar professor Kunin, I. Arnold va boshqalar tomonidan qilingan. Frazeologik birliklar odatda asosga ega bo`lmagan , nutqda erkin hosil qilib bo`lmaydigan balki tayyor birlik sifatida ishlatiladigan so`z birikmalari deb e`tirof etiladi. Frazeologik birliklarning asosiy xossalaridan biri leksik tarkibiy qismlarning va grammatik tuzilishning turg`unligidir. Muloqot jarayonidan kelib chiqib o`zgaradigan erkin so`z birkmalaridan farqli frazeologik birikmalar tarkibiy so`zlari o`zgarmas yaxlit frazeologik birikma sifatida ishlatiladi. Masalan, “in a red flower” (mustaqil so`z birikmasi) dagi sifat boshqa rangni anglatuvchi sifat bo`lib kelishi mumkin, bunda birikmadagi ma`no (ma`lum bir rangli gul) saqlanib qoladi. “red tape ” frazelogik birligida bu kabi o`rin almashtirishni sifatning o`zgarishi birikma ma`nosining to`liq o`zgarishiga sabab bo`lgani uchun qo`llab bo`lmaydi : bu holatda uning ma`nosi ma`lum bir rangli tasma ( tape of certain colour) bo`lib qoladi. Bundan bilinadiki, frazeologik birlik “red tape” semantic asosga ega emas, ya`ni uning ma`nosini tarkibiy qismning ma`nolariga qarab xulosa qilib bo`lmaydi va uning tayyor til birligi ekanligi uni leksik va grammatik jihatdan o`zgartirishga hojat qoldirmaydi. Frazeologik birliklarning grammatik strukturasi ham ma`lum darajada turg`un bo`ladi: Red tape - frazeologik birlik Red tapes - erkin so`z birikmasi Frazeologik birliklarni iboraviylik darajasiga ko`ra 3 ta katta guruhga bo`lish mumkin. Bu tasnif birinchi bo`lib akademik V.V.Vinogradov tomonidan taklif etilgan. Bular: Frazeologik qo`shilmalar (aralashmalar) Frazeologik birliklar Frazeologik birikmalar, yoki odatiy birikmalar Frazeologik qo`shilmalar to`liq asosga ega bo`lmaydilar. Birikma tarkibiy qismlarining ma`nosi , hech bo`lmaganda ho`zirgi kundagi birikmaning butun ma`nosi bilan hech qanday bog`liqlikka ega bo`lmaydi. Odatda ma`nosi butun frazeologik birliklarning metaforik ma`nosidan tushunarli bo`lgan , qisman asosga ega bo`lmagan so`z birikmalari frazeologik birliklardir. Frazeologik birliklar odatda leksik komponentlari va grammatik tuzilishining nisbatan yuqori darajadagi turg`unligi bilan belgilanadi. Frazeologik birliklarning monimlari mavjud bo`lib, ular o`z ma`nosida ishlatiladigan erkin so`z birikmalaridir: To skate on thin ice - to skate on thin ice ( to risk); To wash one`s hands off dirt - To wash one`s hands off ( to withdraw from participance); To play the first role in the theatre - to play the first role (to dominate). Frazeologik birikmalar qisman asosga ega bo`lishadi, ammo ular ushbu so`z birikmalariga xos bo`lgan maxsus leksik valentlikka ega bo`lgan so`zlardan hosil bo`ladi. Frazeologik birikmalarda tarkibiy qismlarning xilma-xilligi ma`lum doirada chegaralangan. Ular tarkibiy qismining biri o`z , boshqasi ko`chma ma`noda kelgani holda , butun birikmaning mazmuni tarkibiy qismlarning ma`nosidan ustun turishi kabi xususiyatlari bilan frazeologik birliklardan farq qiladi. Ko`chma ma`no birikmaning faqat bir qismda bo`lishi kamdan-kam seziladi. Ta pay a visit, tribute, attention, repect; To break a promise , arule, news, silence; To meet demands , requirement , necessity; To set free, to set a liberty; To make money, journey; Ta fall ill. Frazeologik birikmalarning katta qismi V+N (to`ldiruvchi) qolipi asosida bo`ladi. Frazeologik birliklar so`zlarga ekvivalent bo`lib kelishiga ko`ra maxsus so`z birikmalari sifatida farqlanishadi; ular aniq bir so`z turkumidagi so`zlarga teng bo`lishadi. Tarkibiy qismlarining qaysi so`z turkumiga oidligidan qat`i nazar frazeologik birliklar to`lig`icha faqat bir so`z turkumiga tegishli bo`ladi. “long day” erkin so`z birikmasi bilan “in the long run” frazeologik birligini taqqoslaganimizda , erkin birikmadagi “day” ot va “long ” sifat so`z turkumiga mansub bo`lib , ular alohida olinganda ham ushbu ma`nolarida qoladilar. So`z birikmasi ikki mustaqil birlikdan tashkil topgan deb qaraladi (A+N) . “in the long run” frazeologik birligi esa butunligicha bir so`z turkumiga oid bo`ladi. Bu birikma grmmatik jihatdan “finally, firstly ” kabi yakka ravishlarga teng bo`ladi. Shunday qilib, so`z birikmalari so`z turkumlari tizimiga kiradi. Frazeologik birliklar erkin so`z birikmalaridan yasaladi. Ammo vaqt o`tishi bilan, frazeologik birliklarni tashkil qiluvchi ba`zi so`zlar tilda tushib qolishi mumkin; birlik tuzilgan sharoit unutiladi, asos yo`qolib bu so`z birikmalari frazeologik aralashmalarga aylanadi. Tilning so`z boyligi nafaqat so`zlar , balki frazeologik birikmalar yordamida boyib boradi. Frazeologik birliklar nutq jarayonida yaratib bo`lmaydigan , balki tilda tayyor birlik sifatida bo`ladigan so`z birikmalaridir.Ular maxsus lug`atlarda yig`iladi. So`zlarga o`xshab iboralar ham bitta mazmunni berib, gapning bir bo`lagi bo`lib keladi. Amerikalik va Britaniyalik leksograflar bunday birliklarni “idiomalar” deb atashadi. Biz L. Smitning “So`zlar va Idiomalar”, V. Kollinsning “Ingliz idiomalari kitobi” kabilarni uchratishimiz mumkin. Bu lug`atlarda o`ziga xos semantikaga ega bo`lib, so`z birikmalari va gaplar bilan yonma-yon turadigan so`zlarni topa olamiz. Ularda iboralar qoidaga ko`ra turli guruhlarga bo`lib joylashtiriladi. Yasalish yo`llariga , ma`nosida asosning darajasiga , tuzilishiga va so`z turkumiga oidligiga qarab iboralar turli sinflarga tasniflanadi. A.V.Kunin iboralarni yasalish yo`llariga ko`ra tasniflaydi. U asosiy va ikkinchi darajali yo`llarni ko`rsatib o`tadi. A.I. Smirnitskiy iboralarni tuzilishiga ko`ra quyidagi turlarga bo`ladi:12 a) sifat-ot birikmali: a month of Sundays, grey matter, a millstone round one`s neck va boshqalar. Bu turdagi birliklar otga teng bo`lib, to`li yoki qisman iboraviylik xususiyatiga ega bo`ladi. Qisman iboraviy birliklar (frazizmlar) da ba`zan birinchi komponent iboraviy bo`ladi, masalan, high road, qolgan holatlarda ikkinchi komponent , first night. Ko`p hollarda esa har ikkala component ham iboraviylik xususiyatiga ega bo`ladi, masalan, red tape, blind alley, bed of nail, shot in the arm va b.q. b) fe`l-ot birikmali iboralar, masalan, to read between the lines, to speak BBC, to sweep under the carpet va h.k. Bu kabi birikmlarning grammatik markazi fe`l, semantic markazi esa ot bo`ladi, masalan, to fallin love. Ba`zi birliklarda grammatik ham semantic markaz ham fe`l bilan ifodalanadi, masalan, not to know the ropes. Bu birliklar to`liq iboraviylik xususiyatiga ega bo`ladi: to burn one`s boats, to vote with one`s feet, to take to the cleaner`s va h.k. to have a glance , to have a smoke kabi so`z birikmalari ushbu turga juda yaqin turadi. Ammo bular iboraviylikka ega emas va grammatikada maxsus sintaktik kombinatsiya vazifasida keladi. c) frazeologik takrorlashlarga, now or never , part and parcel, country and western va boshqalar kiradi. Bunday birliklar antonimlar asosida quriladi, ups and downs, back and forth ; ko`pincha esa alliteratsiya asosida ,masalan, cakes and ale, as busy as bee. Takrorlashlarning tarkibiy qismlari bog`lovchilar yordamida birikadi. Ular sifat va ravishdoshlarning ekvivalentlari bo`lib, grammatik markazga ega emaslar. Ular ham to`liq yoki qisman iboraviylikka ega bo`lishlari mumkin. Shunga o`xshash qo`shma so`zli frazeologik birliklar ikkidan ko`p o`zakka ega bo`lishadi , masalan, to take a back seat, a peg to hang a thing on, lock, stock and barrel, to be a shadow of one`s own self, at one`s own sweet will. Frazeologik birliklar so`z turkumlariga ham bo`linishi mumkin. Bunday tasnif usuli I.V.Arnold tomonidan taklif etilgan13 . Quyida ularning guruhlari: Narsa, shaxs , tiriklikni anglatuvchi ot iboralar, masalan, bullet train, latchkey child, redbrick university, Green Berets. Harakat, holat, his-tuyg`uni anglatuvchi fe`l iboralar, masalan, to break the log-jam , to get on somebody`s coattails, to be on the beam, to nose out, to make headlines; Belgi-xususiyatini anglatuvchi sifat iboralar, loose as goose, dull as lead; Ravish iboralar, masalan, with a bump, in the soup, like a dream, likea dog with two tails; Predlog iboralar, in the course of, on the stroke of; Undov so`z iboralar, “Catch me!”, “Well , I never!” va b.q. I.V.Arnoldning tasnifidan bundan tashqari, “The sky is limit”, “What makes hom ticket” , “I am easy” kabi gap ekvivalentlari, maqollar, hikmatli so`zlar va sitatalar o`rin olgan. Maqollar odatda majoziy bo`lsa, masalan, “ Too many cooks spoil the broth” kabi, hikmatli so`zlar majozga ega emas, masalan, “Where is a will there is a way”. Ingliz va oʼzbek tillari frazeologik birliklari va paremiyalarining kontseptual tahlili ingliz frazeologik birliklarida koʼrsatkich faqat leksik - semantik jihatdan namoyon boʼladi, buni ingliz tilida rod grammatik kategoriyasining yoʼqligi sababli aniq boʼlgan rod farqlarining mavjud emasligi bilan izohlash mumkin. Kontseptual koʼrsatkichlar sifatida xotin- qiz va erkak jinsini ifodalovchi leksemalar yoki frazeologik birliklar semantikasida mavjud boʼlgan maʼnoli komponentlar namoyon boʼladi. “Rod grammatik kategoriyasiga ega boʼlmagan tillarda tabiiy jins til tizimida grammatik ifodaga ega emas va asosan leksik semantika orqali ifodalanadi”. Bundan kelib chiqib, tadqiq etilayotgan til manbalarining ifoda va mazmun plani kontseptual koʼrsatkichga ega boʼlishi kerak. Ingliz tilida grammatik rodning mavjud emasligini hisobga olganda, frazeologik birliklarning ifoda jihatidagi kontseptual koʼrsatkich muhim hisoblanadi. I.V. Zыkova ifoda jihatining leksemalari majmuini quyidagi uch asosiy guruhga ajratadi: 1) antropometrik leksemalar; 2) qarindoshlik munosabatlarini ifodalovchi leksemalar; 3) antroponimik leksemalar. “Аntropometrik leksemalar А.V. Silinskiyning “Rechevaya variativnostь” nomli monografiyasida tilga olinadi va uning ostida shaxslarning jinsi va yoshiga qarab nomlovchi otlar nazarda tutiladi. I. Zikova fikriga koʼra, girl – boy, lady – gentleman, Miss – Mrs – Mr va h.k soʼzlar anropometrik leksemalar guruhiga kirib, bu guruhga kiruvchi soʼzlarning asosiy qismini juft soʼzlar, yaʼni maskulin rod soʼzlari va ulardan yasalgan feminin rod soʼzlari tashkil etadi, masalan: prince – princess; duke – duchess va h.k. Supletiv shakllangan kontseptualli juft soʼzlar nisbatan kamchilikni tashkil etadi: boy – girl, gentleman – lady kabi. Oila va qarindoshlik munosabatlirini ifodalovchi kontseptual koʼrsatkichli leksemalarning barchasini suppletiv shakllangan oppozitsion juftliklar tashkil qiladi: mother – father, daughter – son, aunt – uncle kabilar. Kontseptualli antroponimlarning vujudga kelishi quyidagicha izohlanadi: 1) Kommunikativ jarayonlar natijasida hosil boʼlgan antroponimlar Tom, Dick and Harry – har kim, hamma, birinchi uchragan, oddiy odam. 2) Ijtimoiy hayotning har xil sohasida mashhur shaxslarning tarixiy faoliyati bilan bogʼliq boʼlgan antroponimlar . Tadqiqotimiz uchun asosiy manba boʼlib А.V. Kuninning “Аnglo - russkiy frazeologicheskiy slovar” (1984) va Oxford Soncise Dictionary of Proverbs (2003) lugʼatlari xizmat qildi. Ushbu lugʼatlardan yaxlit tanlab olish metodiga asosan mingga yaqin frazeologik birlik tanlab olindi. Tanlov mezoni sifatida frazeologizmlarning formalsemantik jihati xizmat qildi, boshqacha qilib aytganda, ifoda va mazmun planida kontseptual koʼrsatkichlarni qamrab olgan frazeologizmlar tanlab olindi. Masalan: The man is as old as he feels, the woman as she looks – erkak kishining yoshi oʼzini qanday his etishiga qarab aniqlanadi, xotin- qizniki esa koʼrinishiga qarab. Olib borgan tahlillarimiz davomida ingliz tilida kontseptuallik aspekti frazeologizmlarning aosan mazmun planida yorqin ifodalanishi aniqlandi. Masalan, А.V. Kuninning “Аnglo-russkiy frazeologicheskiy slovarь” lugʼatida 25000ga yaqin frazeologizmlardan 331tasi xotin- qizlik tushunchasi bilan bogʼliqligi aniqlandi. Ushbu lugʼatda erkaklik olami tasvirini ifodalovchi frazeologizmlar 292 tani tashkil etdi. Ularda kontseptual komponentiga ega boʼlgan soʼzlarning takrorlanish chastotasi quyidagicha: Oxford Soncise Dictionary of Proverbs (2003) lugʼatida 2100ga yaqin maqollardan 135tasi xotin- qizlik va erkaklik olami bilan bogʼliq maqollar boʼlib, ularda kontseptual koʼrsatkichga ega boʼlgan soʼzlarning ifoda planida takrorlanish chastotasi quyidagi jadvalda keltiriladi: Shuningdek, jins nominatsiyasi metafora orqali ifodalangan frazeologizmlar ham tanlab olindi: theres many a good tune played on an old fiddle – eski skripkada koʼplab yaxshi kuylarni chalish mumkin (ishq muhabbati qaynab turgan yosh boʼlmagan xotin- qiz haqida). Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling