Jumayeva mavluda ziyodullayevna somatik iboralarning semantik tadqiqi
Download 0.73 Mb.
|
Jumayeva Magistr (2)
Tarjima tushunchasining ma`nosi juda keng. Bir tildan ikkinchi tilga badiiy adabiyot: she`r, dramatic va nasriy asarlar, fanning turli-tuman sohalariga doir ilmiy va ilmiy-ommbop kitoblar, diplomatiya hujjatlari, rasmiy qog`ozlar, siyosiy arboblarning maqolalari va notiqlarning nutqlari, gazeta materiallari, boshqa-boshqa tillarda so`zlashuvchi, tilmochning xizmatiga muhtoj bo`lgan kishilarning suhbatlari tarjima qilinadi, kinofilmlar o`giriladi. Tarjima o`z tabiati bilan ham original ijod jarayonida farq qiladi. Yozuvchi hayot voqealaridan olgan mushohadalarini tilda badiiy ifodalasa , tarjimon asl nusxa matnini yangi til vositasida qayta gavdalantiradi. Tarjimon avtorning g`oyaviy-estetik dunyosi , kitobxonni rom retgan jozibani yangi o`quvchilarga yetjazishga bel bog`lagan kishi. Buning uchun u muallif darajasida predmetni puxta bilishi darkor. Bundan tashqari , muallifning boshqa adib farq qiladigan jihatlari , badiiy uslubini chuqur idrok qilishi lozim . Shunday bajarilgan tarjima ijodiy aniq tarjimaning talabiga javob beradi. Tarjimonlik iste`dodining o`z xususiyatlari bor. Tarjima qilishdan maqsad asl nusxani (axborot) egallash , saqlash va yetkazishdir, lekin o`z prototipiga ega bo`lmagan yangi asar yaratishdan iborat emas; tarjimaning maqsadi qayta yaratish dir Tarjima jarayonida bir tilning materiali o`rnini boshqa til materiali egallaydi , binobarin, tilga aloqador barcha badiiy vositalarni tarjimonning o`zi, o`z ona tilida , yangidan yaratadi; shunday qilib , til jabhasida tarjima - chinakam original ijod demakdir. Barcha san`atlar ichida aktyorning mahorati tarjimaga yaqin turadi. Tarjimonning ijodkorligi lisoniy-uslubiy (lingvostilistik) o`zgarishlar bilan chegaralanganidan, u loaqal shu tomondan bo`lsa-da o`z mustaqilligi va ijodiy qobiliyatini namoyish etish maqsadida epchillik ko`rsatadi, keraksiz joyda neologizmlar kashf etadi, eski so`zlarni asossiz ravishda o`zgartira boshlaydi . Natijada o`quvchining e`tiborini qozonish maqsadida tekstni „mukammallashtirish“ga urinadi va bu bilan avtorning muddaosidan tashqariga chiqib ketganini o`zi ham bilmay qoladi. Til bilan o`ynashayotgan tarjimon ham kitobxonga yoqaman deb bachkana qiliqlar qiladi. Holbuki, tarjimonning asarda ishtiroki qanchalik sezilmasa, shuncha yaxshi. Albatta, milliy adabiyotning pinhoniy ifoda vositalari ro`yobga chiqarishiga imkon beradigan uslubiy unsurlarni tarjimaga olib o`tish uchun lisoniy ijodkorlikka yo`l ochish kerak. Vatan adabiyotida taraqqiy etmagan yoki boshqa yo`nalishdan ketgan janrlarni tarjima qilganda , o`z she`riyatimizni boyitishning juda qulay imkoniyati tug`iladi. Har bir davrda istagan ikki milliy adabiyotning taraqqiyotida bunday tafovutlarni ko`plab topish mumkin. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling