Jumayeva mavluda ziyodullayevna somatik iboralarning semantik tadqiqi


II.BOB.INGLIZ VA ITALYAN TILIDAGI FRAZEOLOGIK IBORALARNI OʻZBEK TILIGA TARJIMA QILISH MUAMMOLARI


Download 0.73 Mb.
bet6/20
Sana18.06.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1559499
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Jumayeva Magistr (2)

II.BOB.INGLIZ VA ITALYAN TILIDAGI FRAZEOLOGIK IBORALARNI OʻZBEK TILIGA TARJIMA QILISH MUAMMOLARI


2.1. Ingliz tilidagi frazeologik iboralarning tarjimada berilishi
Tarjimaning bosh xossasi uning boshqa til bilan qayta yaratishdan iborat ijodiy jarayon , so`z san`ati ekanligidir . Masalan, balet ham san`at, ammo so`z san`ati emas, u yerda umuman nutq ishtirok etmaydi ham. Muallifning muddaosi , asarning g`oyasi , balerinaning mahorati - bular hammasi musiqa , raqs, harakatlar bilan ifoda etiladi. Tasviriy san`atning asosiy quroli bo`yoq, san`atkorning dasturi – mo`yqalamdir. Binobarin, balet, tasviriy san`at obidasi, musiqa asari, haykaltaroshlik namunasi va hokazolar bir tildan boshqa tillarga tarjima qilish haqida gap bo`lishi mumkin emas. So`zning fikrni ifodalash xususiyati, ta`sir quvvatiga asoslangan san`at sohasigagina tarjimani tadbiq etish mumkin.
Badiiy tarjima - badiiy ijod sohasidir. Chunki tarjimaning bo`lak sohalaridan farqli o`laroq, badiy tarjimaning o`z xususiyatlari mavjud. Bu xususiyatlar badiiy adabiyotning tabiatidan kelib chiqadi. Chunonchi , agar fanda asosiy narsa fakt, tahlil, sxema bo`lsa, badiiy asarda obraz, tasvir va hikoya qilinayotgan voqeaning ta`sirchanligi muhim rol o`ynaydi. Xuddi shu omillar badiiy tarjima uchun ham muqarrardir.
Shunday ekan, tarjima qilish uchun so`zning muayyan lug`aviy ma`nolarini bilishning o`zigina kifoya qilmaydi. Buning uchun so`zning ayni shu kontekst ichidagi sifati, eskirganlik, yangilik, majoziylik, hurmatlash, e`zozlash, pardalash, piching, g`azab, haqorat va hokazo ma`nolarini bilmoq, so`ngra o`zbek tilidan o`sha ko`rsatkichga muvofiq keladiganini topa olmoq kerak . Buning uchun esa tilni faqat “bilish”gina emas, uni tuyish, his qila olish lozim.
Biroq qayd qilingan bu masala - so`z muammosidir. Bu esa umumiy tarjima muammosining kichik bir ulushini tashkil etadi, xolos.
Tarjima qilinayotgan asarning janr xususiyatlarini hisobga olish, tarixiylik, milliylik, badiiylik, uslub qiyinchiliklarini ham buning ustiga jamlansa, o`shandagina so`z san`atining bu turi haqida muayyan tasavvur hosil qilish mumkin. Tarjimada ikki xalq va adabiyot , ikki davr va ikki adib o`rtasidagi bir-biriga chirmashib ketgan munosabatlarning o`ziga xos ko`rinishini ham hisobga olinsa, ana o`shandagina insoniyat qo`lidagi bu ajoyib vositaning mazmuni to`la ayon bo`ladi. Shu kabi xususiyatlarni ingliz tilidagi iboralarning quyidagi tarjimalari orqali ushbu jadvalda koʻrib chiqamiz:
1-jadval:


Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling