Jumayeva mavluda ziyodullayevna somatik iboralarning semantik tadqiqi


Italyan tilidagi frazeologik iboralarning oʻzbek tilidagi tarjimalari


Download 0.73 Mb.
bet9/20
Sana18.06.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1559499
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
Jumayeva Magistr (2)

2.2. Italyan tilidagi frazeologik iboralarning oʻzbek tilidagi tarjimalari


Tarjima har doim turli xalqlar o`rtasida ko`prik vazifasini o`tab kelgan. Jamiyatning qaysi sohsini olmaylik, xoh u ijtimoiy bo`lsin, xoh ma`naviy yoki siyosiy soha , tarjima va tarjimonlik hozirgi kunning dalzarb masalalaridan biridir.
Tarjima tushunchasining ma`nosi juda keng. Bir tildan ikkinchi tilga badiiy adabiyot: she`r, dramatik va nasriy asarlar, fanning turli-tuman sohalariga doir ilmiy va ilmiy-ommbop kitoblar, diplomatiya hujjatlari , rasmiy qog`ozlar, siyosiy arboblarning maqolalari va notiqlarning nutqlari, gazeta materiallari, boshqa-boshqa tillarda so`zlashuvchi, tilmochning xizmatiga muhtoj bo`lgan kishilarning suhbatlari tarjima qilinadi, kinofilmlar o`giriladi.
Xorijiy tillarni o`rganayotgan kishilar uchun tarjima qila olish qobiliyati muhim rol o`ynaydi. Shuning uchun talabalarga matnni tarjima qilish jarayonida, ushbu matndagi fikrlarni yozuvchi dunyoqarashidan kelib chiqib tarjima qilishni o`rgatish maqsadga muvofiq bo`lar edi.Frazeologik birliklarga kelsak, vaqt o`tishi bilan har bir tilning lug`at boyligida ham o`zgarishlar vujudga keladi. Shunday ekan, ingliz tili frazeologiyasida ham bir qancha o`zgarishlar bo`lib o`tgan. Misol uchun, Shekspir davriga xos bo`lgan ba`zi bir frazeologik birliklar bugunga kelib butunlay qo`llanishdan chiqqan, yoki o`z ma`nosini o`zgartirgan bo`lishi mumkin.
Frazeologizmlar va turgʻun ifodalar asosida shakllangan frazemali idiomalar Bunga qoʻshimcha ravishda, bu tasniflashni yanada kengaytirish mumkin. Frazeologizmlarni semantik xarakteriga koʻra quyidagicha ajratish mumkin: Feʻlli iboralar
Predlogli iboralar
Gastronomik iboralar
“Non” soʻziga oid iboralar
“Suv” soʻziga oid iboralar
Son komponentli iboralar
Tana aʻzolariga oid iboralar
Hayvon nomlariga oid iboralar
Rang – tus nomlariga oid iboralar
Vaqt soʻziga oid iboralar
Oila mavzusiga oid iboralar
Yer soʻziga oid iboralar
Osmon jismlariga oid iboralar
Soʻz va soʻzlashga oid iboralar
Tinchlik soʻziga oid iboralar kabi.
Italyan tilida ham iboralarni semantik xarakteriga koʻra ushbu guruhlarga ajratish mumkin:

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling