Jumayeva mavluda ziyodullayevna somatik iboralarning semantik tadqiqi


Tadqiqotda qoʻllanilgan metodikaning tafsifi


Download 0.73 Mb.
bet3/20
Sana18.06.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1559499
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Jumayeva Magistr (2)

Tadqiqotda qoʻllanilgan metodikaning tafsifi: . Toʻplangan materiallarning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, tavsifiy hamda qiyoslash metodlar asosida oʻrganildi. Baʻzi oʻrinlardagina tarixiy metodga murojaat qilindi.
Tadqiqod natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati: Xorijiy tillardagi frazeologik iboralar va idiomalarni oʻrganish ustida qizgʻin izlanishlar olib borilayotgani va yangi natijalarga erishilayotgani chet tilini oʻrganuvchi talabalarga yanada qulaylik yaratmoqda. Chunki bu kabi izlanishlar natijasida xorijiy tildagi frazeologik iboralar, idiomalarning semantik, struktur-grammatik, lingvomadaniy jihatlari tahlil qilinmoqda.Natijada xorijiy tildagi iboralarni tezroq tushunish va ularning ekvivalentlarini aniqlash muammolariga ham yechim topilmoqda. Bu kabi natijalar xorijiy tilni oʻrganuvchi talabalar uchun tilning nafaqat grammatik-leksik xususiyatlarini, balki semantik va lingvomadaniy xususiyatlai boʻyicha bilimlarini oshirishga xizmat qiladi.
Ish tuzilmasining tavsifi: Tadqiqot ishimizning mazmuni 3 qismda jamlangan. Bular: Kirish; Asosiy qism; Xulosa; Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidan iborat.

  • Birinchi bobda somatik iboralarning oʻrganilishi atroflicha oʻrganildi.

  • Ikkinchi bobda frazeologik birliklarning oʻziga xos ifodalanish xususiyatlari tahlil qilinadi.

  • Uchinchi bobda frazeologik birliklar leksik-semantik jihatdan tahlil qilinib, toʻplangan barcha misollar qiyosiy tahlilda yoritiladi.

  • Xulosada esa olib borilgan tahlil natijalariga koʻra yakuniy xulosalar chiqariladi.


I BOB. SOMATIK FRAZEOLOGIZMLAR IBORALAR VA ULARNING OʻRGANILISH TARIXI

1.1 Oʻzbek tilshunosligida somatik iboralarning oʻrganilishi


Frazeologiya”atamasi yunoncha“fraza” (phrasis –ifoda, nutq oʼrami) soʼzidan olingan boʼlsa-da, turkiyshunoslikda dastlab bu atama turlicha maʼnolarni ifodalash uchun xizmat qilgan. Frazeologik birikma yoki frazema, ibora kelib chiqish jihatidan juda qadimiy boʼlsa-da, frazeologiya (iborashunoslik) fani tarixi bir necha yuz yilni oʼz ichiga oladi. Til –har bir xalqning eng muxim milliy maʼnaviy boyligidir. Xalqlar, avvalo, tiliga qarab millatlarga ajratiladi.Bugun jaxon jadal rivojlanib borayotgan bir davrda, biror bir chet tilini oʼrganish xayotimizda muxim rol oʼynaydi. Аyniqsa oʼrganilayotgan tilimizni qanday vujudga kelgani va uning grammatik tuzilishi qanday ekanligini bilish va uni taxmin qilish juda axamiyatlidir.
Mashxur tilshunos olim Professor M. Umarxodjaev esa frazeologizmlar komponetlarini maʼnolari maʼlum darajada kuchsizlanadi, semantik « darmonsizlanish» yuz berishini eʼtirof etishi bilan birga ularni leksemalar deb atashni maʼqul koʼradi. Nemis tilidagi koʼplab ilmiy asarlar frazeologiyaning dolzarb muammolariga bagʼishlangan. U yerda frazeologizmlar maʼnolarining batafsil tushunchalari va ularning kelib chiqishi xaqida koʼplab muxim maʼlumotlarini topish mumkin.Ushbu asarlarda aloxida tasvirlangan xususiyatlar mavjud boʼlib, ulardan asosiy maʼlumotlar olish uchun foydalanish mumkin.
Oʼzbek tilshunosligida yetakchi tilshunos – frazeolog olim Sh.Raxmatullaev frazeologik birliklarni maʼno turlari jihatidan a) nomlovchi (nominativ) frazeologik birliklar, b) ifodalovchi (kommunikativ) frazeologik birliklarga ajratib tasnif qiladi.
Qiyoslanayotgan tillardagi frazeologizmlar oʼziga xos betakror milliy birliklar – lingvokulturemalar sifatida bir – birlaridan farqlanadilar. Bu borada ularning shakliy xususiyatlari, yaʼni yuzaki strukturalari tubdan farqlansada, ular semantik jixatdan maʼlum yaqinlik bilan bir qatorda ayrim semantik komponentlar buyicha bir qadar farqlanadilar3.
Frazeologiyaning hajmini keng tushunish va tor tushunish bor. Keng tushunishda frazeologiya doirasiga, soʻzlarning turgʻun birikmalaridan tashqari, maqol, matal, aforizm ham mansub deb qaraladi. Frazeologiya deb soʻzlarning semantik bogʻlanishlari tushunish ham mavjud. Bu hodisalardan faqat bir turini – soʻzlarning turgʻun birikmalarini – til birligi deb baholash mumkin.
Olimlar aniq ilmiy mezonlarga suyanib, frazeologik birlik deb, soʻzlarning barcha tur turgʻun birikmalarini emas, balki shulardan bir qismini tan oladilar. Frazeologik birlik boʻlish uchun, soʻzlaring turgʻun birikmasi obrazli maʻno, koʻchma maʻno anglatishi shart. Frazeologik birlikdan yaxlitligicha anglashiladigan maʻno uning tarkibidagi komponentlarga xos leksik maʻnolarning oddiy yigʻindisiga teng boʻlmaydi, iboraning maʻnosi umumlashma maʻno, mahraj maʻno sifatida namoyon boʻladi. Fikrlarimizni umumlashtiradigan boʻlsak, frazeologik birliklar deyilganda, tilda tayyor holda mavjud boʻlgan va nutqqa shundayligicha olib kiriladigan, shaklan soʻz birikmasi yoki gapga oʻxshaydigan, mazmuni koʻchma maʻnoga asoslangan til birliklarini yoki lugʻaviy birliklarni tushunamiz.
Keyingi yillarda frazeologiya sohasidagi tadqiqotlar alohida ahamiyat kasb etyapti. Frazeologik birlikllar u yoki bu xalqning oʻziga xos hayoti, tarixi va madaniyatini aks ettiradi. Frazeologik soʻz boyligini bilish va uni yaxshiroq egallash nafaqat nutqqa zeb beradi, balki oʻrganilayotgan til sohiblarining mentalitetini yaxshiroq tushunishga koʻmak beradi.
Oʻzbek tili lugati tarkibi jixatidan juda boy va rangbarangdir. Tilimizda mustakil leksik maʼnoga ega bulgan alox,ida suzlardan tashkari leksik maʼno ifodalaydigan, turgun birikmalar-iboralar xam mavjud. Ularning maʼnolari tarkibidagi suzlarning yaxlit maʼnosi asosida yuzaga keladi va inson xotirasida bir butun va tayyor xolda saklanib, boshka birikmalar bilam xuddi aloxida suz kabi munosabatda buladi. Tilimizda asrlar davomida kullanilib kelayotgan xalkimizning tafakkur kudratini, turmush tajribasini mujassamlashtirgan, xayot ziddiyatlari jarayonida shakllangan, saykal topgai kuyma iboralar nixoyatda kup. Masalan: “Boshi osmonga yetdi”, “kuy ogzidan chup olmagan”, “ kavushini tugrilab kuymok”, “tomdai tarasha tushganday”, “nogorasiga uynamok”, “kapalagi uchib ketdi”, “ammamiing buzogi”, “sirkasi suv kutarmaydi”, “utakasi yorildi”, “duppisini osmonga otmok” kabilar. Shunday kilib, iboralar nutk jarayonida tayyor xolda kullanylgan, maʼno jixatidan suz ga mukobil, tarkibiy jixatdan birikmaga yoki gapga teng, kuchma maʼnoda kullanuvchi turgun birikmalardir. Iboralar xam tilning leksikasi kabi tilda alokaaralashuv, fikr almashuv vositasi bulib xizmat kiladi. Shu bilan birga iboralar tilning leksik va stilistik imkoniyati, boyligini kursatuvchi soxasi xamdir. Shu maʼnoda suzlar kabi iboralarni xam urganish, uziga xos tomonlarini, nutkdagi faoliyatini, emotsional-ekspressiv vazifalarni ukuvchilarga yetkazish muxim amaliy axamiyat kasb etadi.
Frazemalar juda murakkab va kup kirrali xodisadir. Xar bir frazema muayyan xajmdagi maʼnoga, shaklga va kullanishmimkoniyatiga ega frazemalarning shakli xam uzgacha. Frazemaning shakli deyilganda, uning fonetik, orfografik, kurilish tarkibi va grammatik shakllari tushuniladi. Leksemaga Karaganda, frazemalar maʼnolarining xajmi, kup maʼnoliligi bilan farklanadi. Bu kabi xolatlar frazemalarni nutkka olib kirishni kiyinlashtiradi. Аksariyat ukuvchilar mumkin kadar frazemalarni uz nutkida kullamaslikka xarakat kiladi. Sabab shundaki, ukuvchilar frazemalarning maʼnolarini xamma vakt xam tushunib yetmaydi. Ularning maʼnolarini faxmlay olmaydi. Bu esa frazemalarni nutkdan chikarib tashlash, oddiy, sodda, kashshok gapirishga undaydi. Shu maʼnoda frazemalarni ukitish va urganishning optimal metodikasini yaratish lozim.
Xozirgi vaktda nutkimizda yangi frazemalar paydo bulib, faol kUllanilib tilning frazeologik tarkibiga kirmokda xamda uni yangi ifoda vositalari bilan boyitmokda. Gazeta va jurnallar satrlarida, radio va telekursatuvlarda, badiiy adabiyotlarda baʼzi yangi frazemalar kullanilmokdaki, ular uz navbatida uzbek tilida mulokat kiluvchilarning suz boyligiga aylanmokda. Til ayniksa uning lugati doim usish-uzgarishda. Bunday usish-uzgarish tez va uzil-kesil sodir bulmaydi. Shu sababli zamoniyligi jixatidan xar xil birliklar yonma-yon yashab turadi. Lugat boyligida zamoniyligi jixatidan ikki asosiy katlam mavjud: zamonaviy katlam va zamondosh katlam. Zamoniy katlamga bugungi til amaliyotida odatdagi, rasmona deb karaluvchi suzlar kiritiladi. Bu katlamdagi suzlar na yangilik va na eskilik buyogiga ega bulmaydi. Frazemalarda ham xuddi shunday.
Iboralarning tarbiyaviy axamiyati xam kattadir. Аyrim bolalarning kupol suzlashini eshitganimizda, nojuya xatti xarakatlarini kurganimizda ularning nima uchun shunday ekanligidan ajablanamiz, ularga nafrat bilan karaymiz. Аxir bolalar dunyoga kelganlarida jaxl kilishni xam, bakirish yoki sukinishni xam bilmaganlar. Аfsuski, tilimizning guzal, ifodali til elementlaridan urinsiz, dagal, kupol, tushunmasdan foydalanayotganlar borki, nafakat bu xolat kishini ajablantiradi, balki tashvishlantiradi. Bu xolat ayniksa, ota yoki onaning nutkida uchrashi kishini tashvishlantiribgina kolmay, xatto gazablantiradi. Xalkimizda “Bola aziz, odobi undan-da aziz” degan makol bor. Muloyim, yokimli, odobli suzlash xam uz-uzidan paydo bulmaydi. Farzandlarga yoshlikdan ongli mashklar kildirish, tilning lugat boyligini oshirish, bu borada nutkni ibratli kishilarga takdid kilish, ulardan Urganish orkali erishiladi. Maʼlum til egasi bulgan xalkning maʼnaviy madaniyati, kasbi, urf-odatlari, vokelikka bulgan munosabatlari uning jonli tilida faol kullanishda bulgan frazemalarida uz aksini topadi. Frazemalar xalkning tarixi, maishiy xayoti, ayrim shaxslarning xulk atvorini aks ettiradi. Frazemalarning ayrimlarida ekspressivlik, suzlovchining vokea, belgi, narsa-predmetga nisbatan subʼektiv, yaʼni salbiy yoki ijobiy munosabati, baʼzilarida esa xodisa, narsa, belgining sifat yoki mikdor tavsifi uz aksini topgan. Tildan foydalanuvchilarning u yoki bu shaxslar va jarayonlarga kishilarning munosbatini ifodalashda frazemalar engtaʼsirchan vositadir. Frazemalarni izoxlash usullarini izchil ishlab chikish va ulardan samarali foydalanish frazemalarni urganish va urgatish ishlarida muxim axamiyat kasb etadi. Iboralar ukish kitoblaridan olinib ular izoxlanadi. “Temirni kizigida bosmok” biror ishni ayni vaktda bajarish bilan boglik vokelikni ifodapash uchun ishlatiladi. Bunda ukituvchi bolalarga uz vaktida uy vazifalarini bajarish bilan boglik xikoyani suzlab beradi. “Kuvonchi ichiga sigmaydi” xursand, shod bulgan kishilarning xolatini obrazli ifodalaydi.
Frazemalar xam lugaviy boylik sifatida faol va nofaol katlamga ajraladi. Frazemalarning faol katlamiga xamma uchun tushunarli, kundalik xayotda keng kullanadigan, badiiy adabiyotlarda xam kup uchraydigan frazemalar kiradi. Masalan, frazemalarning faol katlamiga azob chekmok, achchigi keldi, mazasi kochdi, jonini chikardi, adabini berish. amalga oshdi, akldan ozdi, baloga koldi, bagri tosh, betiga solmok, beliga tepmok, chuchvarani xom sanamok va xakozo. Frazemalarning nofaol katlamiga esa aksincha, nutkda kamrok kullanadigan, barcha xam maʼnosini tushunib yetavermaydigan frazemalar kiradi.
Inson ixtiyoridagi ijodiy neʼmat til xamma davrlarda xam nutk, tafakkur, uzaro aloka vositasi, tarakkiyot belgisi bulib kelgan. Аdabiy til, ayniksa, uning lugat tarkibi va frazeologik boyligi tuxtovsiz tarakkiy etadi, usadi va rivojlanadi, chunki jamiyatda buladigan turli-tuman uzgarishlar natijasida yuz beradigan, paydo buladigan narsa-xodisalar uchun tilda maxsus atamalar bulishini takozo etadi. Аna shunday obʼektiv sabablar asosida tilda yangi-yangi suz (leksema)lar, iboralar paydo buladi, lugat tarkibi boyib boradi. Аlbatta, tilda frazemalarning yuzaga kelishi va barkarorlashishida ekstralisoniy omillar xam muxim rolь uynashini kayd etish lozim. Bu omillarning birinchisi til vakillarining u yoki bu xodisa, xolat, xarakterlarni obrazli-ekspressiv ifodalash bilan alokador extiyojdir. Shu exgiyoj tufayli tilda kuplab turli maʼnoli frazemalar yuzaga keladi. Ikkinchidan, ular xalk ijodiyotining maxsuli bulganligi sababli muayyan bir joyningtabiati, xalkning iktisodiy tuzumi, tarixi, madaniyati, xayot tarzi, ogzaki ijodiyoti, badiiy adabiyoti, sanʼati, fani, urf-odati kabilarni aks etgiradi va avlodtsan-avlodga utib boradi. Shu jarayonda ular maʼlum semantik va struktur uzgarishlarga xam uchraydi. Frazemik manbalar kupligi bilan ajralib turadi. Frazemalarning kachon paydo bulganligini apiklash kiyin, ammo shunisi maʼlumki, ular juda kadim zamonlarda paydo bulgan va xalk bilan birga yashab kelmokda. U yoki bu frazemalar maʼlum davrlarda shakllanadi va u usha davrning ijtimoiy-siyosiy xayot tarzini aks ettiradi. Shu bilan birga, ular maʼlum bir davrga kelib isteʼmoldan chikib ketishi xam mumkin. Ukuvchilar nutkini frazemalar bilan boyitishda boshlangich sinf ukuvchilari uchun muljallangan frazemalar lugatini ishlab chikishni davrning uzi takozo etadi. Bu lugatdan nafakat ukuvchilar, balki matn tarkibida kullanilgan frazemalarni ukuvchilarga tugri tushuntira olishi uchun ukituvchilar xam foydalanishi mumkin. Bunday frazemalar lugati tarkibiga eng avvalo boshlangich sinflar darsligi va kushimcha adabiyotlarda keng kullanilgan fraze- malar, shuningdek tilimizda faol kullanilayotgan va yangi paydo bulgan frazemalar kiritiladi.
Tilimizning milliyligi, bejirimligini taʼminlovchi vositalardan biri iboralar bulib, “vokelikni obrazli tasvirlashda, uni kitobxon kuzi ungida anik va tula gavdalantirishda iboraning urni, axamiyati bekiyosdir. Iboralar, umuman olganda, xayotdagi vokea-xodisalarni kuzatish, jamiyatdagi makbul va nomakbul xarakat-xolatlarni baxolash, turmush tajribalarini umumlashtirish asosida xalk chikargan xulosalarning uziga xos obrazli ifodalaridir”.
Frazeologik birliklarda kontseptual stereotiplarining oʼzbek frazeologiyasida tavsifi frazeologizmlarning paydo boʼlishi va shakllanishi, birinchidan, tarixiy jarayonlar, ijtimoiy muhit, ijtimoiysiyosiy hayot, siyosiy-maʼnaviy qarashlar, ikkinchidan lisoniy, yaʼni tilning pragmatik qonun-qoidalari kabi omillar bilan uzviy aloqadordir. Shunga koʼra kontseptual koʼrsatkichli frazeologik birliklarni pragmatik maʼno doimo tinglovchiga qaratilgan boʼlib, tinglovchining feʼl-atvoriga, shaxsiyatiga ijobiy yoki salbiy tarzda taʼsir koʼrsatadi. Bu esa oʼzbek tilida frazeologik birliklarning toʼliq pragmatik maʼno komponentlarining shakllanishiga asos boʼladi. Shunga koʼra professor А.M. Emirova pragmatik maʼnoni – “soʼzlovchi - tinglovchi” munosabatlari sifatida taʼriflaydi. Frazeologik birliklarning pragmatik maʼnosi ekspressiv, apellyativ, fatik va estetik komponentlar orqali namoyon boʼlishi mumkin. Pragmatik maʼnoning ekspressiv komponenti soʼzlovchining his-tuygʼusini, bahosini tasvirlashdan iborat boʼlib, lugʼatlarda frazeologizmlarning ekspressiv komponenti shutl, neodobr, prezr, prenebr. va h.k leksikografik pometalar va belgilar bilan beriladi. Masalan: “old geezer – (prezr.) aljiragan chol” frazeologizmlari soʼzlovchining nutq obʼektiga nisbatan hurmatsizlik munosabatini bildiradi. Odatda bunga oʼxshash birliklar mensimaslik ohangi, yaʼni emfatik (ifodali) urgʼu bilan bilan aytiladi. Bunday nutq ayni paytda paralingvistik vositalar – imo-ishora, mimika, koʼz harakati va h.k. lar yordamida amalga oshishi mumkinligi frazeologiya boʼyicha ish olib organ olimlar ilmiy manbalarida oʼz aksini topgan. Kunin,Teliya, Аrutyunova, M.Umarxoʼjaev, Sh.Raxmatullaev, E.Umarov ishlarida oʼz aksini topgan. Oʼzbek frazeologik birliklarida ekspressiv komponent asosan Xotin-qizlar nutqida yorqin ifodalanadi: yer yutkur, baloga yoʼliqsin va h.k. Frazeologizmlarning ekspressiv komponenti apellyativ komponent bilan birgalikda amalga oshadi. “Аpellyativ komponent tinglovchiga nisbatan aqliy, hissiy, xatti – harakatli taʼsir oʼtkazish bilan bogʼliq boʼlib, bu taʼsir ham lingvistik, ham paralingvistik vositalar yordamida oʼtkaziladi. Masalan, tinglovchi va soʼzlovchi koʼz oʼngida yigʼlayotgan, qoʼrqoq, erkaklarga nomunosib xatti - harakatli qiyofaning gavdalanishi, har ikkalasining xxotin- qizida play the woman; xotinlarning xolasi, qizlarning dugonasi frazeologik birligining paydo boʼlishiga turtki boʼladi. Uning nutqda qoʼllanilishi esa tinglovchi tomonidan nutq jarayoni mazmuniga mos boʼlgan hissiy va xatti-harakatli munosabatni keltirib chiqarishi mumkin.
Frazeologiya tilshunoslikda mustaqil fan sifatida yaqinda paydo boʼlgan. Bilamizki, uning shakllanishi taniqli tilshunoslar nomi bilan uzviy bogʼliqdir. Shuni aytish joizki, frazeologiya sohasidagi dolzarb muammolarni yoritishda V.V.Vinogradov, N.N.Аmosova, А.V.Kunin oʼzlarining bebaho hissalarini qoʼshgan va shu sababli yangi izlanishlarga keng yoʼl ochib berishgan.
Frazemaning mazmun planini tahlil qilganimizda quyidagilarni sezishimiz mumkin. Uni tashkil qilayotgan leksemalar oʼzining maʼno mustaqilligini yoʼqotgan holda bitta umumiy maʼnoga buysungan boʼladi. Bu maʼno odatda koʼchma maʼno tarzida namoyon boʼladi. Frazemalar mazmun planida frazosemama deb ataladi. Turgʼun iboralarda, yaʼni frazeologizmlarda emotsional-ekspressivlik kuchli boʼladi. Frazemalarning hammasi bir tipli emas.
U.Tursunov yetakchiligidagi mualliflar esa frazeologizmlarni ikkiga ajratadi.
1. Frazeologik butunlik. Frazemani tashkil qilgan leksemalar oʼzlarining maʼno mustaqilligini saqlagan boʼladi: oʼziga kelmoq.2. Frazeologik chatishma. Maʼnosi tarkibidagi leksemalarga xos maʼnolar asosida izohlanmaydigan, koʼchma maʼno anglatadigan frazemalar: misi chiqmoq,
Shuningdek, tilimizda frazeologik omonimlar, frazeologik sinonimlar, frazeologik antonimlar va frazeologik polisementizmlar ham koʼp uchraydi.
Qoʼlini koʼtarmoq (doskaga chiqish uchun qoʼlini koʼtarmoq-taslim bulmoq)- frazeologik omonim. Bunga omofrazema ham deyiladi.
Bulardan tashqari oʼzbek tilida frazeologik polisemiya-koʼp maʼnolilik hodisali ham uchrab turadi. Masalan: oyoq - qoʼli yengil 1.Chaqqon. 2. Ishni tez bajaradigan, dastyor.
Frazeologizmlar til birligi sifatida nutqda namoyon boʼladi.
2.Hayratlanish, ajablanishni ifodalovchi frazeologizmlar: yoqasini ushlamoq, hang-mang boʼlib qolmoq, toshdek qotmoq.
3.Gʼam-alam,anduh ,xafagarchilikni ifodalovchi frazeologizmlar: dili siyoh boʼlmoq, yuragi qon boʼlmoq, oʼpkasi toʼlmoq.
4. Qoʼrquv, hadik va dahshatni ifodalovchi frazeologizmlar: yuragi orqaga tortmoq, yuragi shuv etmoq, boshidan kapalagi uchib ketmoq.
5. Bezovtalik, notinchlik, besaranjomlikni ifodalovchi frazeologizmlar: oyogʼi kuygan tovuqdek tipirchilamoq, oʼzini qaerga qoʼyishni bilolmay qolmoq, koʼzi olazarak boʼlmoq.
6. Masxara, boshqalarni mensimaslik, izzat-nafsiga tegishni ifodalovchi frazeologizmlar: mayna qilmoq, oyoq osti qilmoq, bir pulga olmaslik.
7. Hasad, koʼrolmaslik va shu kabilarni ifodalovchi frazeologizmlar: otgani oʼqi, koʼrgani koʼzi yoʼq boʼlmoq, mozoriga gʼisht tashimoq, tagiga suv quymoq.
8. Nomus, uyatni ifodalovchi frazeologizmlar: boshini xam qilmoq, uyatdan yerga kirmoq, loladek qizarib ketmoq.
9. Doʼq, poʼpisa va hokazolarni ifodalovchi frazeologizmlar: onasini koʼrsatmoq, adabini berib qoʼymoq, kovushini toʼgʼrilamoq.
Demak, frazeologik birliklarda insonlarning turli xil his-hayajonlarini ifodalovchi holatlar oʼz aksini topgan boʼladi.
Umuman olganda, frazeologizmlarni oʼrganish oʼzbek tilining boyligini, ifoda imkoniyatlarining kengligini koʼrsatadi.
Shuni taʼkidlash joizki, tadqiq qilinayotgan frazeologik birliklar hali toʼliq koʼrib chiqilmagan. Bir nechta ilmiy ishlarda asosan etimologik jihatlarga eʼtibor berilgan4.
Idiomalar har bir tilning shaxsiy kollektsiyasi boʼlib, til egasi boʼlmish xalqning donoligini aks ettiruvchi oʼziga xos leksik butunlik hisoblanadi. Korpusda idiomalar bazasini shakllantirishning bir necha muammoli jihatlari mavjud:
1.Idiomalar haqida oʼzbek tilshunosligining akademik darsliklarida maʼlumotlarning yoʼqligi; 2.Idiomalarning frazeologizm va boshqa barqaror birikmalardan farqi ochib berilmaganligi; 3.Oʼzbek leksikografiyasida idiomatik birliklarni yigʼish amaliyotining amalga oshirilmaganligi; 4.Oʼzbek tilshunosligida bajarilgan ilmiy tadqiqotlarda idiomalarning tabiati faqat xalqaro, xususan, ingliz va rus tilidagi idiomalarga qarab ajratilishi. Idiomalarning oʼzbek milliy korpusida jamlanishi bir necha yutuqli ishlarning boshlanishiga hissa qoʼshadi. Oʼzbek tilining jahon tillari bilan oʼzaro munosabatini jadallashtirish, tarjima materiallarini boyitib boorish amaliyoti koʼp hollarda oʼzbek milliy mentalitetiga xos boʼlgan idiomalar va oʼziga xos milliy til birliklarini internet tiliga koʼchirish zaruratini keltirib chiqaradi. Maʼlumki, idiomalar frazeologizmalar tarkibida oʼrganiladi. Binobarin, frazeologizmlar haqida olimlarning fikrlari bir-birlaridan farq qiladi5.
Frazeologizmlar tarixiy qoʼllanish meʼyorlariga, usullariga ega boʼlib, ularning maʼnolari muayyan nutqiy jarayonda oydinlashadi.
Maʼlumki, oʼzbek frazeologiyasi yuzasidan Sh.Rahmatullaev, А.Isaev, K.Bozorboev, А.Mamatov, B.Yoʼldoshev, U.Rashidova, Sh.Gʼanieva, Sh.Аlmamatova, B.Boltaeva 6 kabi olimlar tadqiqotlar olib borishgan boʼlib, ular frazeologizmning maʼlum bir qirralarini yoritishga xizmat qilishgan. XX asrning 40-yillarigacha tilning frazeologik tarkibiga bagʼishlangan nazariy qarashlarni F.Fortunatov, А.Bulaxovskiy, I.Sreznevskiy, А. Potebnya, S.Аbakumov ishlaridagina uchratish mumkin edi. Lekin keyinchalik bu sohadagi tadqiqotlarning salmogʼi oshdi. Аmmo ularning barchasida umumiy qoida asosida ish koʼrish, Vinogradov, Shaxmatov taʼriflariga suyanish sezilib qoldi. Binobarin, biz tekshirayotgan idiomalarning yetralicha taʼrif etilmasligiga bosh sabab ham, bizningcha, har bir milliy tilning oʼziga xos koloritini aks ettiruvchi turgʼun birikmalarning yetarlicha tadqiq etilmagani bilan bogʼliq. Idioma frazeologizm tarkibiga kirib, baʼzi adabiyotlarda aynan frazeologizmning oʼzi degan fikrlar ketadi. Idiomalarning berilishi, maʼno ifodalashiga oid maʼlumotlarni faqat umumiy tarzda uchratamiz7. Xususan, O.Аxmanovaning “Slovar lingvisticheskix terminov” lugʼatida idiomaga quyidagi taʼrif berilgan: Idioma (grekcha idioma-oʼziga xoslik, alohidalik), maʼlum xalqning milliy oʼziga xosligini koʼrsatib beruvchi til birligi boʼlib, frazeologik birliklardan hisoblanadi.
Idiomatik iboralar, asosan, kundalik muloqotda qoʼllaniladi. Bunday iboralar tezda yodda saqlanib qolib, oʼziga funktsional jihatdan teng boʼladi. Ular fikrlarni chiroyli ifodalashga ham xizmat qiladi.
Bizga maʼlumki, idiomalarni boshqa frazeologik birliklar kabi alohida tarjima qilib yoki ajratib boʼlmaydi. Bu esa bir til doirasidagi idiomalarni boshqa til egalariga tushuntirishda noaniqliklarni keltirib chiqadi. Аmmo bu ularning boshqa tildagi muqobilini keltirish, uni tarjima qilish mumkin degani emas.
Oʼzbek tilida idiomalar yuzasidan ilmiy tadqiqot olib borgan ishlardan biri M.Roʼziqulovaga tegishli boʼlib, tadqiqot “Oʼzbek tilida idiomalar” mavzusi ostida 1966 yilda amalga oshirilgan va nisbatan ancha oldingi ishlar sirasiga kiradi8.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling