Jurnalistika asoslari
Download 382.29 Kb. Pdf ko'rish
|
Jurnalistika asoslari. Qozoqbovev T.
2003.
Ocherk ruscha s o ‘z b o ‘lib, u badiiy adabiyotning epik tur janrlari boMmish kichik qissa yoki hikoyaga yaqin b o ‘lgan janrdir.O ch erk d a publitsistika elem entlari m avjud. U « o 'z in in g hozirjavobligi, ishonarligi, haqiqiy hayotda r o ‘y bergan voqealarni ifodalashi, hujjatlarga asoslan- ganligi bilan ajralib turadi. O cherknavis aniq tarixiy sharoitda b o ‘lib o ‘tgan, o ‘zi k o ‘rgan, guvohi b o ‘!gan voqeani qalam ga oladi, yaratajak. 93 qahram oni bilan yuzm a-yuz suhbatlashadi, uning hayoti va faoliyatini aniq ifodalaydi». A m m o bu ifo d a la sh d a b o ‘rttiris h , o ch e rk qah ram o n i h a y o tid a bo‘lmagan voqealam i to ‘qishga y o ‘I qo ‘yilmaydi. O cherkning tarbiyaviy aham iyati katta. U yangi odam ning axloqiy qiyofasini, xarakterini shakllantirishga yordam beradi. Gazeta va jurnallarning boshqa janrlariga xos bo‘lgan haqqoniylik, hozirjavoblik, tezkorlik kabi xususiyatlar ocherkka begona emas. Uni badiiy publitsistik jan rlar «qiroli» deb bejiz aytishmagan. Chunki ocherk saviyasiga qarab matbuotning gazeta-jumal, televideniye yoki radio tahririyatlarining adabiy saviyasini bilish mumkin. Professor Feliks Petrovich N esterenkoning: «Ocherk aniq fakt va hodi- salarga tayangan holda m a ’lum inson qiyofasi, dolzarb ijtimoiy m uam m o yoki aniq bir jarayonning tahlilini badiiy publitsistik tarzda amalga oshiradi. Unda bir vaqtning o ‘zida hujjatlilik, aniqlik, tezkorlik va adabiy-badiiy v o s ita la r u y g 'u n la n is h in i k u z a tish m um kin», d eg an fik rig a t o ‘la q o ‘shilamiz. Ocherk hikoyadan yagona, tez hal qilinuvchi konfliktning y o ‘q!igi va tavsifiy xarakterda b o ‘lishi bilan farqlanadi. 0 ‘zbek ocherkining asoschilaridan biri yozuvchi A bdulla Q ahhor ocherk haqida shunday yozadi: «...ocherk ham adabiyotda to ‘la huquqli janr... ocherkist yozuvchidir. Demak, gap jan rda emas, asarning qanday yozilganida. H ikoya hikoyanavisdan qancha m ehnat, qancha m ohirlik, qancha m adaniyat talab qilsa ocherk ham ocherkistdan shuncha m ehnat, shuncha m ahorat, shuncha m adaniyat talab qiladi». O cherkning bir qancha turlari bor. Ammo ulam i ikkita asosiy shaklga b o ‘lsa b o ia d i. Bittasi syujetli ocherk, ikkinchisi tavsifiy ocherkdir. Syujetli ocherk turiga portretli va muammoli ocherldar kiradi. Portret- li ocherkda xalq e ’tiboriga tushgan shaxs haqida hikoya qilinadi. Bular ishlab chiqarish ilg‘ori, m ashhur olim, s a n ’atkor va boshqa xalq ardoqlagan insonlardir. K o‘pchilik ularning hayoti va faoliyati bilan qiziqadi. Portretli ocherk ning vazifasi asar qahram onining fazilatlari, xizmatlari, qanday yangilik- lar yaratgani, k o ‘pchilikka ibrat b o ‘ladigan ishlarini ko‘rsatib berishdan iborat. M uam m oli ocherkda b a ’zi fakt va hodisalar odam larning m uayyan vaziyatdagi portreti bilan bir qatorda ishlab chiqarish qahram onlari, fan va s a n ’a tn in g ilg ‘o r n am o y an d alari o brazi u m u m la sh tirilg an h o ld a y o 'itila d i. K o‘pin ch a haqiqiy qahram o nlar ismi sharifi o ‘zgartirilgan b o ia d i. Shaharlar, korxona va tashkiiotlar nomi aniq k o ‘rsatilm aydi. 0 ‘quvchilarning e ’tibori, asosan, dolzarb m asalalar yechim iga qaratiladi. 94 Ishlab chiqarish jam oalari ham da qandaydir yangiliklar, ilg‘or tajri- balar haqida yozilgan ocherklar ham syujetli ocherk hisoblanadi. Tavsifiy ocherkka qandaydir yangilikka, deylik k o ‘proq quriltshning boshlanishi yoki tugaganiga, yangi elektrostansiyaning ishga tushganiga b ag ‘ishlangan ocherklar misol b o ‘la oladi. Yaxshi ibratning kuchi katta. Shu bois yaxshi yozilgan syujetli ocherk kishilarni yangi m ehnat zafarlariga chorlaydi, vatanga sadoqat ruhida tar- biyalaydi. Yo‘l ocherki deb nom lanadigan ocherklarda m uallif hayotim iz- dagi biron bir fakt va hodisani o ‘zining safari vaqtida kuzatishi natijasida yozadi. Yo‘l- ocherkida m uallif nafaqat faktlarga m urojaat qiladi, balki ularni tahlil qiladi, mohiyatini ochib beradi, o ‘z qarashlarini bildiradi va bunda publitsistik usuldan foydalanadi. Yo‘l ocherkining mohiyati uning g ‘oyasidir. A niq fakt va hodisalarga tayangan holda m a’lum inson qiyofasini, aniq jarayonning tahlilini badiiy- p u b litsistik tarzda am alga oshirishi och erk x u su siy atin i belgilovchi k o ‘rsatkichlardir. Tabiiyki, ocherkda hujjatlilik, aniqlik, tezkorlik kabi xususiyatlar mavjudligini esdan chiqarm aslik zarur. Shuni •unutmaslik kerakki, ocherk ja n rid a faktlar tahlili va ularga m uallif m unosabatining ifodasi, albatta, mavjud bo'ladi. O cherk bu portret asar desak to ‘g ‘ri bo ‘Iadi. Uning tahliliv asarligi publitsistikar.ing ijtim ciy fikrga ta ’sir etishini ta ’minlaydi. Tarixga m urojaat qiladigan b o ‘lsak, shu narsaga am in bo 'lam izki, ocherk janrining eng xarakterli nam unasi «Boburnom a» asaridir. K eyinchalik bu janrning rivoji, asosan, o ‘tgan asrning 20-30-yillarida rivoj topdi. Unda Abdulla Qodiriv, G ‘afur G ‘ulom, Oybek. Abdulla Qahhor, H am id O lim jon, A’zam Ayupov, A sqad M uxtoiy A dham R ahm at .va boshqalarning xizmatlarini e’tiro f etmoq keiak. Ham id G ‘ulom k o ‘plab m am lakatlarda safarda b o ‘lib, y o ‘l ocherklari yozgan edi. A b d u lla Q a h h o rn in g « S in c h alak » , O y b e k n in g «O ltin v od iy dan shabadalar» asarlari avvaliga ocherk tarzida yozilgan edi. O cherkning ajoyib bir xususiyati shundar iboratki, u o ‘2ida badiiylik. voqelik va xolislikni m ujassem lashtirgan badiiv-publitsistik ja n r sifatid a faoliyat ko ‘rsatadi. 0 ‘zbek jurnalistrkasida ham ocherkning portret, muammoli, y o ‘l, sud ocherklari kabi turlari mavjud. Voqeiikni aks ettirishda ocherkning hujjatli, etnografik ko ‘rinishlari borligini ham e ’tiro f etmoq kerak. O cherk - samarali hammabop jan r boMgani sabab u voqea va hodisalar ni jonli ifodalash orqali hayotni to ‘g ‘ri anglashga yordam beradi. Shu bois ocherk gazeta va jurnal sahifalariaa, televidenive k o ‘rsatuvlari, radio eshittirishlarida' o ‘ziga xos o ‘rinni egallashi kerak. 95 O cherk tara q q iy o tid a y u q o rid a no m lari zikr q ilin g a n ad ib lard an tashqari Yo‘ldosh Shamsharov, H abib N o ‘mon, Sunnatillo Anorboyev, R asu l R ah m o n , D adax on N uriy, Y o qubjon X o ‘ja m b e rd iy e v la rn in g xizm atlarini ham yuksak baholash kerak. Shu o ‘rinda portretli ocherkning bir nam unasi sifatida yozuvchi, olim M eli N orm atovning «Tanti va halol- pokiza ijodkor» deb nom langan portretli ocherkini to ‘la!igicha berishni lozim topdik. Bu ocherk « 0 ‘zbekiston m atbuoti» jurn alin in g 1999-yil 3- sonida chop etilgan. Download 382.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling