1.28-rasm. “Iqtisodiy informatika” elektron darsligining bosh menyusi
o‘rganilishi kerak bo‘lgan materiallarni talabalarga qulay ko‘rinishda taqdim etish;
elektron darslikning talaba bilan interaktiv usulda muloqotda bo‘la olishi;
talabalarning o‘quv materiallarini mustaqil ravishda o‘rganishi va olgan bilimlarini test sinovlari asosida sinab ko‘rish imkoniyati (1.29-rasm).
1.29-rasm. Elektron darslikda test topshirish tizimining qo‘llanilishi.
Ushbu elektron darslikda navigatsiya tizimidan tashqari translitera-tsiya (boshqa tilga o‘girish) tizimi ham ishlab chikdlgan. Transliteratsiya – kirill alifbosidan lotin yozuviga o‘tishini ta’minlaydi. Har bir betda transliteratsiya tugmachasi mavjud. Shu tugmachani bosgandan keyingi betdagi matn lotin yozuviga avtomatik ravishda o‘giriladi. Ushbu darslik yaratilgan tizim asosida boshqa mavzudagi elektron darsliklarni yaratish mumkin, chunki ushbu tizim juda ham keng qamrovli, universal hisoblanadi.
Elektron darslikni yaratishda kelajakda ayrim muammolarni yechish lozimligi ayon bo‘ldi. Shulardan asosiysi, bu – o‘zbek kirill alifbosidagi «q», «g‘», «o‘», «h» harflarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri matnga kiritishdir. Bundan tashqari, texnikamiz hozirchalik mavjud bo‘l-magani sabab «tirik video» elementlarini elektron darslikka kirita olmadik. Tajribamiz shuni ko‘rsat-moqdaki, elektron darslikni oldin biror bir nashriyotda chop etilgan darslik asosida yaratish lozim, chunki, foydalanilayotgan materiallarni tahrir qilish talab etilmaydi va ulardan skaner orqali foydalanish mumkin bo‘ladi. Shu-ning uchun ham, ushbu elektron darslikni yaratishda «Iqtisodiy informatika» («O‘zbekiston» nashriyoti, 1999) va «Axborot tizimlari va texnologiyalari» («Sharq» nashriyoti, 2000) darsliklaridan keng foydalanildi.
Tayanch so‘z va iboralar:
Multimedia; axborot texnologiyalari; ishlab chiqish bosqichlari; o‘quv-uslubiy kompleks; sifat darajasi; ta’lim berish texnologiyasi; o‘qituvchining saviyasi; texnik vositalar; «Iqtisodiy informatika» elektron darsligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |