K. Alimova Z. T. Nishanova, G. K. Alimova, A. G‘. Turg‘unboeva m. X. Asranboeva


Maktabga psixologik, emotsiomal, kognitiv tayyorgarttk


Download 1.09 Mb.
bet67/85
Sana08.11.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1758067
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   85
Bog'liq
Z. T. Nishanova, G. K. Alimova-fayllar.org

Maktabga psixologik, emotsiomal, kognitiv tayyorgarttk


Bolaning maktabda muvaffaqiyatli o‘qishi ko‘p jihatdan ulaming maktabga tayyorgarlik darajalariga bog‘liq. Bola awalo maktabga. jismoniy jihatdan tayyor bo‘hshi kerak. 6 yoshli bolalaming anatomik- fiziologjk rivojlanishi o‘ziga xos tarzda kechadi. Etu yoshda bola organizini jadal rivojlanadi. Uning oghrligi oyiga 150 dan 200 gacha bo‘yi esa 0,5 sm gacha ko‘payadi. 6 yoshli bolalar turli tezliklarda, tez va yengil yugura oladilar. Ular sakrash, konkida yugurish, chang'ida uchish. suzish singari harakatlami ham bemalol bajarishlari mumkin. Musiqa bo‘yicha mashg‘ulotlarda esa xilma-xil ritmik va plastik harakatlami bajaradilar, turli mashqlami aniq, tez, yengil va chaqqon bajara oladilar.

6-7 yoshli bolalar nerv sistemasini mustahkamlash, ulami surunkali kasalliklardan xalos etish, ko‘rish va eshitish qobiliyatiga alohida e'tibor


-165 -


berish, shuningdek, umurtqa pog‘onasining to‘g‘ri rivojlanishiga ahamiyat berish, nihoyatda muhim. Kattalar shu yoshdagi bolalar bilan ish olib borar ekanlar, bu yoshdagi bolalar organizmi hali o‘sishi davom etayotganligini doimo hisobga olishlari lozim. Masalan, bolani majburan yozishga o‘rgatish hali barmoq muslaxllari to‘liq rivojlanmaganligi sababli ularga ma’limi darajada zarar keltirishi, bolaning chiroyli yoza olmasligi esa, o‘z-o‘zidan bolani o‘ziga nisbatan ishonchini yoki o‘qishga nisbatan qiziqishini kamayishiga olib kelishi mumkin.

Molivatsion tayyorgarlik. Katta bog‘cha yoshdagi bolalar asosan, maktabda o‘qish uchun ehtiyoj sezadilar, lekin bu xohish va ehtiyoj motivi turlicha bo'lishi mumkin. "Menga chiroyliforma, daftar, qalam va ruckkalar sotib olib berishadi"Maktabda o'rtoqlarim ko‘p bo‘ladi va men ular bilan mazza qilib o‘ynayman”, "Maktabda uxlatishmaydiBunday motivlami bolalarga odatda ota-onalar singdiradilar. Maktabnitig tashqi ramzlari, shubhasiz bolalami juda qiziqtiradi, lekin bu maktabda muvaffaqiyatli o‘qish uchun asosiy sabab bo‘la olmaydi.Ota-onalar, pedagog, taibiyachilar tomonidan bolalarga bilish, o‘rganish motivlarini singdirilishi maktabda muvafaqqiyatli o‘qish omili boiib xizmat qila oladi. "Men otamga o'xshagan bo'lishim uchun o‘qishim kerak", "Yozishni judayaxshi ko‘raman", "0‘qishni o‘rganaman”, "Maktabda qiyin misoUarni yechishni o‘rganaman "- bunday motivlar to‘g‘ri rnotivatsion tayyorgarlikka misol bo‘la oladi.




Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling