K. Alimova Z. T. Nishanova, G. K. Alimova, A. G‘. Turg‘unboeva m. X. Asranboeva


’quv faoliyati rivojlanishining asosiy xususiyatlari


Download 1.09 Mb.
bet65/85
Sana08.11.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1758067
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   85
Bog'liq
Z. T. Nishanova, G. K. Alimova-fayllar.org

0’quv faoliyati rivojlanishining asosiy xususiyatlari. A.P.Usova

bog'cha yosh davridagi bolalaming o’quv faoliyatini o ’ zlashtirganligining aniq belgilarini ko'rsatadi. U tomonidan o’zlashtirilganlikning vtch saviyasi ajratilib, ular o’quv faoliyati rivojlanganligining turli darajalarini xarakterlaydi.

1-darajasi. Bilish faoliyati barcha jarayonlarining mahsuldorligi va maqsadga qaratilganligi bilan o’qishga nisbatan faol va qiziquvchanlik kabi munosabatning, o’2:ining harakatlaiini nazorat qilish va natijalarini

-158-


baholash qobiliyatiga egaligi bilan farqlanadi. 0’zlashtirilganlai asosida bolalar amaliy va aqliy faoliyatida qurbi etadigan vazifalami echa oladi.


  1. clarajasi - kuchsizroq. 0’quv faoliyatini egallashning barcha ko’rsatkichlari etarli rivojlanmagan. Lekin shu bilan birga bolalar ta’lim olishi mumkin ba’zi bir og'shishlar ham bundan mustasno emas.



  2. darajasi. Mashg’ulotlatda o’quv faoliyati shakllanishining boshlanish davri.



Ta’lim jarayonida savodxonlikning rivojlanishi. Ona tilidagi tovushlarni o’zlashtirishda nutqning sensor asosi - fonematik eshitishrting rivojlanishi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi. Fonematik eshitish deganda, nutq tovushlarini idrok etish, so’zlar tarkibida ulami har xil ma’noli birliklar sifatida birlashtirish va ajratish tutshuniladi.

N.X.Shvachkin boialar fonematik eshitishini dastlabki rivojlanish bosqichlarida o’rganib, 1-7 yoshdayoq fonematik eshitish shaldlanib bo’lishini isbotladi, Bu davrga kelib, bola atrofdagi kaitalar nutg’ining tarkibidagi barcha fonematik xususiyatlami ferqlab oladi. Shuning uchun atrofdagilaming to’g’ri va noto’g’ri talaffezini payqay oladi. Bog’cha yoshidagi bola noto’g’ri talafifez etilgan so’zlami asta-sekin ferqlamay qo’yadi. Bolada so'zlar va tovnshlaming fonetik obrazlari shakllanadi. Bu davrda bolalar nutqining fonetik tomoniga katta diqqat bilan qaraydi.

L.E.Jurovaning fikricha, bolalami til olamiga o’rta bog’cha yosh davrida, ya’ni til xususiyatlarini ayniqsa, o’tkir his etish davrida olib kirgan ma’qul. L.E.Jurova va N.V.Durovalaming eksperimental tadqiqotiari shuni ko’rsatadiki, 4 yoshli bolalar nafaqat so’z tarkibidagi tovushlarni intonasion ajratib olishni, balki jarangli va jarangsiz undoshlfimi farqlashni, so’zdagi birinchi tovushni aytib berishni o’rgana oladilar. Bu esa 5 yoshli bolalarda tovushlami tahlil etish ko’nikmalari rivojlanishining muhim zaruratidir.

Nutq juda erta bolaning va atrofdagilaming amaliy faoliyati bilan bog’lanib L.S.Vigotskiy aytganidek, anchagina erta amaliy tafakkur vositasiga aylanadi. Boshqacha qilib aytganda nutqning amaliy faoliyati bilan aloqadorlik shakllaridan biri bo'lajak harakatlami rejalashtirish, kechayotgan harakatlarga nutqning yo'ldosh bo’lishi va harakat natijalarini nutq vositasida ta’kidlab qo’yishda namoyon bo’ladi. Bulaming bari esa aqliy faoliyatning shakllanishi uchun juda zarur.

Meiktabgacha davming oxiri kichik va o’rta bog’cha davrlarda nutq bolaning amaliy faoliyati tarkibiga tez-tez kirib turadi.

Bog’cha yosh davrida bola o’zining harakatlari, ularda ishlatayotgan buyumlari haqida hech kimga murojatit qilmay aytib


-159-


beradi, kelajakdagi harakatlarini rejalashtiradi va natijalarni analiz qiladi. (“Qo’g’irchoq uxlayapti “Mashinani tnzatishsa, u yuradi ”, “Odamcha yiqilib ketdi, hozir men xmi ko’tarib qo’yaman”). Bunda nutq muloqot uchun xuzmat qilmaydi. Bunday turdagi nutqni JLPiaje “egosentrik nutq” deb atadi. J.Piajening fikricha, egosentrik nutq bola tafakkurining egosentrik xarakteri, individual nutqning hali yetarlicha ijtimoiylasha olmaganligi natijasidir.

Biroq L.S.Vigotskiy shuni isbotladiki, egotsentrik nutq J.Piaje aytganidek, ijtimoiylashgan nutqqa qarama-qarshi nutq emas, balki o’z tabiatiga ko’ra u ham ijtimoiy nutqdir. Uning paydo bo’lishiga sabab hali bohuung o’ziga va o'zgalarga yo’naltirilgan nutqni o’zaro farqlay olmasligidadir. Egosentrik nutqning >maga kelishi kichik bog’cha yoshidagi bolalaming kattalar bilan hamkorlikda faoliyat qilishga moyil bo’lishkri bilan bog’liq. Bolaning mustaqil faoliyat ko'rsatishi qanchalik sust bolsa, ushbu moyillik yuqori bo’la.di. Egosentrik nutq esa kattalar bilan hasnkorlik qilishning o’mini bosuvchi o’ziga xos nutqiy o'rinbosor vazifasini bajaradi.

Tadqiqotlaming ko'rsatishicha, egosentrik nutq faoliyatni rejalashtirish vazifasini ham bajarar ekan. Bola oldindan o’z faoliyatining maqsad-muddaosini og'zaki ifodalaydi. So’ngra faoliyatni bajarish davrida olingan natijalaml og'zaki qayd etadi, og’zaki ravishda yangi harakatlami rejalashtiradi, duch kelgan qiyinchiliklami bartaraf etadi.

Bog'cha yoshining oxiriga kelib, bolaning mustaqil faoliyati 2 bosqichdan iborat boTadi:




  1. og’zaki tarzda qaror qabul qilish va faoliyatni rejalashtirish;



  2. tuzilgan reja va qabul qilingan qarorlarga muvofiq faoliyatni amalga oshirish. Bunda egotsentrik nutq asta-sekin yig’ilib, interiorizasiyalanib (ichla tomonga yo’nalib), 5-6 yoshli bolalarda ichki nutqqa aylanadi.



Bola faoliyati va muloqotidagi yangi-yangi ehtiyojlar nutqni intensiv ravishda o’zlashtirishga sabab boTadi. Bola nutqi borgan sari mazmunliroq boTib boradi. Situativ nutq - kichik bog’cha yoshdagi bola nutqining asosiy shakli asta-sekin kontekst nutqqa, axborot bemvchi nutqqa o'mini bo'shatib beradi. Kontekst nutq bu nutqni suhbatdosh faqat til vositalari asosicla, vaziyat (situasiya) ga tayanmay turib, tushuna olishi bilan xarakterlanadi.

Nutqning kontekst shakli fikming toTaligicha, mantiqiy to’g’ri ketma-ketlikda bayon etilishini, yiingi grammatik shakllaming


-160-


qo’llanilishini taqozo qiladi. 0’z tuzilisliiga ko'ra kontekst nutq yozma nutqqa yaqinlashadi. Kontekst nutqning muhim xususiyati uning ixtiyoriyligidir.

Bog'cha yoshidagi bolalami savodxonlikka o’rgatish bo'yicha olib boriladigan ishlar D.B.Elkonin ishlab chiqqan nazariy tamoyillarga asoslanadi. Savodxonlikka o’rgatishning bog'cha yoshiga mo’ljallangan shakl va metodlari D.B.Elkonin metodi asosida L.E.Jurova tomonidan ishlab chiqilgan.

Bolalar tomonidan savodxonlikni egallash imkoniyatlari va xususiyatlarini o’rganistiga hamda buning uchun eng optimal yosh davrini aniqlashga qaratilgan maxsus tadqiqotda N.S Voronsova 5-6 yoshli bolalar savodxonlikni o’rganishda tanlovchan tipdagi qabul qilish xususiyatiga ega ekanligini, 6 yoshdan esa o'qishga e'tiborli bo'lishini aniqladi. Shimdan kelib chiqib, N.S.Voronsova 5 yoshni tovushlami analiz qilishga o’rgatishning eng optimal da\Ti, 6 yoslrni esa o’qishga o’rgatishga eng optimal (eng yaxshi va qulay) davr ekanligini ta'kidladi.

Shunday qilib, bog'cha yosh davrining eng muhim xususiyadaridan biri 4-5 yoshlarga kelib, nutqning rejalashtirish funksiyasi paydo bo'lishiclan iborat. Dastlab rejalshtirish og’zaki tarzda amalga oshirilsa, keyinchalik bog’cha yoshining oxirlarida ichki nutq orqali rejalashtirish boshlanadi.





  1. Download 1.09 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling