mumkin: „ S h e’rda qaysi fasl tasvirlangan ekan?", „Shoir qor yoqqan
joylarni nimaga o'xshatadi?", „S h e’rda qor yog'ishi nim aga qiyoslan-
gan?“ , „Shoir qorga qanday murojaat qiladi?". O 'qituvchi berilgan
javoblam i to'ldirib, o'quvchilam ing qish fasliga doir tushunchalarini
boyitadi.
„Qish" (Tursunboy Adashboyev) sh e’rining hajmi unchalik katta
em as. Lekin u qishda hayvonlar hayotida ro'y beradigan o'zgarishlarni
bilib olishga yaqindan yordam beradi. Bu sh e’rni o'qishdan oldin
ham o'quvchilar bilan savol-javoblar o'tkaziladi. O 'quvchilar diqqati
hayvonlam ing qishdagi hayotiga qaratiladi. Masalan, qishda y o w o y i
quyonlarning rangi o'zgarib, qorda o'zin i dushm andan him oya qiladi
gan oq rangga kirishi, ayiqning o'siq yunglari sovuqda yashashga qo'l
kelishi to'g'risida tushuncha beriladi. S h e’r matni bilan tanishishdan
oldin xattaxtaga „ayoz", „quyruq", „so'qm oq", „piyma", „po'stin"
„pahm oq" so'zlari yozilib, m a’nosi izohlanadi. S h e’rni navbat bilan
o'quvchilarga to'rt-besh marta o'qitilganidan keyin uning mazm uni
yuzasidan savol-javob o'tkaziladi. S h e ’rning to'la m azm uni uch-to'rt
o'quvchiga gapirtiriladi, ulam ing fikr-m ulohazalari to'ldiriladi. M az-
kur mavzuni o'rganish jarayonida maktab atrofiga sayohat uyushtirish
ham mumkin. Qishda qor bosgan dalalarni, tom larni, daraxtlami,
odam iam ing va qushlam ing qishdagi hayotini kuzatish o'quvchilam ing
mustaqil fikrlashi va nutqining ifodali, serm azm un bo'lishi uchun boy
material beradi.
0 ‘quvchilar barglari to'kilib, sovuqda qor bosib turgan daraxtlami
ko'rarekan, shu holatni ifodalagan ,,q ork o‘rpasiga o'rangan yalang‘och
Do'stlaringiz bilan baham: |