K arim a q osim ova
Download 7.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Ona tili o\'qitish metodikasi (K.Qopsimova, S.Matchonov va b.)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2 . Sozlari aralash berilgan gapni qayta tiklash.
- 3. U zluksiz (tinish belgilarisiz) matndan gaplarni ajratish.
1. Gaplarni yoyish.
Buning uchun gapning qaysi bo'lagi yoyishni talab qilishi aniqlanadi. Masalan, „Daraxtlar gullaydi" gapini tahlil qi lish uchun berilgan ega va kesim (gapning asosi) ajratiladi. — Daraxtlar qachon gullashini aytish uchun gapga qaysi so'zni qo'shish kerak? — Qachon gullaydi? (bahorda gullaydi) — Bu so'z gapning qaysi bo'lagi bo'ladi? (Ikkinchi darajali bo'lak) — U gapning qaysi bo'lagiga bog'lanadi, ya’ni tobelanadi? (Ke- simga bog'lanadi) — Gapga egani izohlaydigan yana bitta so'z qo'ying. Qanday gap hosil bo'ldi? (Mevali daraxtlar bahorda gullaydi). 2 . So'zlari aralash berilgan gapni qayta tiklash. Awal gapning asos lari (ega va kesim) tiklanadi (aniqlanadi), so'ng so'roqlar yordamida ikkinchi darajali bo'laklar (so'z birikmalari) „topiladi", tiklanadi. Masalan, Mashinada, teradi, terimchi, paxtani. — Gap kim haqida aytilgan? (Terimchi haqida, kim? — terimchi) — U haqda nima deyilgan? (Teradi. Terimchi teradi — bosh bo'laklar). — So'roqlar yordamida so'z birikmasini toping. Nimani? teradi (Paxtani teradi), nimada? teradi (Mashinada teradi). Keyin gapda so'zlaming qulay tartibi aniqlanadi (Terimchi paxtani mashinada teradi). Gap ohanggi ustida ishlanadi. 3. U zluksiz (tinish belgilarisiz) matndan gaplarni ajratish. Mashq ning bu turi ongli bo'lishi uchun har bir gapning bosh bo'laklarini va so'z birikmalarini ajratish lozim. 4 . Gapni tahlil qilish va chizmasini chizish. Gap tahlil qilinayot- ganda dastlab uning asosi ajratiladi, keyin egani izohlovchi ikkinchi darajali bo'lak, kesimni izohlovchi ikkinchi darajali bo'lak, boshqa ikkinchi darajali bo'lakni izohlovchi ikkinchi darajali bo'lak ajratiladi. Shunday qilib, asta-sekin so'z birikmalari ham aniqlanadi. www.ziyouz.com kutubxonasi 5. 0 ‘qituvchi bergan chizma yoki so'roqlar asosida gap tuzish: Kim? nimalarni? nima qildi? (Bola olmalami terdi). So‘z birikmasi ustida ikki yo‘nalishda ish olib boriladi: 1) so'z birikmasiga gap ichida gapning tarkibiy qismi sifatida qaraladi; 2) so‘z birikmasiga predmetning yoyiq nomi sifatida qaraladi, masalan, soat — so‘z, oltin soat, qo‘1 soat, osma soat, elektron soat — so'z birikmalari. Quyida 2-sinfda gapning bosh bo'laklarini o'rganishga oid dars namunasini keltiramiz: Mavzu: Gap (gap asosini aniqlash). Darsning maqsadi: 1. O'quvchilarda gap kim yoki nima haqida aytilganini (ega ni) va u haqda nima deyilganini bildirgan so'zni (kesimni) gapdan topish ko'nikmasini shakllantirish. 2. Nutqdan gapni ajratish ko'nikmasini o'stirish. 3. O'quvchilarni o'z fikrini aniq, tushunarli va ravon ifodalashga o'rgatish. Darsning turi: yangi bilim beruvchi dars Darsning metodi: suhbat, izlanish metodi Download 7.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling