Debet 9620 « Valyuta kurslari farqlaridan ko‘rilgan zararlar»
Kredit 4010 «Haridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar “
Haridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarning analik hisobi ularning har biri bo‘yicha alohida yuritiladi.
4020 “ Olingan veksellar” –ushbu aktiv schyot hisob-kitoblar veksellar asosida amalga oshirilganda qo‘llaniladi va olingan veksellar bo‘yicha hisob-kitoblarning holati va harakatini aks ettiradi. Ushbu schyotning debetida olingan veksellar, kreditida esa ularning to‘lanishi aks ettiriladi.
Veksel – bu haridor yoki buyurtmachining sotuvchiga qarzini ma’lum bir muddatdan so‘ng to‘lash bo‘yicha olgan majburiyatini aks ettiruvchi hujjat. Veksellar oddiy va murakkab, foizli va foizsiz bo‘ladi.
Oddiy veksellar –bu foizlar faqat vekselning asosiy summasidan to‘lanadigan veksellar. Asosiy summa bo‘lib, vekselning nominal qiymati, ya’ni bosmaxona usulida vekselda ko‘rsatilgan qiymat, hisoblanadi.
Murakkab veksellar –bu foizlar kelgusi davrlarda asosiy summa va oldingi davr uchun hisoblangan foizlar summasi bilan birga olingan qiymatdan hisoblanadigan veksellar.
Foizli veksellar – bu hisoblanadigan foiz miqdori oldindan bosmaxona usulida aks ettirilgan veksellar.
Foizsiz veksellar – bu hisoblanadigan foiz miqdori oldindan bosmaxona usulida aks ettirilmagan veksellar.
Veksellar bo‘yicha foizlarning summasi (Fs) vekselning asosiy summasi bo‘lgan nominal qiymatini (Nq) yillik foiz miqdoriga (Fm) ko‘paytirish va 100% ga bo‘lish, topilgan summani yildagi kalendar kunlar soniga bo‘lish (365 kun) va vekselni hisobot davrida haqiqatda harakatda bo‘lgan kunlari soniga (K) ko‘paytirish yo‘li bilan topiladi, yani
Fs = Nq x Fm : 100% : 365 x K
Sotuvchiga haridor yoki buyurtmachi debitorlik qarzini o‘rniga veksellar berganda quyidagi yozuv qilinadi:
Debet 4020 “Olingan veksellar”
Kredit 4010 “ Haridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar”
Oddiy va murakkab , foizli va foizsiz veksellar bo‘yicha shartnomaga asosan hisoblangan foizlar summasiga quyidagi yozuvlar qilinadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |