K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit


Daromad(foyda) solig‘ini to‘lagunga qadar foyda (zarar)


Download 1.67 Mb.
bet222/277
Sana18.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1707960
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   277
Bog'liq
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов

240

Daromad(foyda) solig‘ini to‘lagunga qadar foyda (zarar)

220-satr (+ -) 230- satr. Foyda summasi daromadlar ustunchasida, zarar summasi esa harajatlar ustunchasida ko‘rsatiladi

250

Daromad(foyda) solig‘i

Daromad(foyda) solig‘i foyda hisobi uchun mo‘ljallangan 9810-schyotning debet oborot summasi harajatlar ustunchasiga yoziladi

260

Foydadan boshqa soliqlar va yig‘imlar

Foydadan boshqa soliqlar va yig‘imlar hisobi uchun mo‘ljallangan 9820,9830-schyotlarning debet oborot summalari harajatlar ustunchasiga yoziladi

270

Hisobot davrining sof foydasi (zarari)

240 –satr – 250-satr – 260-satr. Foyda summasi daromadlar ustunchasida, zarar summasi esa harajatlar ustunchasida ko‘rsatiladi

Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobotning alohida bo‘limi “Byudjetga to‘lovlar to‘g‘risida ma’lumot” deb ataladi. Ushbu ma’lumotnoma to‘rtta ustunchadan iborot bo‘lib, uning 1 va 2- ustunchalarida soliq to‘lovlarining nomi va satr raqami, 3-ustunchada hisob bo‘yicha to‘lanadigan to‘lovlar summasi, 4-ustunchada esa – haqiqatda to‘langan soliq to‘lovlari summasi ko‘rsatiladi. Ma’lumotnomaning har bir satrida soliq to‘lovlarining alohida turlari bo‘yicha hisoblangan va haqiqatda byudjetga to‘langan summalar ko‘rsatiladi.




13.3.Asosiy vositalar harakati to‘g‘risida hisobotni tuzish

Asosiy vositalar harakati to‘g‘risida hisobotning (3-son shakl) asosiy maqsadi bo‘lib korxonaning asosiy vositalarining, shuningdek ularning eskirishining holati va harakati to‘g‘risida yig‘ma ma’lumotlarni aks ettirish hisoblanadi. Hisobot 12 ta ustunchadan iborot bo‘lib, uning 1 va 2- ustunchalarida asosiy vositalarni guruhlarining nomi va satr raqamlari ko‘rsatiladi. 3 ,4,5,6 –ustunchalarda asosiy vositalarning davr boshidagi qoldig‘i, davr ichidagi kirimi va chiqimi va davr oxiridagi qoldig‘ining summalari boshlang‘ich qiymat bo‘yicha ko‘rsatiladi. Hisobotning 7,8,9,10 – satrlari asosiy vositalar bo‘yicha jamlangan eskirishning davr boshidagi qoldig‘i, davr ichidagi ko‘payishi va kamayishi va davr oxiridagi qoldig‘ining summalarini ko‘rsatishga mo‘ljallangan.


Hisobotning 11 va 12- satrlarida mos ravishda yil boshiga va yil oxiriga asosiy vositalarning qoldiq qiymatlari, ya’ni boshlang‘ich qiymat va jamlangan eskirish summalari o‘rtasidagi farq summasi, ko‘rsatiladi. Hisobotning 010- satridan to 160-satrigacha yuqorida keltirilgan ma’lumotlar asosiy vositalarning alohida guruhlari bo‘yicha beriladi. 170-satrda ushbu ma’lumotlar jami asosiy vositalar bo‘yicha jamlab ko‘rsatiladi. Hisobotning 171 va 172 satrlarida korxonaning asosiy vositalarining holati va harakatiga doir ma’lumotlar ishlab chiqarishdagi ishtirokiga ko‘ra guruhlanib ko‘rsatiladi.
Hisobotda asosiy vositalarga sarflangan qo‘shimcha investitsiyalar, shu jumladan tugallanmagan qurilish, to‘g‘risidagi axborotlar ham ma’lumot tariqasida keltiriladi ( 180,181,182,183,190-satrlar).
Asosiy vositalar harakati to‘g‘risida hisobotni tuzishga asos bo‘lib 0100 “Asosiy vositalar hisobi schyotlari”, 0200 “Asosiy vositalarning eskirishi hisobi schyotlari” , 0300 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar hisobi schyotlari”, 0810 “ Kapital qurilish”, 0820 “Asosiy vositalarni sotib olish” schyotlarining ma’lumotlari hisoblanadi.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling