K. B. Urazov, S. V. Vaxidov boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining xu su si yatl ari


bob. AVTOTRANSPORT VOSITALARIVA ULARISH FAOLIYATINING HISOBI


Download 6.22 Mb.
bet147/269
Sana18.06.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1583758
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   269
Bog'liq
boshqa tarmoqda bux.

bob. AVTOTRANSPORT VOSITALARIVA ULARISH
FAOLIYATINING HISOBI


  1. Avtotransport vositalarining tasnifi, tavsifi va baholanishi

Avtotransport korxonalari moddiy-texnika bazasida avtotransport vositalari (ATV) bosh rolni o‘ynaydi. Ularsiz avtotransport korxonalari o‘zlarining yuk tashish, yo‘ lovchi tashish hamda boshqa ish (xizmat)lardan iborat bo‘ lgan asosiy faoliyatini yurita olmaydilar. Shu bois ham avtotransport korxonalaridaATVlamingyetarli miqdordamavjudligi, ulamingbutligi, ishga yaroqligi, yangilanib turishi, shuningdek har bir avtomobil ish faoliyati qat’i hisobini yuritish o‘tamuhim ahamiyat kasb etadi.
Avtotransport korxonalari ixtiyoridagi ATVlami buxgalteriyahisobi obyekti sifatida turli belgilari bo‘yicha tasniflash mumkin.
Ishlatilish maqsadiga ko‘ra avtotransport korxonalari ATVlari yo‘ lovchi tashish, yuk tashish va maxsus ishlarga mo‘ lj allangan bo‘ ladi.
Yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan ATVlarga avtobuslar, mikroavtobuslar hamda taksi sifatida ishlatiladigan yengil avtomobillar kiradi.
Yuk tashishga mo‘ljallangan ATVlarga bortli, furgonli, o‘zi to‘kgich (samosval), tortgichli avtomashinalar, shuningdek ulaming tirkamalari va yarimtirikamalari misol bo‘ladi.
Maxsus ish (xizmat)larni bajarishga mo‘ljallangan ATVlarga suv, sut, yoqilg1 i, non va boshqa turdagi yuklami tashuvchi, shuningdek maxsus ishlami, masalan qurilish moslamalari va konstruksiyalarini ko'tarish, sindirish, yanchish mashinalari, yong‘in o‘chirish, axlat tashish, asfalt yo‘llami qor va muzlardan tozalash, supirish, suv sepish kabi ishlami bajamvchi avtomobillar kiradi. Barcha turdagi ushbu ATV ishlab chiqilgan joyi, nomi, markasi, iste’mol qiladigan yoqilg1 i turiga ko‘ra bir biridan farqlanadi.
Ishlab chiqilgan joyiga ko‘ra ATV xorijiy mamlakatlardahamda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan avtomobillarga bo‘linadi. Chunonchi, respublikamiz avtotransport korxonalarida Rossiya, Belorussiya, Germaniya, Yaponiya va dunyoning boshqa mamlakatlarida, shuningdek respublikamizning o‘zida ishlab chiqilgan 100 dan ortiq nomdagi va turli markalardagi ATVlar ishlatilmoqda.
Iste’mol qiladigan yoqilg’i turiga ko’ra ATVlar benzin (B), dizel yoqilg1 isi (D), shuningdek suyultirilgan gaz (SG) hamda siqilgan tabiiy gaz (TG)da ishlaydigan avtomibillarga boTinadi.
Nomi bir xil, lckin markasi turlicha bo‘lgan ATYlar ularga sarflanadigan yoqilg‘ining asosiy me’yorlari bo‘yicha ham bir-biridan farqlanadi (18.1- jadvalgaqarang).
Avtotransport korxonalari ixtiyoridagi ATVlar uzunligi, dvigatelining ish hajmi, og‘irligi bo’yicha ham turlicha bo‘ladi. Masalan, avtobuslar uzunligi bo‘yicha mini (5,5 metrgacha), kichik (6,0 metrdan 7,5 metrgacha), o‘rta (8,5 metrdan 10 metrgacha), katta (11 metrdan 12 metrgacha) hamda superkatta (16,5 metrdan 24 metrgacha) avtobuslarga bo‘linadi.

  1. jadval




Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling