yordamchi ishlab chiqarishdan olingan turli detallar, kimstruksiyalar, moslamalar, xo jalikjihozlari qiymatiga:
Debet 1000 «Materiallar»;
Kredit 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish»;
yordamchi ishlab chiqarish xarajatlarining kapital invest is iya sifatida tan olingan summasiga:
Debet 0890 «Boshqa kapital qo‘yilmalan>;
Kredit 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish»;
yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari asosiy ishlab chiqarish xarajatlariga kiritilgan summasiga:
Debet 2010 «Asosiy ishlab chiqarish»
Kredit 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish»
yordamchi ishlab chiqarish xarajatlarining davr xarajatlari hisobi schotlariga о ‘tkazilgan qismiga:
Debet 9400 «Davr xarajatlarini hisobga olib boruvchi schotlar»
■! Kredit 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish».
* Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari va ular taqsimotining tahliliy hisobi avtotransport korxonalari yordamchi ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish bodinmalari bo‘yicha lOjumal-orderdayuritiladi.
Avtotransport korxonalarida umumishlab chiqarish xarakteriga ega bo‘ lgan xarajatlar hisobi 2500 «Umumishlab chiqarish xarajatlari» schotida yuritiladi. Ushbu schotda quyidagi xarajatlar aks ettiriladi:
ombor xo‘jaliklarini saqlash hamda ularni ekspluatasiya qilish xarajatlari;
ishlab chiqarish maqsadidagi mol-mulkni sug‘urtalash xarajatlari;
v) ishlab chiqarish binolarini isitish, yoritish va saqlash xarajatlari;
g) ATVlar yordamida ish (xizmat)lami yurituvchi xodimlarga maishiy, tibbiy, sanitariya-gigiyena, ovqatlanishni tashkil qilish bo‘yicha xizmatlami ko‘rsatish boiinmalari.
ishlab chiqarish maqsadida foydalaniladigan mol-mulkni ijaraga olish xarajatlari;
umumishlab chiqarishda band bo‘lgan xodimlarga hisoblangan mehnat haqi va ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar;
j) umumishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan boshqa xarajatlar.
Hisobot oyi mobaynida 2510 «Umumishlab chiqarish xarajatlari» schotining debetida va mos ravishdagi boshqa schotlaming kreditida nomlari yuqorida zikr etilgan xarajat moddalari bo'yicha ma’lumotlar jamlanadi. Oy oxirida ushbu schotning debetida to‘plangan xarajatlar avtotransport korxonasi hisob siyosatida keltirilgan tartibga muvofiq asosiy ishlab chiqarish (2010 schot), yordamchi ishlab chiqarish (2310 schot) hamda davr xarajatlari (9400 schotjga taqsimlanadi.
Avtotransport korxonalaridaumumishlab chiqarish xarajatlarining tahliliy hisobi umumishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish bo‘linmalari bo‘yicha 10 jumal-orderda yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |