K. B. Urazov, S. V. Vaxidov boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining xu su si yatl ari
Ulgurji savdo korxonalarida tovarlaming ombor hisobini yuritish usullari
Download 6.22 Mb.
|
boshqa tarmoqda bux.
Ulgurji savdo korxonalarida tovarlaming ombor hisobini yuritish usullari
Ulgurji savdo korxonalarida barcha moddiy-javobgar shaxslar tovarlaming ombor hisobini yuritadilar. Ombor hisobi natural (miqdor) ko‘rinishda tovarlaming nomi, navi, soni va baholari bo‘yicha kartochkalardayoki maxsus kitoblardayuritiladi. Ushbu hisob registrlariga yozuvlar tovarlaming kirimi vachiqimigaguvohlik bemvchi boshlang‘ich hujjatlarasosida tayyorlanadi. Tovarlaming ombor hisobini yuritish ulami omborlarda saqlashning qabul qilingan usullariga bog‘liq. Tovarlar omborlarda. odatda, liar bir kelib tushgan partiyalar yoki ulaming nomlari, navlari, kelib tushish baholari bo‘yicha saqlanadi. Ushbu belgilariga qarab tovarlaming ombor hisobi partiyali va navli usullardayuritilishi mnmkin. Baliolami erkinlashtirilishi, qat'i sotib olish baholarini belgilanmaganligi hozirgi sharoitdaulguiji savdo korxonalarida tovarlaming ombor hisobini asosan partiyali usulini keng qoMlashni ta’qozo etmoqda. Tovar partiyalari deganda tnzilgan shartnomada ko‘rsatilgan sotib olish baholarida turli ta’minotchilardan kelib tushgan tovarlar majmuasi tushuniladi. U yoki bu nomdagi kelib tushgan tovarlar partiyasi omborda mavjud bo‘lgan aynan shu nomdagi tovarlar tarkibiga kiritilmaydi, lekin kelib tushgan tovarlar partiyasi alohida saqlanadi. Bunga sabab shundaki, tovarlar nomi, artikuli, navi bo‘yicha bir xil bo‘ lsada, lekin ular bir- biridan sotib olish baholari bilan farq qilishi mumkin. Ushbu tovarlami bir-biriga qo‘shib yuborishkeyinchalik ular sotilganda sotishtannarxi va sotishdan olingan daromadni aniqlashda chalkashliklarga olib kelishi mumkin. Tovarlami partiyali hisobini yuritish uchun omborlarlarda har bir kelib tushgan partiyagatasdiqlangan shakldagi «Partion karta» (MX-10) ochiladi. U ikki nusxadayuritiladi. Partion kartadatovarjo‘natuvchiningbarchakerakli rekvizitlari, tovarlar kirim hujjatining raqanri va sanasi, tovaming nomi, artikuli, navi, bahosi, soni, og‘irligi ko‘rsatiladi. Partion kartalar kelib tushgan tovarlar partiyasi sotib bo‘lgunchayuritiladi. Sotilgan tovaming soni (og‘irligi) partion kartada chiqim hujjatlarining raqami va sanasi bo‘yicha ko‘rsatiladi. Tovar partiyasi to‘liq sotib bo‘lingach, partion karta yopiladi, unga ushbu partiya bo‘yicha me’yordagi tabiiy kamayish, buzilish, sinish, yo‘qotishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (agar shunday holat yuz bergan bo‘ Isa) ham yoziladi. Partion kartani yopilishiga ombor mudiri, ombor hisobchisi, buxgalteriya xodimi imzochekadilar. Tovar partiyalarini to‘liq sotib bo‘linganligi to‘g‘risida rahbar tomonidan tayinlangan komissiya tomonidan ikki nusxada maxsus tasdiqlangan shaklda «Tovar partiyalari bo‘yichachiqimlar to‘g‘risida dalolatnoma» (MX-12) tuziladi. Dalolatnomaning bir nusxasi partion kartalaming bir nusxasi bilan birgalikda buxgalteriyaga beriladi, ikkinchi nusxasi esa partion kartalaming ikkinchi nusxasi bilan birgalikda ombor mudirida qoladi. Omborda qolgan partion kartalar tovarlaming ombor hisobi registri hisoblanadi. Tovarlami saqlashning navli usulini faqat doimiy ta’minotchilardan shartnomalarga asosan bir maromda va o'zgarmas baholarda kelib tushayotgan tovarlar bo‘yicha qo'llash mumkin. Ushbu usulda kelib tushgan yangi tovarlar oldindan omborda mavjud bodgan shu nomdagi, navdagi, bahodagi tovarlar safiga kiritiladi. Bir xil nomdagi, navdagi, bahodagi tovarlarga alohida kartochka yoki ombor kitobida ma’ lum sahifalar aj ratiladi. Ushbu registrlarga yozuvlar kirim va chiqim hujjatlari bo'yicha olib boriladi. Har bir yozuvdan so‘ng tovaming qoldig‘i chiqarib boriladi. Tovarlaming ombor hisobi kartochkalari va kitobi quyidagi shaklda yuritiladi (ilovaga qarang). Kamida bir marta har oyda ombor hisobi kartochkalari yoki kitobi ma’lumotlari buxgalteriyahisobi ma’lumotlari bilan taqqoslanibborilishi lozim. Buning uchun ombor hisobi kartochkalarining kirim va chiqim, shuningdek davr boshi va oxiridagi qoldig‘i bo‘yichajamlangan ma’lumotlar asosida tasdiqlangan shaklda «Tovar-moddiy boyliklaming saqlash joylaridagi qoldiqlaii hisobi qaydnomasi» (MX-19) tuziladi. Ushbu qaydnoma ulguiji savdo korxonalari buxgalteriyasida tovar-moddiy boyliklar hisobining «operativ-buxgalterlik (qoldiq)» usulida yuritiladi, ya’ni unda har bir tovar bo‘yicha bosh qoldiq, kirim va chiqim ma’lumotlari soniy va summaviy ko‘rinishda jamlangan holda hisob baholari bo‘yicha aks ettiriladi. Qaydnomaning bosh va oxirgi qoldiq, kirim va chiqim bo‘yicha jami ma’lumotlari ombor mudirlari tomonidan tuzilgan va buxgalteriyaga topshirilgan tovar hisobotlarining mos ravishda bosh va oxirgi qoldiq, kirim va chiqim to‘g‘risidagi ma’lumotlariga mos boMishi kerak. Konsignatsiya shartnomasiga asosan omborlarga qabul qilingan konsignasion tovarlaming ombor hisobi alohida partiyalari bo‘yicha partion kartalarda yuritiladi. Ushbu partion kartalar konsignasion tovarlar to‘lig‘icha sotilgunga qadar yoki ushbu tovarlar egasiga qaytarilguniga qadar ombor mudirlari tomonidan ikki nusxada yuritiladi. Omborlarga o‘zgakorxonalargategishli bo‘lgan vamas’ul saqlash uchun kirim qilingan tovarlaming ombor hisobi alohida kartochkalarda partion yoki operativ buxgalteriya usullaridan birida yuritiladi. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling