Chakana savdo korxonalarida moddiy javobgar shaxslarning hisobotlarini tuzish, taqdim etish va ularga buxgalteriya ishlovini berish
Chakana savdo korxonalarida moddiyjavobgar shaxslar kirim va chiqim hujjatlari asosida o‘zlarining javobgarligida bo‘lgan tovar va taralar bo‘yicha hisobot tuzadilar. Ushbu hisobot turlicha nomlanib, «Tovar hisoboti», «Tovar-pul hisoboti» deb ataladi.
Hisobotlaming taqdim etish muddatlari savdo korxonalari rahbarlari tomonidan turli sharoitlami e’tiborga olgan holda (korxonaning katta- kichikligi va ixtisoslashganligi, tovar operatsiyalarining soni, savdo pulining miqdori va boshqa shu kabi) belgilanadi. Amaliyotda yuqoridagi shart- sharoitlarga qarab hisobotlami savdo korxonalari bar kuni, liar uch kunda. har haftada, har o‘n kunda yoki oyda bir marta tuzadilar.
Chakana savdo korxonalari nioddiy javobgar shaxslaming hisobotlari titul, predniet va rasmiylashtirish qismlaridan iborat bo‘ladi.
Hisobotning titul qismida savdo korxonasining nomi, savdo shoxobchasining nomi va tartib raqarni, moddiy javobgar shaxsning familiyasi, isrni vasharifi, hisobotning tartib raqami, tuzilgan davrining bosh vaoxirgi sanasi,tovarzaxiralarining limiti ko‘rsatiladi.
Hisobotning predmet qismi kirim va chiqim bo‘limlarga bodinib, ushbu bo‘limlar hisobotning yuza va orqa tomonlarida joylashtiriladi. Hisobotning yuza tomonidagi kirim bo'limida birinchi qatorda tovar va taralaminghisobotdavri boshidagi qoldig‘i, shuningdek tovar vataralaming kirinii ko‘rsatiladi. Tovar va taralaming davr boshidagi qoldiq summalari oldingi hisobotning oxirgi qoldiq summalaridan iborat bo‘ladi. Agar hisobot inventarizatsiya o' tkazi lgandan keyingi birinchi hisobot hisoblansa, u holda tovar va taralaming bosh qoldiq summalari inventarizatsiya varag'idan olinadi. Hisobotning kirim boTimida tovar va taralaming kimlardan olinganligini tasdiqlovchi hujjatlar xronologik tarzda alohida qatorlarda yoziladi. Barcha kirim hujjatlari yozilgach, alohida qatorda tovar va taralar kirimining jami summalari ko‘rsatiladi. Hisobotning chiqim bo‘limida tovarlarning chiqimi (sotilishi, ta’minotchilarga qaytarilishi, tovar nobudgarchiliklari, kamomadlar va boshqalar) har bir guvohlik bemvchi hujjat asosida xronologik tarzda ko‘rsatiladi. Barcha chiqim hujjatlari yozilgach, alohida qatorda tovar va taralar chiqiminingjami summalari ko‘rsatiladi.
Kirim va chiqim summalari jamlangach, alohida qatorda tovar va taralaming hisobot davri oxiridagi sanasiga bo‘lgan qoldiq summalari ko‘rsatiladi. Ushbu qoldiq summalar bosh qoldiq summaga jami kirim summasini qo‘shish vaundan jami chiqim summasini ayirish orqali topiladi.
Hisobotning orqa tomonida idishlaming hisobot davridagi harakati ulaming alohida turlari bo‘yicha natural-qiymat ifodasida aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |