K. B. Urazov, S. V. Vaxidov boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining xu su si yatl ari


Download 6.22 Mb.
bet241/269
Sana18.06.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1583758
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   269
Bog'liq
boshqa tarmoqda bux.

1-usul. Chakana savdo shoxobchalariga kirim qilingan tovarlami bevosita 2920 «Chakana savdodagi tovarlar» schotida hisobga olish usuli. Ushbu schotda tovarlar uzluksiz hi sob tizim asosida sotish baholarida, ya’ni savdo ustamalari bilan birgalikda aks ettiriladi. Qiymat tamoyiliga muvofiq tovarlaming sotish baholariga ularni ta’minotchilardan sotib olish baholaridagi qiymati, sotib olishga doir barcha qo‘shimcha xarajatlar (tashib keltirish, brokerlik, bojxona, sertifikatlash xarajatlari) va savdo ustamasi kiritiladi.
2-usul. Tovarlarni sotib olinishini maxsus schotda, masalan 1510 «Tovar moddiy boyliklami sotib olinishi» schotida, hisobga olish usuli. Ushbu schotda tovarlar uzluksiz hisob tizimiga muvofiq sotib olish baholarida, ya’ni tannarxi bo‘yicha, aks ettiriladi. Qiymat tamoyiliga muvofiq tovarlarning tannarxiga ularni ta’minotchilardan sotib olish baholaridagi qiymati va sotib olishga doir barcha qo‘shimcha xarajatlar (tashib keltirish, brokerlik, bojxona va boshqa xarajatlar) kiritiladi. Sotib olishga doir barcha xarajatlar oldin 1510 «Tovar- moddiy boyliklami sotib olinishi» schotida to‘planadi va tovarlar savdo shoxobchalariga kirim qilingach, ushbu schot 2920 «Chakana savdodagi tovarlar» schotiga yopiladi. Tovarlarning sotib olish qiymati ustiga qo‘yiladigan savdo ustamalari alohida 2980 «Savdo ustamalari» schotining kreditida va 2920 «Chakana savdodagi tovarlar» schotining debetida aks ettiriladi.
Tovarlar kirimining tahliliy hisobi moddiy javobgar shaxslar (savdo shoxobchalari mudirlari) bo‘yicha olib boriladi.
Tovarlarni naqd pulga sotilishining hisobi. Tovarlarni naqd pulga sotish va undan olingan daromadning hisobi savdo pulini qayerga topshirilganligiga bogTiq. Savdo puli korxona kassasiga topshirilganda quyidagi buxgalteriyayozuvi qilinadi:
Debet 5010 «Kassadagi pul mablagiari»;
Kredit 9020 «Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar».
Savdo do‘kon mudirlari tomonidan bevosita savdo pullarini inkassatorlarga yoki bankning kassasiga topshirilishiga kuzatish qaydnomalari vakvitansiyalarasosidaquyidagi buxgalteriyayozuvi qilinadi:

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling