Kredit 9020 «Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar».
-Kreditga sotilgan tovarlar bo ‘yicha xaridorning qarziga:
Debet 4710 «Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha xodimlaming qarzi», 4890 «Boshqa debitorlaming qarzi»;
Kredit 9020 «Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar».
Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha qarzni debitorlar naqd pul bilan, shuningdek ish haqidan qaytarishlari mumkin. Naqd pul bilan qarz qaytarilganda Debet 5010 Kredit 4710, ish haqi hisobidan qarz qaytarilganda Debet 6710 Kredit 4710 yozuvlari beriladi. Da’vo muddati o‘tgan qarzlami korxona hisobidan qoplanishiga quyidagi buxgalteriya yozuvi qilinadi:
Debet 9430 «Boshqa operasion xarajatlar»;
Kredit 4710«Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha xodimlaming qarzi», 4890 «Boshqa debitorlaming qarzi».
Tovarlarning mayda ulgurji sotilishining hisobi. Tovarlarning mayda ulgurji sotilishi buxgalteriya hisobida quyidagi yozuv bilan aks ettiriladi:
-Kelib tushgan bo ‘nak summasiga:
Debet 5110 «Hisob-kitob schoti»;
Kredit 6310 «Xaridor va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar». -Sotilgan tovarlarning sotish qiymatiga:
Debet 4010 «Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schotlar» Kredit 9020 «Tovarlami sotishdan olingan daromadlar»
-Olingan bo ‘nakniyopilishiga:
Debet 6310 «Xaridor va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar»; Kredit 4010 «Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schotlar». -Oxirgi to ‘lov kelib tushishiga:
Do'stlaringiz bilan baham: |