K. B. Urazov, S. V. Vaxidov boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining xu su si yatl ari
Tovarlaming bepul berilishini va ta’sis badali sifatida kiritilishini hujjatlashtirish
Download 6.22 Mb.
|
boshqa tarmoqda bux.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tovarlaming o‘z maqsadlarida ishlatilishini hujjatlashtirish.
- Tovarlaming ichki almashuvini hujjatlashtirish.
- Tabiiy kamayish
- «idish massasini oshishi»
Tovarlaming bepul berilishini va ta’sis badali sifatida kiritilishini hujjatlashtirish. Chakana savdo korxonalari o‘z tovarlarini xayriya sifatida yoki qaytarilmaydigan moliyaviy yordam sifatida boshqa yuridik vajismoniy shaxslargaberishlari hamdayangi ta’sis etilgan korxonalarga ta’sis badali sifatida ham kiritishi mumkin. Bunday operatsiyalarga asos bo‘libtomonlaro‘rtasidatuzilgan shartnomalar, chakana savdo korxonasi rahbariyatining qarori va boshqa hujjatlar hisoblanadi. Tovarlami bepul yoki ta’sis badali sifatida berilishi schot-fakturalar bilan rasmiylashtiriladi.
Tovarlaming o‘z maqsadlarida ishlatilishini hujjatlashtirish. Chakana savdo korxonalari o‘zlarining tovarlarini turli xo‘jalik maqsadlarida ishlatishlari ham mumkin. Masalan, savdo do‘kondagi tovarlar korxona idorasiga xo‘jalik inventari sifatida berilishi mumkin. Bunday operatsiyalarga asos bo‘lib chakana savdo korxonasi rahbariyatining qarori va boshqa hujjatlar hisoblanadi. Tovarlami xo‘jalik inventarlariga aylantirilishi ichki yuk xati bilan rasmiylashtiriladi. Tovarlaming ichki almashuvini hujjatlashtirish. Tovarlami bir savdo shoxobchasidan ikkinchisiga (bir moddiy javobgar shaxsdan ikkinchisiga) berish korxona rahbarining yozma farmoyishi bilan yuk xatlari orqali rasmiylashtiriladi. Tovarlarning qaytarilishini hujjatlashtirish. Chakana savdo korxonalaridan tovarlami turli sabablarga ko‘ra, masalan, sifatining tez buzilganligi uchun, almashtirish uchun va boshqa sabablarga ko‘ra ta’minotchilarga qaytarilishi miunkin. Bunday qaytarishlar schot-fakturalar bilan rasmiylashtiriladi. Schot-fakturaning predmet qismida «tovarlarning qaytarilishi» so‘zi yozib qo‘yiladi. Tovar nobudgarchiliklarini hujjatlashtirish. Chakana savdo shoxobchalarida tovarlar tushirish, saqlash va sotish jarayonlarida nobud boMishlari mumkin. Bunday nobudgarchiliklar ikki turga boMinadi: Me’yordagi nobudgarchiliklar. Me’yordan ortiq nobudgarchiliklar. Me’yordagi nobudgarchiliklarga tovarlarning tabiiy kamayishi, me’yordagi sinishi (shisha tovarlar va shisha idishdagi tovarlar) va chiqindilari kiradi. Tabiiy kamayish deganda tovarlarning fizik-kimyoviy xususiyatlari o‘zgarishi evaziga ulaming massasi (og4rligi)ni yoki hajmi kamayishi tushuniladi. Tabiiy kamayish me’yorlari tovarlarning chakana sotish baholaridagi qiymatiga nisbatan foizlarda belgilanadi, ular tovarlarning turlari bo‘yicha tabaqalashtiriladi. Tabiiy kamayish me’yorlari tarmoq vazirliklari tomonidan tasdiqlanadi. Tabiiy kamayish faqatgina inventarizatsiyada tovarlar bo‘yicha kamomadlar aniqlanganda hisoblanadi. Ushbu kamayishni oldindan hisoblashgayo‘l qo‘yilmaydi. Chakana savdo shoxobchalarida tabiiy kamayish faqat sotilgan tovarlar qiymatiga nisbatan maxsus hisob-kitob asosida aniqlanadi (keyingi betga qarang). Ushbu hisob-kitob asosida sotilgan tovarlargato‘g‘ri keladigan tabiiy kamayish summasi quyidagicha aniqlanadi: Oldingi inventarizatsiyada aniqlangan tovarlar qoldig'iga to'g'ri keladigan tabiiy kamayish Oldingi inventarizatsiyadan keyingi inventarizatsiyaga bo'Igan davrda kelib tushgan tovarlarga to‘g‘ri keladigan tabiiy kamayish Tovarlarning liu j jatli cliiqiiniga to'g'ri keladigan tabiiy kamayish Oxirgi inventarizatsiyada aniqlangan qoldiq tovarlarga to'g'ri keladigan tabiiy kamayish Sotilgan tovarlarga to'g'ri keladigan tabiiy kamayish Tovar aylanmasi tarkibi nisbatan doimiy xarakat yerda bo‘lgan chakana savdo korxonalarida tabiiy kamayishni tovar guruhlarining guruhlari bchyicha belgilangan me’yorlarining o‘rniga o‘rtacha me’yor ham qodlanilishi mumkin. « Tastliqlayman» Rahbar savdo do‘kon ho'yieha dan ga bo'lgan davr iichun
Shisha tovarlar va shisha idishlarda keladigan tovarlar (o‘simlik yog‘i, yaxna ichimliklar va boshqalar)ning sinishiga doir me’yoidagi va me’yordan ortiq nobudgarchiliklar maxsus «Tovarlaming buzilishi, sinishi va chiqindilari to‘g‘risida dalolatnoma»ni tuzish asosida topiladi. Me’yordagi tabiiy kamayish, sinish, buzilish va chiqindilar savdo korxonalarida sotish xarajatlariga, me’yordan ortiq nobudgarchiliklar esa moddiy javobgar shaxslar bo‘ynida olib boriladi. Me’yordan ortiq nobudgarchiliklar bo‘yichajavobgar shaxsni aniq belgilashning imkoni bo‘lmagan hollarda bunday nobudgarchiliklar savdo korxonalarining zararlarigaolib boriladi. tabiiy kamayish hisob-kitohi Me’yordan ortiq nobudgarchiliklar, odatda, tovarlami saqlanishini to‘g‘ri tashkil etmaslik, ularni tushirish, tashish va sotishda ehtiyotkorsizlikka yo‘l qo‘yilganligi sababli vujudga keladi. Tovarlaming bunday nobudgarchilikiari tabiiy kamayishdan o‘laroq yuz bergan vaqtida savdo korxonasi rahbarining buyrug‘i bilan tayinlangan komissiya tomonidan tegishli ravishdarasmiylashtirilishi lozim. Tovar nobudgarchilikiari yog‘och idishlar (bochkalar)da keltirilgan suyuq tovarlar vazni (hajmi)ni ushbu idishlargama’lum darajada singishi evaziga ham yuz berishi mumkin. Suyuqlikni o‘ziga singdiradigan yog‘och idishlar massasi ulardagi tovarlar sotib bo‘lingach, tortib ko‘rilganda kelib tushgan vaqtidagi massasidan ortiq kelsa, o‘rtada vujudga kelgan ortiqcha massa «idish massasini oshishi» deb ataladi. Ushbu massa shu miqdordagi tovar kamayganligini, ya’ni uning nobud boMganligini bildiradi. Misol uchun, kirim hujjati bo‘yicha yog‘och bochkada keltirilgan margarinning sof vazni (netto) 100 kg, bochkaning vazni 8 kg. Margarin sotib bo‘lingach bo‘shagan yog‘och bochka tortib ko‘rilganda uning vazni 10 kg ekanligi aniqlandi. Demak, 2 kg margarin bochkaga singib ketganligi uchun kam chiqqan. Agar 1 kg margarinning sotish narxini 5200 so‘m desak, u holda 10400 so‘mlik (2kg x5200so‘m) tovar nobudgarchiligiga yo‘l qo‘yilgan hisoblanadi. Ushbu nobudgarchilikni moddiyjavobgar shaxs bo‘ynidan soqit qilish uchun korxona rahbari tuzgan komissiya tomonidan bir nusxada«Idish massasini oshishi to‘g‘risida dalolatnoma» tuziladi. Ushbu dalolatnoma moddiyjavobgar shaxs hisobotining chiqim qismiga kiritiladi va u bilan baxgalteriyagatopshiriladi. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling