K. B. Urazov, S. V. Vaxidov boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining xu su si yatl ari


bob. UMUMIY OVQATLANISH KORXONALARIDA TOVAR OPERATSIYALARI HISOBINING XUSUSIYATLARI


Download 6.22 Mb.
bet248/269
Sana18.06.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1583758
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   269
Bog'liq
boshqa tarmoqda bux.

bob. UMUMIY OVQATLANISH KORXONALARIDA TOVAR
OPERATSIYALARI HISOBINING XUSUSIYATLARI


  1. Umumiy ovqatlanish korxonalarida tovar operatsiyalari hisobini tashkil etish xususivatlari

Umumiy ovqatlanish korxonalarini tashkil etish va umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlami) ishlab chiqarish va sotish tartibi 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Yuridik vajismoniy shaxslami ro‘yxatdan o‘tkazish va ular tomonidan savdo taoliyatini amalga oshirilishini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2002-yil 16-noyabrdagi 407- son qarori bilan tasdiqlangan «Ulgurji va chakana savdo faoliyatini ro‘yxatdan o‘tkazish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom», Shuningdek 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qaror bilan tasdiqlangan «0‘zbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlari (xizmatlari)ni ishlab chiqarish va sotish qoidalari» bilan tartibga solingan.
Umumiy ovqatlanish korxonalari chakana va ulgurji savdo korxonalaridan o‘laroq ayrim xarakterli xususiyatlarga ega. Ushbu xususiyatlaming asosiylariga quyidagilami kiritish mumkin:
Birinchidan, umumiy ovqatlanish korxonalari ishlab chiqarish, savdo vaovqatlanishni tashkil etish fbnksiyalarini bevositabirgaolib boradi. Ishlab chiqarish korxonalari singari umumiy ovqatlanish korxonalari tayyor mahsulotlami ishlab chiqamdilar. Lekin ushbu mahsulotlar umumiy ovqatlanish korxonasining savdo shoxobchalari orqali shu kunning o‘zidayoq asosan naqd hisob-kitoblar asosida iste’molchilarga (aholiga) sotiladi. Umumiy ovqatlanish korxonalari nafaqat o‘zlari ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan birga, chetdan olgan tovarlami ham qayta ishlovsiz sotishlari mumkin. Bundan tashqari umumiy ovqatlanish korxonalari o‘zlari ishlab chiqargan tayyor mahsulotlami, yarim tayyor mahsulotlami boshqa yuridik vajismoniy shaxslarga ulguij i hamda mayda ulguij i tarzda ham sotadilar. Boshqa savdo korxonalariganaqdpulsizhisob-kitoblaryodi bilan sotilgan tayyor mahsulotlar va yarim tayyor mahsulotlaming hajmi umumiy ovqatlanish korxonalarining ulguij i tovar aylanmasi. mayda ulguij i tarzda naqd va naqdsiz hisob-kitoblar yo‘li bilan turli muassasalarga(masalan, bolalarbog‘chalariga, shifoxonalarga va boshqalarga) oxirgi iste’mol uchun sotilgan mahsulotlar chakana tovar aylanmasi hisoblanadi. Demak, umumiy ovqatlanish korxonalarining yalpi tovar aylanmasi o‘z ichiga chakana hamda ulguiji tovar aylanmalarini oladi.
Ikkinchidan, ishlab chiqarish, sotish va xizmat ko‘rsatish funksiyalarini bajarish umumiy ovqatlanish korxonalarida turli javobgarlik markazlarini tashkil qilishni taqozo etadi. Bundayjavobgarlikmarkazlarigaomborlar, oshxona, savdo zali, bufetlarkiradi.
Omborlarning asosiy funksiyasi ishlab chiqarish va sotish uchun zaxiralarni sifatli saqlash, ularni o‘z vaqtida ishlab chiqarishgayetkazib berish hisoblanadi. Ombordagi tovar-moddiy boyliklar uchun ombor mudiri moddiyjavobgar shaxs hisoblanadi.
Oshxonaning asosiy flinksiyasi korxonaning taomlar tayyorlash, ularni savdo zallari hamda bufetlarga buyurtma asosida yetkazib berish va sotish hisoblanadi.
Bufetlarning asosiy funksiyasi oshxonada tayyorlangan tayyor mahsulotlar, yarim tayyor mahsulotlar, chetdan sotib olingan tovarlarni sotish hisoblanadi.
Umumiy ovqatlanish korxonalarida ulaming turiga, faoliyatiningkatta- kichikligiga qarab moddiyjavobgarlikning yakka va brigada shakllaridan foydalaniladi. Umumiy ovqatlanish korxonasi rahbariyati barcha moddiy javobgar shaxslar bilan moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnomalar tuzishi, ular faoliyati ustidan nazorat olib borishi lozim.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling