9320 “Iioshqa aktivlarni chiqimidan olingan foyda” - bu schotda savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari o‘zlarining turli boshqa aktivlarini (materiallar, xo'jalik inventarlarini, nomoddiy aktivlari va shu kabilar) sotishdan va boshqa chiqimlaridan olgan foydasini hisobga olishda foydalanadilar. Schotning kreditida olingan foyda yil mobaynida to‘planib boradi. Ushbu foyda boshqa aktivlarning sotish qiymatidan ulaming tannarxini (qoldiq qiymatini) ayirgandan qolgan summadan iborat bo‘ ladi va unga buxgalteriya hisobida quyidagicha yozuv beriladi:
Debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqimi;
Kredit 9320 “Boshqa aktivlarni chiqimidan olingan foyda”.
9330 “ Undirilgan jarimalar, penyalarva boqimandalar” - ushbu schotning kreditida turli xo‘jalik shartnomalari shartlarini buzilishi natijasida, Shuningdek ko‘rsatilgan zararlami qoplanishi evaziga olingan daromad (foyda) summasi aks ettiriladi.
9350 “Qisqa muddatli ijaradan olingan daromadlar” - ushbu schotning kreditida qisqa muddatli ijaradan olingan daromad summasi 4820 “Qisqa muddatli ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar” schoti bilan korrespondensiyalashgan holda aks ettiriladi
9360 “Kreditorlik va deponentlik qarzlarini hisobdan chiqarilishidan olingan daromadlar” - ushbu schotning kreditida muddatida (3 yildan oshiq muddatda) undirib olinmagan qarzlami korxona foydasiga o‘tkazishdan olingan daromadlar mos ravishda kreditorlik qarzlami aks ettiruvchi schotlar (6010,6110,6710,6720,6910-6990 va boshqalar) bilan korrespondensiyalangan holda aks ettiriladi.
9380 “Qaytarilmaydigan moliyaviy yordam” - ushbu schotning kreditida turli yuridik vajismoniy shaxslardan qaytarib bermaslik sharti bilan olingan moliyaviy yordam summalari aks ettiriladi. Bunda olingan yordamning turini aks ettimvchi schotlar, masalan, 5010 “Kassa”, 5110 “Hisob-kitob schoti”, 0100 “Asosiy vositalar schoti”, 1ООО “Materiallar schoti” va boshqa schotlar debetlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |