9390 “Boshqa operasion daromadlar”- ushbu schotning kreditida yuqorida keltirilgan schotlarga olib borilmagan boshqa operasion daromadlar, masalan inventarizatsiyada aniqlangan ortiqchalar, turli qoplama summalar va boshqalar aks ettiriladi. Bunda mos ravishda TMZ vapul mablag‘larini aks ettiruvchi schotlar (0100,1000,2800.2900. 5000 va boshqalar) debetlanadi.
Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlarning hisobi. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining moliyaviy faoliyatidan olingan daromadlari 21 -son BHMSga muvofiq quyidagi schotlarda hisobga olinadi:
9510 “Royalti ko‘rinishidagi daromadlar”;
9520 “Dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar’;
9530 “Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar”;
9540 ‘‘Valuta kurslari farqlaridan olingan daromadlar”;
9550 “Uzoq muddatli ijaradan olingan daromadlar”;
9560 ‘‘Qimmatli qog‘ozlami qayta baholashdan olingan daromadlar”;
9590 “ Moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar”.
Ushbu schotlarning kreditida nomlari yuqorida zikr etilgan
daromadlarning turlari liisoblash tamoyiliga muvofiq oldingi boblarda aks ettirilgan tartiblar singari aks ettiriladi.
Favquloddagi daromadlarning hisobi. 21-son BHMSga muvofiq favquloddagi daromadlarning hisobi 9710 “Favquloddagi foyda” schotining kreditida hisobga olinadi. Bunda favqulodda olingan yoki hisoblangan foydaning turini ko‘rsatuvchi schotlar (0100,0400,0700, 1000,2900 va boshqa schotlar) debetlanadi.
Barcha daromadlami hisobga oluvchi schotlar hisobot davri oxirida 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schotining kreditiga yoziladi va shu asosda ularyopiladi.
Savdo korxonalarida xarajatlar hisobi
Sotish tannarxiga kiritilgan xarajatlar hisobi. Savdo korxonalarida sotish tannarxiga kiritilgan xarajatlar deganda sotilgan tovarlar tannarxini tashkil qiluvchi xarajatlar tushuniladi. Bu ko‘rsatkichni aniqlash tartibi ulguiji savdo va chakana savdo korxonalarida bir-biridan farq qiladi.
Ulgurji savdo korxonalarida tovarlar sotib olish tannarxi bo‘yicha uzluksiz tizim asosida hisobga olinishi sababli sotish tannarxiga kiritilgan xarajatlami har bir sotish bo‘yicha aniqlash imkoni mavjud bo‘ladi. Schot-faktumlar asosida sotilgan tovarlamiombormudirlarijavobgarligidansotibolishqiymati (tannarxijda chiqariladi hamda unga quyidagichayozuv qilinadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |