K. B. Urazov, S. V. Vaxidov boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining xu su si yatl ari


Moliyaviy faoliyatga doir xarajatlar hisobi


Download 6.22 Mb.
bet259/269
Sana18.06.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1583758
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   269
Bog'liq
boshqa tarmoqda bux.

Moliyaviy faoliyatga doir xarajatlar hisobi. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining moliyaviy faoliyatga doir xarajatlariga qimmatli qog‘ozlami chiqarish va joylashtirish, valuta operatsiyalari, kredit va qarzlami olish, uzoq muddatli ijaraga doir va boshqa moliyaviy faoliyatga taalluqli xarajatlar kiradi. 21 -son BHMS ga muvofiq savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining moliyaviy faoliyatga doir xarajatlari hisobi quyidagi schotlardaolib boriladi:
9610 “Foiz ko‘rinishidagi xarajatlari”- ushbu schotning debetida yil mobaynida savdo korxonalari tomonidan olingan qarzlar va kreditlarga doir hisoblangan xarajatlar, shuningdek uzoq muddatli ijarauchun to‘lovlar aks ettiriladi. Xarajatlarning aniq turlari ushbu schotning debetida va 6920 “Hisoblangan foizlar” schotining kreditida aks ettiriladi.
9620 “Valuta kurs farqlaridan ko‘rilgan zararlar”- ushbu schotning debetida yil mobaynida savdo korxonalari balansining valuta moddalarini ifodalovchi schotlarga doir operatsiyalar bo‘yicha kurslar o‘rtasidagi salbiy farqlardan ko‘rilgan zararlar aks ettiriladi. Xarajatlarning aniq turlari ushbu schotning debetida va bu zararlami ifodalovchi schotlaming kreditida (4010,4310,5020,5210,5220,6010,6310 va boshqa schotlar) aks ettiriladi.
9630 “Qimmatli qog‘oz!arni chiqarish va joylashtirish bo‘yicha xarajatlar” - ushbu schotning debetida yil mobaynida savdo korxonalarida aksiya va boshqa qimmatli qog‘ozlami chiqarish vajoylashtirish bilan bog‘liq xarajatlar aks ettiriladi. Xarajatlarning aniq turlari ushbu schotning debetida va bu xarajatlami ifodalovchi schotlaming kreditida (1000,5110,

  1. va boshqa schotlar) aks ettiriladi.

9690 “Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar”- ushbu schotning debetida yil mobaynida savdo korxonalarining moliyaviy faoliyatga doir boshqa xarajatlari, masalan moliyaviy investisiyalami qaytabaholashdan ko‘rilgan zararlar va boshqa xarajatlar aks ettiriladi Xarajatlaming aniq turlari ushbu schotning debetida va bu xarajatlami ifodalovchi schotlaming kreditida (0600,5800,6990 va boshqa schotlar) aks ettiriladi.
Favquloddagi zararlar hisobi. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarida favquloddagi zararlar hisobi 21 -son BHMSga muvofiq 9720 “Favquloddagi zararlar” schotining debetida hisobgaolinadi. Bunda favquloddagi hodisalardan ko‘rilgan zararlami ko‘rsatuvchi schotlar, masalan, 0100,0400,0700,1000,2900 va boshqa schotlar kreditlanadi.
Yil oxiridasotishtannarxigakiritilgan xarajatlar, davr xarajatlari, moliyaviy faoliyatdan olingan xarajatlar, favquloddagi zararlar hisobi schotlarining debetida to‘plangan sumrna ulaming kreditiga va 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schotining debetiga yoziladi va shu asosda ular yopiladi.
273. Savdo korxonalarida yakuniy moliyaviy natijalaming hisobi
Savdo korxonalari faoliyatining yakuniy moliyaviy natijalarini ifodalovchi foyda (zarar)lar ko‘rsatkichlari boshqa turdagi korxonalardagidek «Mahsulot (ish, xizmatjlami ishlab chiqarish va sotish xarajatlari hamda moliyaviy natijalami shakllantirishto‘g‘risidaNizom»ga muvofiq aniqlanadi. Faqat, har bir foyda ko‘rsatkichini topishda bevosita savdo faoliyatiga doir ko‘rsatkichlar asos qilib olinadi. Chunonchi, savdo korxonalarida tovarlami sotishdan olingan foyda (Fs) yoki zarar (Zs) sof tushumdan (St) sotilgan tovarlar tannarxini (S) ayirish orqali topiladi, ya’ni: Fs (Zs) = St -S, mos ravishda Fs = agar St > S , Zs = agar St< S
Savdo korxonalarining asosiy va umumxo‘jalik faoliyati turlaridan olgan foydasi (zarari), shuningdek soliqqacha foydasi (zarari) barcha tarmoq korxonalaridagi singari yaxlit belgilangan tartibda aniqlanadi. Ulaming sof foydasi (Sf) yoki sof qoplanmagan zarari (Sz) soliqqacha foyda (Fst) yoki zarar (Zst) summasidan yagona soliq to‘lovi (Yast) summasini ayirish orqali topiladi, ya’ni:

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling