K. B. Urazov, S. V. Vaxidov boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining xu su si yatl ari
Dehqonchilikishlab chiqarish xarajatlarining hisob-kitob
Download 6.22 Mb.
|
boshqa tarmoqda bux.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12.2 - jadval
- Dehqonchilik ishlab chiqarish xarajatlarining sintetik va tahliliy hisobi
- Debet
- Tf= (Tx-Tr) x Mts, bu yerda: Tf
Dehqonchilikishlab chiqarish xarajatlarining hisob-kitob
qilish tartibi
Dehqonchilik mahsulotlarini kirim qilish- topshirish joylari
Dehqonchilik ishlab chiqarish xarajatlarining sintetik va tahliliy hisobi Dehqonchilik ishlab chiqarish xarajatlarining sintetik hisobi 2000 «Asosiy ishlab chiqarish schotlari» tizimida olib boriladi. Ushbu schotlar tizimida dehqonchilik sohalariga qarab quyidagi schotlami ishchi schotlar rejasida ochish mumkin: 2011 «Paxtachilik»; 2012 «G‘allachilik»; 2013 «Sabzavotchilik» va boshqalar. Ishlab chiqarish xarajatlarining tahliliy hisobi dehqonchilik sohalarining yo‘nalishlariga qarab yuritiladi. Masalan, 2013 «Sabzavotchilik» schoti bo‘yicha quyidagi tahliliy schotlami ochish mumkin: kartoshka; pomidor; piyoz; sabzi; karam va boshqalar. Qishloqxo‘jaligikorxonalarida ishlab chiqarish xarajatlari schotlarining(2011, 2012,2013) debetida haqiqatda qilingan xarajatlar aks ettiriladi. Bunda, mos ravishdaxarajatlaming moddalariga ko‘ra quyidigi yozuvlar qilinadi: Debet 2011,2012,2013 Kredit 1010-1090-material xarajatlariga; Debet 2011,2012,2013 Kredit 6710 - mehnat haqi xarajatlariga; Debet 2011,2012,2013 Kredit 6520 - ijtimoiy sug‘urta xarajatlariga; Debet 2011, 2012, 2013 Kredit 6510 - ekinlarni sug‘urtalash xarajatlariga; Debet 2011,2012,2013 Kredit 6010,6990 - ish, xizmat xarajatlariga; Debet 2011,2012,2013 Kredit 2310 - yordamchi ishlab chiqarish xarajatlarini hisobdan chiqarilishiga; Debet 2011, 2012, 2013 Kredit 2510 - umumishlab chiqarish xarajatlarining hisobdan chiqarilishiga. Ishlab chiqarish xarajatlari schotlarining kreditida hisobot yili davomida olingan mahsulotlar reja tannarxi bo"yicha aks ettiriladi, ya’ni unga quyidagicha yozuv qilinadi: Debet 2810 Kredit 2011,2012, 2013. . Yil boshidagi tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari hisobot davri xarajatlariga kiritiladi. Yil oxiridagi tugallanmagan ishlab chiqarish kuzgi ekinlami ekish xarajatlari bo‘yicha inventarizatsiya yo‘ li bilan topiladi. Hisobot yili oxirida har bir soha bo'yicha yyetishtiri lgan mahsulotlaming reja tannarxi va haqiqiy tannarxi o'rtasidagi farq summalari hisob-kitob qilinadi. Reja tannarx va haqiqiy tannarx o‘rtasidagi farq summasi barcha mahsulotlar bo‘yicha quyidagicha topiladi: Tf= (Tx-Tr) x Mts, bu yerda: Tf — bir birlik mahsulot reja va haqiqiy tannarxlari o‘rtasidagi farq summasi; Tx - bir birlik mahsulotning haqiqiy tannarxi; Tr—bir birlik mahsulotning reja tannarxi; Mts -yyetishtirilgan mahsulotning miqdori (ts.) Reja tannarx va haqiqiy tannarx o‘rtasidagi farq summasi mos ravishda ishlab chiqarish xarajatlari schotlarida «qizil yozuv» yoki «qo‘shimcha yozuv» usullari bo‘yicha aks ettiriladi. Bunda reja tannarxi haqiqiy tannarxdan yuqori bo‘lgan hollarda «qizil yozuv» usuli, reja tannarxi haqiqiy tannarxdan past bo‘lgandaesa«qo‘shimcha yozuv» usulidan foydalaniladi. Qizil yozuvlar yoki qo‘shimcha yozuvlarni qaysi korrespondentsiyalanadigan schotlarga berilishini aniqlashda yyetishtirilgan mahsulotlaming to‘liq sotib yuborilganligi, ishlatilganligi hamda omborda tayyor mahsulot sifatida saqlanayotganligi e’tiborga olinishi kerak. Chunonchi, to‘liq sotib yuborilgan mahsulotlar bo‘yicha reja tannarx va haqiqiy tannarx o‘rtasidagi farq summalari bevosita 9130 «Sotish tannarxi» schotiga, qisman sotilgan mahsulotlar bo‘yicha ushbu farq ulaming sotilgan va omborda saqlanayotgan qismlarini aks ettiruvchi schotlar o‘rtasida taqsimlanishi lozim. 0‘z maqsadlarida ishlatilgan mahsulotlar (masalan, yem-xashaklami chorvamollariga berilishi) bo‘yicha reja tannarxi va haqiqiy tannarx o‘rtasidagi farq mos ravishdagi ishlab chiqarish schotlariga olib borilishi kerak. Barcha yyetishtirilgan mahsulotlar bo‘yicha haqiqiy tannarx va reja tannarx o‘rtasidagi farq summalarining hisob-kitobi hamdaulami tegishli schotlardaaks ettirish tartibi misol tariqasida 12.3-jadvaldakeltirilgan. 12.3-jadval Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling