«Boshqa xarajatlar» moddasida mahsulotni ishlab chiqarishga bevosita daxldor, ammo yuqorida ko‘rib chiqilgan moddalardan birortasi ham kiritilmaydigan xarajatlar aks ettiriladi.
Dehqonchilik ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot kirimining dastlabki hisobi
Dehqonchilik ishlab chiqarish xarajatlarining dastlabki hisobi ulaming alohida moddalari bo‘yicha quyidagi tartiblarga ko‘ra va guvohlik beruvchi boshlang1 ich hujjatlar asosida yuritiladi (12.1 -jadvalga qarang).
Dehqonchilik ishlab chiqarishningpirovard natijasi bo‘libyyctishtirilgan mahsulotlar hisoblanadi. Mahsulot tannarxiga ulaming kirim qilish-topshirish joyigachaqilingan xarajatlar kiritiladi Mahsulotlaming kirim qilish-topshirish joyi quyidagilar hisoblanadi (12.2-jadval).
Dehqonchilik mahsulotlari kirimi quyidagi hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi:
Don va boshqa mahsulotlarni daladan jo‘natish reestri-donli
ekin mahsulotlarini kirimi rasmiylashtiriladi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini kelish kundaligi- sabzavot, meva, poliz mahsulotlarini kirim qilishda rasmiylashtiriladi.
Paxta terimi to‘g‘risida kunlik ma’lumot - paxtaxomashyosini kirim qilishda tuziladi.
Dag‘al va shirali ozuqalarni kirim dalolatnomasi - ozuqalami kirim qilinishi rasmiylashtiriladi.
0‘simlikchilik mahsulotlarini saralash va quritish dalolatnomasi -donli ekin mahsulotlarini saralashda rasmiylashtiriladi.
Don va boshqa mahsulotlar harakati qaydnomasi - donli ekin mahsulotlarini yig‘ ishtirib olish mavsumi davrida rasmiylashtiriladi.
jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |