K. B. Urazov, S. V. Vaxidov boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining xu su si yatl ari


Tovarlar kirimini hujjatlashtirish


Download 6.22 Mb.
bet235/269
Sana18.06.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1583758
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   269
Bog'liq
boshqa tarmoqda bux.

Tovarlar kirimini hujjatlashtirish. Chakana savdo korxonalariga tovarlar bevosita ishlab chiqarish korxonalaridan, ulgurji savdo korxonalaridan, tayyorlov-ulgurji savdo korxonalaridan, xususiy tadbirkorlardan va boshqa manbalardan kelib tushadi. Tovarlami kirim qilinishini huj_j atlashtirilishi ularni qabul qilib olishjoyiga, kim tomonidan keltirilganganligiga, qanday ko‘rinishda keltirilganligiga, transport turiga va boshqa omillarga bog' 1 iq. Tovarlar savdo do‘konlariga ekspcditorlar orqali yoki savdo do‘kon mudirining o‘zi orqali ta’minotchilaming omborlaridan, temiryod stansiyalaridan qabul qilinishi mumkin. Bundan tashqari tovarlar ulguij i savdo korxonalari tomonidan markazlashtirilgan tarzda ham yetkazib berilishi mumkin. Tovarlar taralarda, masalan, xaltalarda, bochkalarda, shishalarda va boshqa idishlarda yoki taralarsiz kelib tushishi mumkin.
Chakana savdo korxonalariga markazlashtirilgan holda ulgurji savdo korxonalari tomonidan yetkazib berilgan tovarlar ombor mudiri yoki savdo do'koni mudiri tomonidan son va sifat jihatdan qabul qilinadi. Qabul qilish vaqtida son va sifat jihatdan chetlanishlar aniqlansa “Qabul qilishda son va sifat jihatdan aniqlangan chetlanishlar to‘g‘risida dalolatnoma” ikki nusxada tuziladi, bunday chetlanishlar aniqlanmaganda ombor mudiri tovarlami kuzatish hujjatiga (schot-faktura, TTN) qabul qilib olganligi to‘g‘risida imzo chekadi.
Savdo korxonasiga ekspeditorlar orqali keltirilgan tovarlar oldin markaziy omborga topshiriladi yoki korxona rahbarining farmoyishi asosida bevosita savdo do‘konlariga tarqatiladi. Markaziy omborlarga kelib tushgan tovarlami ombor mudiri ekspeditordan son va sifat jihatdan qabul qilib oladi.
Chakana savdo korxonasining markaziy omboriga keltirilgan tovarlarga savdo bo‘limi savdo ustamalarini belgilaydi vaular sotishbaholaridakirim qilinadi. Korxona rahbarining farmoyishiga ko‘ra tovarlar savdo do‘konlariga sotish baholaridayuk xatlari orqali tarqatiladi. Bunday yuk xatlari ikki nusxada yoziladi, unga savdo korxonasi rahbari va bosh hisobchisi qo‘ 1 qo‘yadi, shuningdek ombor mudiri tovami topshirganligi, savdo do‘kon mudiri esa tovarni olganligi to‘g‘risida imzo chekadi. Bevosita savdo do‘kon mudirining o‘zi tomonidan ta’minotchilardan olib keltirilgan tovarlar savdo do‘konga chakana savdo korxonasi savdo bo‘ limi belgilab bergan savdo ustamalari bilan kirim qilinadi.
Chakana savdo korxonalariga kelib tushgan tovarlar bo‘yicha schot- fakturalarga ularni kuzatuvchi transport hujjatlari (TTN, temir yo‘1 nakladnoylari, yuk kvitansiyasi, invoys, tortish-tahlil dalolatnomalari, tovar yorliqlari va boshqalar), sifat sertifikatlari va boshqa hujjatlar ilova qilinadi. Barcha kirim hujjatlari savdo do‘kon mudirlarining hisobotlari bilan birgalikda chakana savdo korxonasining buxgalteriyasiga topshiriladi.
Chakana savdo korxonalariga kirim qilingan tovarlar naqd pulga, kreditga, mayda ulgurji tarzda sotilishi mumkin, shuningdek turli sabablarga ko‘ra hisobdan chiqaiilishi mumkin.
Tovarlarning naqd pulga sotilishini hujjatlashtirish. Chakana savdo korxonalari savdo do‘konlarida tovarlarni naqd pulga sotish davlat soliq inspeksiyasidan ro‘yxatdan o‘tgan nazorat - kassa mashinalarini (NKM) qo'llash orqali amalgaoshiriladi. Savdo do‘konlarda«NKM schotchigi ko‘rsatkichlarini qayd etish kitobi» yuritiladi. Ushbu kitobdahar kuni schot ko'rsatkichining bosh summasi, kirimi, qaytarilgan cheklar va schot ko‘rsatkichining oxirgi summasi yozib boriladi. NKM schot ko‘rsatkichini bosh va oxirgi summalari yig‘indisi jami savdo tushumining miqdorini ifodalaydi. Qaytarilgan tovarlar bo‘yicha savdo puli xaridorgaNKM cheki asosida qaytariladi. Kun oxirida barcha qaytarilgan cheklar varaqqa yopishtirib chiqiladi va savdo do‘kon mudirining hisobotiga ilova qilinadi. Ko‘p sonli NKM lardan foydalanayotgan katta savdo shoxobchalarida (Supermarket, MUM, BUM va boshqalar)da ishlatilmagan cheklar bo‘yicha kun oxirida savdo do‘koni direktori va kassirlar ishtirokida dalolatnoma tuziladi, barcha qaytarilgan cheklar alohida varaqlargayopishtiriladi va kassirlaming hisobotlari bilan buxgalteriyaga topshiriladi.
Chakana savdo shoxobchalari orqali tovarlarni sotishdantushgan savdo pullari korxona kassasiga kirim kassa orderi asosida kirim qilinadi. Ushbu ordeming kvitansiyasini savdo do‘koni mudiri o‘zining tovar-pul hisobotiga ilovaqiladi.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling