K. B. Urazov, S. V. Vaxidov boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining xu su si yatl ari


Tovarlarni mayda ulgurji tarzda sotishni hujjatlashtirish


Download 6.22 Mb.
bet237/269
Sana18.06.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1583758
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   269
Bog'liq
boshqa tarmoqda bux.

Tovarlarni mayda ulgurji tarzda sotishni hujjatlashtirish. Respublikamizda chakana savdo tashkilotlari orqali tovarlarni naqd pulsiz sotish shartlari va tartibi Vazirlar Mahkamasining2002-yil 26-noyabidagi 407- son qarori bilan tasdiqlangan «Ulguij i va chakana savdo faoliyatini ro‘yxatdan o‘tkazish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risida Nizom» va unga kiritilgan o‘zgartirishlarda o‘z aksini topgan. Ushbu Nizomga ko‘ra savdo korxonalari tomonidan tovarlarni naqd pulsiz hisob-kitob bo‘yicha sotish o‘tgan oy mobaynidagi oylik tovar aylanmasi umumiy hajmining 10 foizi doirasidaamalga oshirilishi mumkin. Bundasotilishini hisoblabchiqishharbiroy bo‘yichaalohida amalga oshiriladi. Tovarlarni oldingi oylar hisobiga sotilishigayo‘l qo‘yilmaydi.
Chakana savdo korxonalari shoxobchalaridan tovarlar mayda ulgurji tarzda tovar aylanmasi umumiy hajmining 10 foizida faqat ijtimoiy soha tashkilotlari va muassasalari davlat budjeti muassasalariga tuzilgan shartnomalar asosida naqd pul va naqd pulsiz hisob-kitoblar bilan ham sotilishiga ruxsat etiladi. Mayda ulguiji tovar aylanmasi chakana tovar aylanmasi tarkibiga kiradi va tovar hisobotida alohida ko‘rsatiladi.
Chakana savdo shoxobchasidan tovarlami mayda ulgurji tarzda sotish oldindan to‘lov bo‘lganda ishonchnomalar asosida beriladi. Tovami naqd pulsiz hisob-kitoblar asosida berish schot-fakturalar bilan rasmiylashtiriladi. Har kuni ma’lum sondagi tovarlami oluvchi davlat budjetidagi muassasalarga tovarlar zabor varag‘i orqali berilishi ham mumkin. Bunday holda oyning oxirida zabor varag‘ iga kiritilgan tovarlaming umumiy miqdoriga bitta schot- faktura taqdim etiladi va u o‘zaro hisob-kitoblami yuritishga asos bo‘ladi.
Tovarlaming plastik kartochkalar orqali sotilishini hujjatlashtirish. Plastik kartochkalar onqali tovarlami sotishda ulaming umumiy summasi savdo do‘konlarida o'matilgan maxsus terminalga kiritib boriladi va ikki nusxada chek uriladi. Ushbu cheklaming bir nusxasi xaridorga beriladi, ikkinchi nusxasi esa kassirda qoladi. Kun oxirida kassir plastik kartochkalarga sotilgan to varlar bo‘yichaterminalga kiritilgan cheklarreestrinituzadi. Ushbu reestming umumiy summasi plastik kartochkalarorqali sotish hajmini, ya’ni savdopulini ifodalaydi. Plastik kartochkalarga sotilgan tovarlar bo‘yicha cheklar reestri tovar-pul hisobotiga ilova qilinadi. Reestming umumiy summasi tovar-pul hisobotining chiqim qismida alohida qatorda ko‘rsatiladi.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling