K. B. Urazov, S. V. Vaxidov boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining xu su si yatl ari


Tovarlaming bepul berilishini va ta’sis badali sifatida kiritilishini hujjatlashtirish


Download 6.22 Mb.
bet238/269
Sana18.06.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1583758
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   269
Bog'liq
boshqa tarmoqda bux.

Tovarlaming bepul berilishini va ta’sis badali sifatida kiritilishini hujjatlashtirish. Chakana savdo korxonalari o‘z tovarlarini xayriya sifatida yoki qaytarilmaydigan moliyaviy yordam sifatida boshqa yuridik vajismoniy shaxslargaberishlari hamdayangi ta’sis etilgan korxonalarga ta’sis badali sifatida ham kiritishi mumkin. Bunday operatsiyalarga asos bo‘libtomonlaro‘rtasidatuzilgan shartnomalar, chakana savdo korxonasi rahbariyatining qarori va boshqa hujjatlar hisoblanadi. Tovarlami bepul yoki ta’sis badali sifatida berilishi schot-fakturalar bilan rasmiylashtiriladi.
Tovarlaming o‘z maqsadlarida ishlatilishini hujjatlashtirish. Chakana savdo korxonalari o‘zlarining tovarlarini turli xo‘jalik maqsadlarida ishlatishlari ham mumkin. Masalan, savdo do‘kondagi tovarlar korxona idorasiga xo‘jalik inventari sifatida berilishi mumkin. Bunday operatsiyalarga asos bo‘lib chakana savdo korxonasi rahbariyatining qarori va boshqa hujjatlar hisoblanadi. Tovarlami xo‘jalik inventarlariga aylantirilishi ichki yuk xati bilan rasmiylashtiriladi.
Tovarlaming ichki almashuvini hujjatlashtirish. Tovarlami bir savdo shoxobchasidan ikkinchisiga (bir moddiy javobgar shaxsdan ikkinchisiga) berish korxona rahbarining yozma farmoyishi bilan yuk xatlari orqali rasmiylashtiriladi.
Tovarlarning qaytarilishini hujjatlashtirish. Chakana savdo korxonalaridan tovarlami turli sabablarga ko‘ra, masalan, sifatining tez buzilganligi uchun, almashtirish uchun va boshqa sabablarga ko‘ra ta’minotchilarga qaytarilishi miunkin. Bunday qaytarishlar schot-fakturalar bilan rasmiylashtiriladi. Schot-fakturaning predmet qismida «tovarlarning qaytarilishi» so‘zi yozib qo‘yiladi.
Tovar nobudgarchiliklarini hujjatlashtirish. Chakana savdo shoxobchalarida tovarlar tushirish, saqlash va sotish jarayonlarida nobud boMishlari mumkin. Bunday nobudgarchiliklar ikki turga boMinadi:

  1. Me’yordagi nobudgarchiliklar.

  2. Me’yordan ortiq nobudgarchiliklar.

Me’yordagi nobudgarchiliklarga tovarlarning tabiiy kamayishi, me’yordagi sinishi (shisha tovarlar va shisha idishdagi tovarlar) va chiqindilari kiradi.
Tabiiy kamayish deganda tovarlarning fizik-kimyoviy xususiyatlari o‘zgarishi evaziga ulaming massasi (og4rligi)ni yoki hajmi kamayishi tushuniladi. Tabiiy kamayish me’yorlari tovarlarning chakana sotish baholaridagi qiymatiga nisbatan foizlarda belgilanadi, ular tovarlarning turlari bo‘yicha tabaqalashtiriladi. Tabiiy kamayish me’yorlari tarmoq vazirliklari tomonidan tasdiqlanadi. Tabiiy kamayish faqatgina inventarizatsiyada tovarlar bo‘yicha kamomadlar aniqlanganda hisoblanadi. Ushbu kamayishni oldindan hisoblashgayo‘l qo‘yilmaydi. Chakana savdo shoxobchalarida tabiiy kamayish faqat sotilgan tovarlar qiymatiga nisbatan maxsus hisob-kitob asosida aniqlanadi (keyingi betga qarang). Ushbu hisob-kitob asosida sotilgan tovarlargato‘g‘ri keladigan tabiiy kamayish summasi quyidagicha aniqlanadi:
Oldingi inventarizatsiyada aniqlangan tovarlar qoldig'iga to'g'ri keladigan tabiiy kamayish
Oldingi inventarizatsiyadan keyingi inventarizatsiyaga bo'Igan davrda kelib tushgan tovarlarga to‘g‘ri keladigan tabiiy kamayish
Tovarlarning liu j jatli cliiqiiniga to'g'ri keladigan tabiiy kamayish
Oxirgi inventarizatsiyada aniqlangan qoldiq tovarlarga to'g'ri keladigan tabiiy kamayish
Sotilgan tovarlarga to'g'ri keladigan tabiiy kamayish
Tovar aylanmasi tarkibi nisbatan doimiy xarakat yerda bo‘lgan chakana savdo korxonalarida tabiiy kamayishni tovar guruhlarining guruhlari bchyicha belgilangan me’yorlarining o‘rniga o‘rtacha me’yor ham qodlanilishi mumkin.
« Tastliqlayman» Rahbar
savdo do‘kon ho'yieha dan ga bo'lgan davr iichun



ЛЬ

Tovarning nomi

ga tovar
qoldig'i
summasi

dan
gacha
kelib
tushgan
tovarlar
summasi

Hisobdan
chiqarilgan
tovarlar
summasi

Mayda
ulgurji
sotilgan
tovarlar
summasi

l

2

3

4

5

6

l

Shakar

90000

1000000

-

50000




Boshqa
tashkilotlarga
sotilgan
tovarlar
summasi

__ ga tovar
qoldig'i
summasi

Naqd
sotilgan
tovarlar
summasi

Tabiiv kamavish

Izoh

Me’yor, %
thi

Summa, so'm va tiyin




7

8

9

10

11

12

150000

150000

740000

0.15

1110




Janii tabiiv kamavish summasi me'vor bo'vicha Bir mins bir yuz o‘ii so"m Buxgalter Moddiv iavobaar sliaxs




Shisha tovarlar va shisha idishlarda keladigan tovarlar (o‘simlik yog‘i, yaxna ichimliklar va boshqalar)ning sinishiga doir me’yoidagi va me’yordan ortiq nobudgarchiliklar maxsus «Tovarlaming buzilishi, sinishi va chiqindilari to‘g‘risida dalolatnoma»ni tuzish asosida topiladi.
Me’yordagi tabiiy kamayish, sinish, buzilish va chiqindilar savdo korxonalarida sotish xarajatlariga, me’yordan ortiq nobudgarchiliklar esa moddiy javobgar shaxslar bo‘ynida olib boriladi. Me’yordan ortiq nobudgarchiliklar bo‘yichajavobgar shaxsni aniq belgilashning imkoni bo‘lmagan hollarda bunday nobudgarchiliklar savdo korxonalarining zararlarigaolib boriladi.
tabiiy kamayish hisob-kitohi
Me’yordan ortiq nobudgarchiliklar, odatda, tovarlami saqlanishini to‘g‘ri tashkil etmaslik, ularni tushirish, tashish va sotishda ehtiyotkorsizlikka yo‘l qo‘yilganligi sababli vujudga keladi. Tovarlaming bunday nobudgarchilikiari tabiiy kamayishdan o‘laroq yuz bergan vaqtida savdo korxonasi rahbarining buyrug‘i bilan tayinlangan komissiya tomonidan tegishli ravishdarasmiylashtirilishi lozim.
Tovar nobudgarchilikiari yog‘och idishlar (bochkalar)da keltirilgan suyuq tovarlar vazni (hajmi)ni ushbu idishlargama’lum darajada singishi evaziga ham yuz berishi mumkin. Suyuqlikni o‘ziga singdiradigan yog‘och idishlar massasi ulardagi tovarlar sotib bo‘lingach, tortib ko‘rilganda kelib tushgan vaqtidagi massasidan ortiq kelsa, o‘rtada vujudga kelgan ortiqcha massa «idish massasini oshishi» deb ataladi. Ushbu massa shu miqdordagi tovar kamayganligini, ya’ni uning nobud boMganligini bildiradi.
Misol uchun, kirim hujjati bo‘yicha yog‘och bochkada keltirilgan margarinning sof vazni (netto) 100 kg, bochkaning vazni 8 kg. Margarin sotib bo‘lingach bo‘shagan yog‘och bochka tortib ko‘rilganda uning vazni 10 kg ekanligi aniqlandi. Demak, 2 kg margarin bochkaga singib ketganligi uchun kam chiqqan. Agar 1 kg margarinning sotish narxini 5200 so‘m desak, u holda 10400 so‘mlik (2kg x5200so‘m) tovar nobudgarchiligiga yo‘l qo‘yilgan hisoblanadi. Ushbu nobudgarchilikni moddiyjavobgar shaxs bo‘ynidan soqit qilish uchun korxona rahbari tuzgan komissiya tomonidan bir nusxada«Idish massasini oshishi to‘g‘risida dalolatnoma» tuziladi. Ushbu dalolatnoma moddiyjavobgar shaxs hisobotining chiqim qismiga kiritiladi va u bilan baxgalteriyagatopshiriladi.


    1. Download 6.22 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling