3.2. K ich ik bizn es va tad b irk orlik k o rx o n a la rig a litsenziya berish
tartibi
Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turiari bilan shug'ullanish uchun
davlat tomonidan vakil qilingan organlardan litsenziya olgandan keyingina
ijozat beriladi.
Litsenziya beruvchi organlar 3.2.1-jadvalda keltirilgan.
Litsenziya korxonani boshqarishdan manfaatdor bo'lgan shaxsning
ta’sis hujjatlari nusxasi ilova qilingan arizasiga qarab beriladi. Kerakli
hujjatlar va ariza berilgandan so'ng, 30 kun ichida litsenziya berish haqida
qaror qabul qilinadi.
Agar litsenziya berish uchun kerakli qaror qabul qilishda ekspertiza
talab qilinsa, bu ekspertizani vazifasi nazorat qilishdan iborat davlat
organlari amalga oshiradi. Ekspertiza xulosasi olingandan so'ng, 15 kun
mobaynida ariza va zarur hujjatlar topshirilgach, 60 kundan kechiktirmay,
qaror qabul qilinadi. Bunda ekspertiza o'tkazish uchun ketgan xarajatlarni
ariza beruvchi to'laydi.
3.2.1-jadvaI
K ic h ik b izn es su b y ek tla rig a litsen ziya b eru vch i org a n la r
L itsen ziya b er u v c h i
o rg a n la r
F a o liy a t turi
Vazirlar Mahkamasi
-raketa-kosmik majmui;
-aloqa tizimlari;
-qimmatbaho metallar;
-qimmatbaho toshlar qazib olish;
-qimmatbaho toshlar va mettallardan zargarlik buyumlari
yasash;
Adliya vazirligi
-yuridik shaxslaming yuridik faoliyat bilan
shug'ullanishga, masalan, advokatlik maslahati, notarial
idora va boshqalar.
Moliya vazirligi
-qimmatli qog'ozlarni chiqarish;
-lotereya o'yinlarini o'tkazish va boshqalar.
Markaziy bank
-valyuta qiymatliklari bilan operatsiyalar o'tkazish;
Do'stlaringiz bilan baham: |