K ic h ik b iz n e s V a t a d b ir k o r L ik f a o L iy a t in I r e ja L a s h t ir is h


Download 317.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana12.10.2023
Hajmi317.46 Kb.
#1699689
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
5-maruza

S o f jo r iy q iy m a t 
ba’zida iqtisodiy integral samara deb ham ataladi. 
Loyihani amalga oshirish vaqtida mahsulot sotishdan olingan umumiy 
daromaddan shu vaqt davrida ketgan barcha sarf-xarajatlar ayirmasiga sof 
joriy qiymat deyiladi.
R en ta b e llik
foydaning kapital qo'yilmalar yoki aksioner kapitaliga 
nisbati shaklida aniqlanadi. Tadbirkor lik loyihasini amalga oshirishda 
rentabellik har bir yilga hisoblab chiqiladi. Bu yerda soliqlar hisobga 
olinadi.
Integral 
samaradorlikni nolga tenglashtiruvchi rentabellikning 
dastlabki sath mazmuni samaradorlikning ichki koeffitsiyenti hisoblanadi. 
Agar samaradorlikning ichki koeffitsiyenti dastlabki sath mazmunidan past 
bo'lmasa, loyiha samarali hisoblanadi.
K a p ita l q o 'y ilm a la m in g q aytarilish davri. 
Bu ko'rsatkich kapital 
qo'yilmalaming o'z-o'zini qoplash muddati sifatida amalda keng 
qo'llaniladi. 
Bu 
davrda 
funksional-ma’muriy 
zararlar 
hisobdan 
chiqarilgandan keyin asosiy kapital qo'yilmalar qoplanadi.
P u ln in g m a k sim a l sarf-xarajati. 
Bu sof joriy qiymatning eng katta 
salbiy moliyalashtirish o'lchamlarini aks ettiradi va sarf-xarajatlami 
qoplash manbalari bilan bog'lanishi lozim.
Z a ra rsizlik
m e ’yorlari. 
Bu ishlab chiqarilayotgan mahsulot 
partiyalarining minimal o'lchovi, «nol daromad» olinadi, ya’ni sotuvdan 
kelgan daromad ishlab chiqarishdagi xarajatga teng bo ladi.
o'arb mamlakatlari banklaridan kredit olishda biznes-rejaning 
boshqacha tuzilmasi qo'llaniladi. Bu holatda biznes-reja quyidagi 
bo'limlami o 'z ichiga oladi:
Kirish va umumiy ma’lumot. Bu bo'limda yuridik shakl ko'rsatiladi, 
korxona faoliyati tarixi va muhim tadbirlaming qisqacha ta’rifi beriladi.
1. Korxona faoliyatini baholash. Bu yerda korxonaning ba’zi muhim 
xususiyatiari ko'rsatiladi, ya’ni uning bozorda egallagan o'mi, mavqei, 
sotuv tizimi va boshqalar.
2. Mahsulotni va sotish bozorini ta’riflash.
3. Tadqiqotlar va ishlanmalar. Bu bo'limda tadqiqotlar, dastur va 
tashabbuslarning asosiy yo'nalishlari aks ettiriladi.
4. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati. Korxonaning ishlab 
chiqarish holati, ishlab chiqarish quvvatlarining holati ta’riflanadi.


5. Xodimlar va mehnat munosabatlari.
6
. Tashkil etish va boshqarish. Umumiy-tashkiliy ko'rsatkich lardan 
tashqari, oliy lavozimli shaxslar va rahbar xodimlarining qisqacha 
biografik ma’lumotlari beriladi.
7. Yuridik ma’lumotlar. Ishlab chiqarish faoliyati bilan bog'liq 
o'tmishdagi hamda hozirgi sud va arbitraj ishlari qisqacha ta’riflanadi.
8
. Moliyaviy ma’lumotlar. Keyingi 5 yil ichidagi moliyaviy 
hisobotlar ko'rib chiqiladi. 5 yillik istiqbolli moliyaviy ahvol ta’riflanadi.
9. Likvidlik. Qarzlar, aylanma mablag'lar holatining tahlili
kompaniyaning soliqlari, qarzlari ko'rsatiladi.
10. Shartnomalar. Korxona ishtirok etgan barcha shartnoma va 
bitimlar ta’rifi beriladi.
11. Buxgalteriyaning boshqa hisob-kitoblari. Ro'yxatga olinmagan 
mulk (kvartira, mehmonxona, shifoxona, profilaktori ya va boshqalar)ning 
qisqacha bayoni beriladi.
Bundan ham qisqacha biznes-rejaning chizmasi G.Berl tomonidan 
taqdim etilgan. U quyidagi bo'limlardan iborat:
Kerakli pul mablag'i kiritilgan arizaning maqsadi, zayomni qoplash 
uslublari va uning ta’minoti.

Download 317.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling