K ic h ik b iz n e s V a t a d b ir k o r L ik f a o L iy a t in I r e ja L a s h t ir is h
Download 317.46 Kb. Pdf ko'rish
|
5-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- O ltin ch i bolim .
- Y ettin ch i bolim .
B esh in ch i b o'lim .
«Harakat dasturi va tashkiliy chora-tadbirlar» bo'lib, bu bo'limning mazmuni aksariyat hollarda tadbirkorlik turiga (ishlab chiqarish, tijorat, moliya) bog'liq. Ishbilarmonlik harakat dasturi quyidagilami o'z ichiga oladi: a) marketing harakatlari (reklama, sotish bozorini aniqlash, iste’molchilar bilan aloqa bog'lash, ularning talabini hisobga olish); b) mahsulotni ishlab chiqarish; v)tovarlarni sotib olish, saqlash, tashish, sotish (asosan, tijorat tadbirkorligiga oid); g) tovami sotish jarayoni va sotgandan keyin xaridorga xizmat ko'rsatish. Tashkiliy tadbirlar dasturiy harakatlaming uzviy qismi bo'lib, biznes- reja bajarilishining boshqaruv uslubi; loyiha boshqaruvining tashkiliy tuzilmalarini; ijro etuvchi harakatlami muvofiqlashtirish uslubini qamrab oladi. Mehnat haqining maxsus shaklini o'rnatish, rag'batlantirish, kadrlarni tanlab olish, ularni tayyorlash, hisob, nazorat ishlari tashkiliy tadbirlarga kiradi. O ltin ch i bo'lim . «Bitimning resursli ta’minoti». Bu bo'limda tadbirkorlik loyihasini amalga oshirish uchun zarur resurslar turi va hajmi, resurslami olish manbai va uslubi haqida ma’lumotlar beriladi. Resursli ta’minot quyidagilami qamrab oladi: moddiy resurslar (materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, xomashyo, energiya, inshootlar, asbob-uskunalar va boshqalar); mehnat resurslari; moliyaviy resurslar (joriy pul mablag'lari, kapital qo'yilmalar, kreditlar, qimmatbah о qog'ozlar); axborot resurslari (statistik, ilmiy-texnik axborot). Y ettin ch i bo'lim . «Bitimning samaradorligi». Bu bo'lim biznes- rejaning yakunlovchi qismi bo'lib, unda tadbirkorlik faoliyati samaradorligining umumiy tafsiloti beriladi. Samaradorlikning umumiy ko'rsatkichlari orasida foyda va rentabellik ko'rsatkichlari ustuvor mavqega ega. Bundan tashqari, ijtimoiy va ilmiy-texnikaviy samaradorlik (yangi ilmiy natijalami qo'lga kiritish) ham hisobga olinadi. Ushbu bo'limda ishbilarmonlik faoliyatining uzoq muddatli faoliyatini tahlil qilish maqsadga muvofiqdir. Loyihalarni asoslash jahon amaliyotida mablag'laming qo'yilishi haqidagi qarorni tayyorlashda bir necha umumiy ko'rsatkichlar qo'llaniladi. Ular quyidagilardan iborat: - sof joriy qiymat; - rentabellik; - samaradorlikning ichki koeffitsiyenti; - kapital qo'yilmalaming qaytarilish davri; - pulning maksimal sarf-xarajati; - zararsizlik me’yorlari. Download 317.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling