K ic h ik b iz n e s V a t a d b ir k o r L ik f a o L iy a t in I r e ja L a s h t ir is h


Download 317.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/11
Sana12.10.2023
Hajmi317.46 Kb.
#1699689
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
5-maruza

Xarajatlarni
qoplash
muddati
Boshlang'ich
investitsiyalar
120000
= 3,4 yil (1)
Har yilgi pul 
daromadlari
35000
Mazkur hisob-kitobdan ko'rinadiki, hisoblab chiqilgan xarajatlarning 
qoplanish muddati belgilangan muddatdan ancha kam 
( 8
oyga). Demak, 
investitsiya ajratishning ushbu varianti qulay dir.
Ammo amalda pul daromadlari har yili har xil bo'ladi. Odatda, ular 
ish boshida kamroq bo'lib, keyinchalik o'sib borishi mumkin (agar loyiha 
biror-bir aniq maqsadni ko'zlagan bo'lsa va ishlab chiqaradigan mahsulot 
xaridorgir bo'lsa). Bunday holatda xarajatlarni qoplash muddati ancha 
boshqacha bo'ladi.
Faraz qilaylik, investitsiya miqdori misolimizdagi kabi bo'lib, yillar 
bo'yicha ko'zda tutiladigan tushumlar quyidagicha bo'lsin: 
birinchi yilda 25 ming so'm; 
ikkinchi yilda 35 ming so'm; 
uchinchi yilda 48 ming so'm; 
to'rtinchi yilda 54 ming so'm.
Bulardan ko'rinadiki, 3 yilda daromadlar hajmi 108 ming so'mni 
tashkil etadi. Demak, investitsiyaning to'liq qoplanishi uchun to'rtinchi 
yili davomida atigi 12 ming so'm talab 
etiladi. 
Bu summani to'rtinchi yilda 
ko'zda tutilgan daromadlar summasi (54 ming so'm) ga teng bo'lib, shu yil 
uchun xarajatlarning qoplanish muddati 0,22 yilga ega bo'lamiz. Shunday 
qilib, xarajatlarni qoplash muddati 3,22 yilni (3,0 + 0,22) tashkil etadi.
Investitsiyalami tahlil qilishning bunday usuli oddiyligi va aniqligi 
bilan ajralib turadi. Uning qulayligi yana shundaki, agar investitsiya yo'l 
qo'yiladigan muddatda qoplanishi nuqtai nazaridan baholanganda, u 
investitsiya ning qaltisligi haqida ham aniq tasawurga ega bo'lishga 
yordam 
beradi. 
Shu boisdan, 
bunday 
hisob-kitob 
investitsiyani 
baholashning eng mukammal usullariga foydali qo'shimcha bo'la oladi. 
Chunki ular, ko'pincha, kutilishi mumkin bo'lgan iqtisodiy inqiroz xavfini 
unchalik yaqqol ifodalay olmaydi.
Bu usulning ham o'ziga yarasha kamchilik va nuqsonlari bor, albatta. 
Birinchidan, u pulning vaqt davomida qiymat o'zgarishini hisobga


olmaydi. Ikkinchidan, yuqorida keltirilgan formulada investitsiya to'liq 
qoplangandan keyin tushadigan daromadlar ham ko'rsatilmagan. Zero, 
yangi fondlar undan keyin ham ishlatiladi. Shu sababli, ushbu 
kamchiliklami hech bo'lmaganda qisman bartaraf etish uchun, xarajatlarni 
qoplash muddatini so'mning bugungi va kechagi qiymati o'rtasidagi farqni 
hisobga olgan holda qo'llash maqsadga muvofiqdir.
Pullar yoki sarflangan mablag'laming bugungi va kechagi qiymatlari 
o'rtasidagi farqni hisobga olish uchun investitsiyalarning qoplanishi hisob- 
kitob 
qilinayotganda 
kelgusidagi 
daromadlar 
diskontlash 
koeffitsiyentlariga ko'paytiriladi. Diskont koeffitsiyentlari quyidagi 
formula orqali hisoblanadi:
Kd = 1 / 1 + K*T (2)
bu yerda, Kd diskont koeffitsiyenti yoki pul qiymatining o'zgarish 
sur’ati (odatda, bank kreditlari bo'yicha o'rtacha foiz darajasida 
qo'llaniladi);
К - foiz stavkasi, %;
T - investitsiya ajratilgandan boshlab o'tgan vaqt, yil;
Masalan, bank stavkasi 10 %ga teng bo'lsa, uchinchi yil uchun 
diskontlash koeffitsenti:
К = 1/ 1 + 0,1*3 = 0,769 ni tashkil etadi.
Bundan foydalanib, yuqorida ko'rib chiqqan misolimiz uchun 
investitsiyaning qoplanish muddatini aniqlaymiz. Buning uchun (1) 
formuladan foydalanib, investitsiyaning qoplanish davrida pul qiymatining 
farqini aniqlab olamiz.
Shunday qilib, bank stavkasi 10 % bo'lgan holda, jami uch yilda 
diskontlangan daromadlar hajmi 88816 so'm (22728+29166+36922) ni 
tashkil etadi. Demak, firma bo'yicha investitsiyaning to'liq summasini 
qoplash uchun firmaga 31184 (120000-88816) so'm etishmayapti. Endi, 
to'rtinchi yilda investitsiya umumiy hajmining etishmayotgan qismini 
yanada aniqroq qilib hisoblab chiqishimiz mumkin. Demak, to'rtinchi 
yilda diskontlan gan daromadlar:


Diskontlanish
daromadlari:
25000 x
so'mni
0,9091=22728
35000 x
so'mni
0,8333=29166
48000 x
so'mni
0,7692=36922
1-yilda 
1/ 1+0,1*1 =0,9091;
2-yilda 
1/ 1+0,1*2 = 0,8333;
3-yilda 
1/ 1+0,1*3 = 0,7692;
1 / (1+0,1*4) = 0,7142; 54000x0,7142 = 38567 so'mni tashkil etadi.
Endi firma uchun investitsiyaning yetishmayotgan summasini (31184 
so'm) hisoblab chiqilgan to'rtinchi yildagi investitsiya summasi (38567 
so'm) ga bo'lib 0,81 
ga ega bo'lamiz. Shunday qilib, firma 
investitsiyalarining qoplanish muddati 4 yilni emas, balki 3,81 yilni tashkil 
etar ekan. Vaholanki, firma investitsiya xarajatlarining ma’lum vaqt o'tishi 
bilan qiymati (tannarxi) ning o'zgarib borishini hisobga olmay amalga 
oshirgan oldingi hisob-kitoblarimizdagi muddat 3,22 ni tashkil etgan edi. 
Ammo belgilangan davrlardagi muddatlar ichida barcha omillarni hisobga 
olib, yanada aniqroq hisoblab chiqqan investitsiyalarning qoplanish 
ko'rsatkichi ishlab chiqilayotgan loyiha uchun ajratilgan mablag'laming 4 
yil muddatga zo'rg'a etishini ko'rsatdi.
Agar bank kreditlarining foizlari ham inflyatsiya darajasini hisobga 
olib borsa, unda ushbu loyihani qabul qilish maqsadga muvofiq emasdir. 
Shuning uchun investitsiyalashtirilayotgan loyihalarni ishlab chiqish 
davomida ko'zda tutilayotgan (iqtisodiy) omillardan tashqari, ko'zda 
tutilmagan (tabiiy, ijtimoiy, siyosiy) omillarni e’tiboiga olgan holda bir 
necha variantlarini ishlab chiqishni taqozo etadi.
Bunday holatlarda mavjud barcha investitsiyalash variantlarini 
investitsiyalarning foydalilik darajalarini aniqlash orqali o'rganib chiqish 
tavsiya etiladi. Foydalilik ko'rsatkichi sifatida foydalilik koeffitsiyenti deb 
ataluvchi kattalikdan foydalanish mumkin. U quyidagi formula yordamida 
hisoblanadi:

Download 317.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling