K ic h ik b iz n e s V a t a d b ir k o r L ik f a o L iy a t in I r e ja L a s h t ir is h
Download 317.46 Kb. Pdf ko'rish
|
5-maruza
F
, ..... Ко 'zda tutilgan daromadlar summasi koeffitsenti = tut^maSan xarajatlar (3) summasi Ko'zda tutilgan daromadlar summasi bu investitsiyalashtirilayotgan mazkur loyihani amalga oshirish evaziga kelgusida olinadigan foyda hajmidir. Lekin u kelgusida kutilayotgan absolyut miqdorlarda emas, balki yuqorida ta’kidlangani dek, diskontlash koeffitsiyentlari bilan to'g'rilangan holda yuzaga keladi. Boshqacha qilib aytganda, formulaning suratida so'mning bugungi qiymatida ifodalangan daromadlar summasi aks etadi. Ko'rib chiqilayotgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun sarflanadigan barcha xarajatlar hajmi ham xuddi shunday hisoblanadi. Bu hisob-kitoblar bir necha yildagi investitsiya loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan . Agar investitsiyalashtirish qisqa muddatlarga (3 oy, 6 oy yoki 1 yilga) mo'ljallangan bo'lsa, bunday holda xarajatlar va daromadlami diskontlashning hojati yo'q. Foydalilik koeffitsiyentiga asoslanib, agar koeffitsiyent 1,00 dan yuqori yoki unga teng bo'lgan taqdirdagina investitsiyalashtirilayotgan loyihalarni amalga oshirish maqsadga muvofiq. Ammo bu hisob-kitob ham yetarli emas. Chunki, mablag' bilan ta’minlash taqchilligi yuqori sharoitlarda foydalilik koeffitsiyentlari yuqoriroq bo'lgan loyihalarni qo'llash afzaldir. Buni quyidagi misolda ko'rib chiqaylik. Deylik, ikkita investitsion loyiha taqdim etilgan bo'lsin. Birinchi loyiha bo'yicha xarajatlar hajmi 200 ming so'mni tashkil etib va bu jami 1 mln. so'm miqdorda diskontlangan daromad keltirishi ko'zda tutilgan. Bunda sof daromad 800 ming so'mni tashkil etadi. Ikkinchi loyiha bo'yicha esa jami xarajatlar hajmi 50 ming so'mni talab etgan holda, diskontlangan daromadlar hajmi esa 450 ming so'mni tashkil etadi. Bunda sof daromad 400 ming so'mga tengdir, ya’ni birinchi loyihadan 2 marta kamdir. Sizdagi mavjud mablag' esa 200 ming so'mni tashkil etib, birinchi loyihani investitsiyalashtirish imkoniyatiga egasiz. Xo'sh, bu maqsadga muvofiqmi? Albatta, yo'q. Chunki, birinchi loyiha uchun foydalilik koeffitsiyenti 5 ga (1 mln. so'm : 200 ming so'm), ikkinchi loyiha uchun esa 9 ga (450 ming so'm: 50 ming so'm) teng ekanligini hisoblab chiqish unchalik qiyin emas. Demak, agar 200 ming so'm mablag'ingizni foydalilik koeffitsiyenti 9 ga yaqin bo'lgan bir nechta kichik loyihalarga sarf qilsangiz, natijada siz 1,6 mln. so'mga yaqin sof daromadga ega bo'lasiz. Bu esa birinchi loyiha daromadiga nisbatan 2 martaga ko'pdir. Biroq hayotda foydalilik koeffitsiyentlari bir xil bo'lgan bir nechta loyihalar bir vaqtning o'zida kamdan-kam xollardagina uchraydi. Bu koeffitsiyentlar ko'pincha bir-biridan keskin farq qiladi. Shuning uchun qaysi loyihani tanlash masalasi hal qilinayotganda, avvalo, ulaming foydalilik koeffitsiyentlari kattaliklari bo'yicha, ya’ni ushbu koeffitsiyentlar miqdorining kamayib borish tartibini ko'rsatuvchi sxema tuzib, kuzatib borish maqsadga muvofiqdir . Buni xarajat va daromadlar miqdoriga ko'ra quyidagi jadval tarzida ham ifodalash mumkin (5.3.1- jadval). 5.3.1-jadval «Jahongir» kichik korxonasining investitsiyalashtirilgan loyihalar bo'yicha foydali ik koeffitsiyentlarining hisob-kitobi Loyiha Ko'zda tutilgan xarajatlar summasi, Ko'zda tutilgan daromadlar summasi, Foydalilik koeffitsiyenti Ranglar A 600 840 1,4 1 В 900 1305 1.45 Download 317.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling