K ic h ik b iz n e s V a t a d b ir k o r L ik f a o L iy a t in I r e ja L a s h t ir is h
K o r x o n a n in g b osh q a ru v o rgan in i tash k il etish
Download 317.46 Kb. Pdf ko'rish
|
5-maruza
K o r x o n a n in g b osh q a ru v o rgan in i tash k il etish.
Yangi tashkil etilgan korxonaning asosiy muammolaridan biri faoliyatli organizmni bunyod etishdir. Uning doirasida ishchilar o'z faoliyat maqsadlari va unga erishish yo'llarini aniq anglashlari lozim. Agar yangi tashkil etilgan korxona yaxshi ishlaydigan va yaxshi boshqariladigan ishlab chiqarishga aylanmasa, u tanazzulga duch kelib, jalb etilgan katta kapital ham, mahsulotning yuqori sifati ham, hatto unga talab ham yordam bermaydi. Nyu-York universiteti Biznes maktabining professori Piter Drukeming fikricha, yangi korxonadagi boshqaruv quyidagilami talab qiladi: -bozorda diqqatni biror narsaga qaratishi; -naqd pullami rejalashtirish va tartiblashtirish bilan bog'liq jarayonlar rivoj ini oldindan ko'ra bilishni; -oliy boshqaruv bo'g'inini unga zaruriyatdan oldin tuzishni. Agar mahsulot muayyan maqsadlar uchun foydalanishga mo'ljallab chiqarilgan bo'lsa, u bozorda o'z o'mini topadi. Shu bilan birga, kiritilayotgan yangiliklar yangi turdagi bozorlami shakllantiradi. Masalan, ko'p yil mobaynida barcha ishlarda nusxa ko'chirish qo'llanilmas edi. «Kseroks» firmasi nusxa ko'chirish apparatini ixtiro qilib, bozorga chiqargandan keyin nafaqat AQSH, balki dunyoning boshqa mamlakatlarida ham ushbu yangilik juda keng tarqalib ketdi. Shuni ta’kidlash kerakki, «bozorni o'rganish» atamasi dinamik jarayon tushunchasi bilan bog'liqdir. P.Druker «Yunivem» kompaniyasi bilan bog'liq bir misolni keltiradi. Taxminan 1950-yillarda bozorni ilmiy tahlil qilish asosida 2000-yilga kelib, kompyuterlar soni 1 mingga etadi, degan faraz qilingan. Lekin 1984-yilning o'zidayoq 1 milliondan ortiq kompyuter sotilgan edi. O'sha davrda o'tkazilgan tadqiqotlarda kompyuterlar faqat jiddiy ilmiy ish olib borish uchun qo'llaniladi, degan fikr ustuvor edi. Shu voqea «Kseroks» kompaniyasi bilan ham sodir bo'ldi. Chunki o'tkazilgan tadqiqotlarda poligrafiya korxonalari nusxalash avtomatlariga muhtoj emas, degan fikr asosiy o'rin egallagan edi. Lekin hech kim bu asboblar idora, maktab, universitet, kollejlarga ham kerak bo'ladi, deb o'ylamagan. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, yangi korxona tashkil etilganda uning mahsuloti yoki xizmati rejalashtirilmagan bozorlarda yangi iste’molchilarini topadi. Faqat an’anaviy qotib qolgan ishbilarmonlik dunyoqarashni o'zgartirish kerak, xolos. Agar ma’lum maqsad uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotga yangi iste’molchilar tomonidan qiziqish bildirilsa, kompaniya shu qiziqishga jiddiy e’tibor berib, tahlil qilib chiqishi lozim. Agar bozordan uzilish yangi korxonalar uchun dastlabki vaqtda «kasallik» bo'lsa, moliyaviy omil, ya’ni noto'g'ri moliyaviy siyosat olib borish bunday korxonalar taraqqiyotining keyingi bosqichlarida jiddiy xavf tug'diradi. Muammo shundan iboratki, ishbilarmonlar yangi korxonalarni tashkil etganda, birinchi navbatda, katta daromad olishga intiladi. Lekin dastlabki vaqtda, asosiy e’tiborni ishlab chiqarish, rivojlanish, faoliyat, pul oqimini tartiblashtirish uchun moliyalashtirish manbaini topish lozim. Yangi korxona qo'shimcha kapital bilan ta’minlangandagina rivojlanishi mumkin, ya’ni ishbilarmonlik moliya boshqaruvisiz bo'lmaydi. Korxonaning rivojlanishi va muvaffaqiyatida oliy boshqaruv tizimi yoki maxsus boshqaruv guruhi tuzish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu guruh ishni o'z korxonasining ishlab chiqarish xo'jalik faoliyatini tahlil qilishdan boshlashi lozim. Ular korxona muvaffaqiyatini ifodalovchi yo'nalishlami aniqlab, maqsad va vazifalari ni belgilashi zarur. Korxona rahbari o'z xodimlari bilan hamkorlik qilib, talabni bo'shashtirmasdan, ularga ishonch bildirib, faoliyat yuritishi lozim. Rahbar doimo yetakchi bo'lishi kerak. O 'z kuch va qobiliyatini samarali ishlatish sohalarini aniqlash yangi korxonaning boshqaruv omillaridan biridir. Yangi korxona rivojlanib, taraqqiy etishi bilan birga tadbirkorlarning vazifalari ham o'zgarib boradi. Ko'p ishbilarmonlar sodir bo'layotgan o'zgarishlarni doimo anglay ololmay, yangi sharoitda nima qilishini bilmay qoladilar. Mana shu sharoitda tadbirkor o'ziga: «Mening qobiliyatim va qiziqishim nimalarga moyil?», «Qaysi ishda men o'zimni ko'rsata olaman?», «Korxonaning qaysi bir ish yo'nalishida men foyda keltiraman? » kabi savollar berib, tegishli qaror qabul qilishi muhim ahamiyatga ega. Masalan, «Polaroid» fotokamerasining ixtirochisi Edvin Lend o'z kompaniyasiga 13 yil rahbarlik qilgan. Uning rahbarligida kompaniya nihoyatda tez rivojlanib ketgan. Sharoitni tahlil qilgach, E. Lend ma’lum vaqtdan keyin o'zi kompaniyaga rahbarlik qilolmasligi, bu ishni professional mutaxassislar boshqarishi kerakligini tushundi, o'zi esa ilmiy izlanishlar bilan shug'ullana boshladi, ya’ni ko'proq samara keltiradigan sohada faoliyat yuritishga o'tib ketdi. E. Lend o'ziga laboratoriya qurib, kompaniyada olib boriladigan fundamental tadqiqotlarni boshqardi, firmaning tezkor boshqaruvini maxsus tayyorlangan mutaxassislarga topshirdi. Bu kabi misollar ishbilarmonlik sohasida talaygina. Franchayzingning mohiyati va ustuvorligi. Oxirgi yillari imtiyozli tadbirkorlikda franchayzing keng qo'llanila boshladi. Ishbilarmonlikning ushbu shaklida franchayzer (odatda, yirik bosh kompaniya) kichik firma yoki biznesmenni belgilangan ma’lum hududda tovar, reklama xizmati, biznes texnologiyalari bilan ta’minlashni o'z zimmasiga oladi. Buning evaziga firma (franchayzi) kompaniyaga (franchayzerga) menejment va marketing sohasida xizmat ko'rsatish va shu kompaniyaga o'zining ma’lum kapitalini qo'yish majburiyatini oladi. Odatda, franchayzing faqat kompaniya franchayzer bilan ish olib borish majburiyatini olib, biznesda uning ko'rsatmalariga bo'ysunishga harakat qiladi. Franchayzi korxonasi franchayzer tomonidan tashkil qilingan tizimning bir qismi sifatida faoliyat yuritadi. Hozirgi vaqtda AQSHda yarim milliondan ortiq korxona imtiyozli ishbilarmon faoliyati bilan shug'ullanadi. Ulaming ulushi mustaqil korxonalarga nisbatan oshib bormoqda. Franchayzingni yoymoq uchun yirik firma egalari vaqt-vaqti bilan ko'rgazma o'tkazishadi. Bundan maqsad kishilami imtiyozli ishbilarmonlik bilan shug'ullanishga jalb etishdan iborat. Ishbilarmonlikning bu turi yoqilg'i quyish shoxobchalari (32%), yengil va yuk mashinalari bilan savdo-sotiq qilish ( 6 %), restoran va ovqatlanishda tez xizmat ko'rsatish (7%) biznesida keng quloch yoygan. Franchayzingning asosiy ustuvorligi bitim tuzgan korxonalaming aniq ixtisoslashishidir. Yirik firmaning ko'mak berishi franchayzingni tijorat tavakkalini kamaytiradi. Bosh firma o'qitish ishlari olib boradi va franchayzi-korxona ish faoliyatini doimo nazorat qilib turadi. Shu bilan birga tizim ba’zi kamchiliklardan xoli emas. Uning eng asosiy kamchiligi qisman mustaqillikni yo'qotishdir. Franchayzi korxonasi bosh firma bilan yuridik bitim orqali bog'langan bo'lib, uning qonun- qoidalari talabiga bo'ysunadi, franchayzer kompaniyasining ko'rsatmalarida bayon etilgan biznesni olib borish uslublariga rioya qiladi. Bu esa, o'z navbatida, tashabbuskorlikni yo'qotishga olib keladi. 5.3. Kichik korxonalar faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona va tashkilotlar faoliyat yuritishlarini mablag' bilan ta’minlash iqtisodiy muammolardan biri bo'lib, katta tavakkalchilikni talab etadi. Sarflangan mablag'lami qaytarish, qoplash muddati qanchalik uzoq bo'lsa, bu xavf darajasi ham shunchalik oshib boradi. Chunki, bu muddat ichida bozor kon’yunkturasi ham, narx-navolar ham, ish haqi to'lovlari ham sezilarli oshib boradi. Shuning uchun, iqtisodiyot barqaror bo'lmagan sharoitlarda (ayniqsa, bu holat nafaqat ayrim tovar bozori, balki butun mamlakatga xos bo'lsa) xarajatlari tezroq qoplanadigan samarali loyihalarga mablag' sarflash maqsadga muvofiqdir. Bunday yondashuv fan-texnika taraqqiyotining sur’ati eng yuqori bo'lgan va yangi texnologiya yoki mahsulotlaming kirib kelishi oldingi investitsiyalami tezda qadrsizlantirib yuborishi mumkin bo'lgan tarmoqlar uchun juda muhimdir. Bundan tashqari, pulni oluvchi yetarli obro'ga ega bo'lmasa va mablag' egasi uzoq muddatga unga pulni ishonishni xohlamasa ham mablag'ning o'zini qoplash muddatiga qarab ish ko'riladi. Misol tariqasida, «Jahongir» kichik korxonasining mablag' bilan ta’minlanish va uni o'zlashtirish tartibini ko'rib chiqamiz. Korxona ixtiyorida o'zlashtirish uchun 1 2 0 ming so'mlik xomashyo resurslari va tayyor mahsulotlar mavjud. Mazkur resurslardan foydalanish natijasida korxona 35 ming so'm daromad olishni ko'zda tutmoqda. Shu asnoda korxona rivojlanish fondidan ajratilgan pullar va bankdan olingan kreditlarni 4 yildan kechiktirmasdan qaytarishi rejalashtirilgan. Xo'sh, ushbu loyiha talabni qondira oladimi? Buning uchun quyidagi hisob-kitoblami amalga oshiramiz. Korxona xarajatlarini qoplash muddati quyidagi formula orqali hisoblanadi: Download 317.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling