K ic h ik b iz n e s V a t a d b ir k o r L ik f a o L iy a t in I r e ja L a s h t ir is h
Download 317.46 Kb. Pdf ko'rish
|
5-maruza
2
V 300 390 1.3 3 G 700 770 1Д 4 D 1200 1260 1,05 5 Ushbu jadvalga ko'ra, agar kichik korxona 2,5 mln. so'mlik loyihalarni investitsiyalashtirish imkoniyatiga ega bo'lsa, bu mablag'lami А, В, V va G loyihalar uchun sarflash maqsadga muvofiq bo'lib, juda katta daromad keltirish imkoniyati bo'lsada, D loyihadan voz kechish zarurdir. Agar foydalilik koeffitsiyentiga e’tibor bermasdan, faqat ko'zda tutilgan daromadlaming maksimal miqdorlariga ko'ra ish yuritilganda D, В va V variantlar tanlangan bo'lardi. Bunda jami xarajatlar 2,4 mln. so'mni tashkil etgan holda, korxona daromadi 2,955 mln. so'mni tashkil etardi. Agar foydalilik koetfitsiyentini hisobga olib tuzilgan investitsiya loyihasini amalga oshirganda, olinadigan daromad hajmi 3,305 mln. so'mni tashkil etishi mumkin edi. Yuqorida ta’kidlanganlardan tashqari, amalda bo'lishi mumkin bo'lgan kompleks loyihalarni e’tiborga olish ham lozim. Bu ham investitsiya mablag'larini ajratishning variantlaridan biri bo'lib, bunda ma’lum bir loyiha bir vaqtda boshqa bir loyiha bilan parallel amalga oshirilishi mumkin. Masalan, yangi цех qurilishi butun zavodga xizmat qiladigan energetika yoki tozalash inshootlari rekonstrukuiyasi uchun ma’lum darajada mablag' qo'yishni talab etadi. Bunday holda ikkala investitsiya mablag'ini sarflash loyihasining ham foydalilik koeffitsiyentini hisoblab chiqish lozim. Bunda ushbu koeffitsiyentlarning individual darajalariga e’tibomi qaratish shart emas. Misol uchun, firmada 600 ming so'm mablag' sarflab, 840 ming so'm daromad keltiriladigan loyiha bor. Bunda foydalilik koeffitsiyenti 1,4 (840/600) ni tashkil etadi. Lekin, shu bilan birga, firma umumzavod xo'jaligini takomillashtirishga yana 1 0 0 ming so'm sarflashi zarur. Bu esa daromadlilikni faqat 60 ming so'm miqdoridagina o'sishiga olib keladi yoki boshqacha qilib aytganda, bu loyiha bo'yicha foydalilik koeffitsiyenti 1 dan kichik bo'lib, 0,6 (60/100) ni tashkil etadi. Biroq agar o'zaro bog'liq bo'lgan ushbu loyihalar bo'yicha investitsiyalar miqdori va kutilayotgan daromadlami qo'shsak, bunda birinchi holatda 700 ming so'm (600+100), ikkinchi halatda esa 900 ming so'm (840+60) kelib chiqishini ko'ramiz. Shunday qilib, umumiy (integral) foydalilik koeffitsiyenti 1,29 (900/700) ni tashkil etadi, ya’ni 1 dan ancha yuqori. Bu esa bizga ikkala loyihani bir vaqtda amalga oshirish uchun qancha mablag' sarflash mumkinligini ko'rsatadi. Qisqa xulosalar Yangi biznes korxonalarini tashkil qilish bir necha bosqichdan iborat. Ular ta’sis etilgan joyidagi mahalliy hokimiyat organlari tomonidan davlat ro'yxatidan o'tadi. Davlat ro'yxatidan o'tkazilgan korxonaga: hokimiyatning korxonani davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risidagi qarorlaridan ko'chirma, hokimiyat ro'yxatidan o'tkazilgan va tasdiqlangan korxona Nizomi hamda korxonaning ro'yxatdan o'tkazilganligi to'g'risidagi davlat orderi topshiriladi. Korxona faoliyatini olib borishda biznes-reja muhim rol o'ynaydi. Biznes rejaning tuzilishi va mazmuni qat’iyan chegaralanmagan. Fikrimizcha, yetti bo'limdan iborat biznes reja eng maqbul biznes rejadir. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini tahlil qilishda foydalilik koeffitsenti usulidan foydalanish oddiyligi va qulayligi bilan ajralib turadigan usul bo'lib, u yetarlicha asosli qarorlar qabul qilishga yordam beradi. Nazorat va mulohaza uchun savollar 1. Yangi korxona tashkil qilish qanday bosqichlardan iborat? 2. Tashkil etilishi mo'ljallangan shaxsiy korxonalaming qanday turlarini bilasiz? 3. Tashkil etilayotgan korxonaning texnik-iqtisodiy asoslanishi (TIA) nimalardan iborat? 4. Biznes-reja nima? Uning mazmunini ochib bering. 5. Biznes-rejaning tuzilishi qanday, u qanday bo'limlardan iborat? 6 . Tashkil etilishi mo'ljallangan korxonaning ishlash va boshqaruv tizimi nimalardan iborat? 7. Korxonaning boshqaruv tamoyillari nimalardan iborat? 8 . Franchayzingning ustuvorlik va kamchiliklari nimada? 9. Foydalilik koeffitsenti qanday aniqlanadi? 1 0 .Kichik korxonalar faoliyatini iqtisodiy tahlil qilishni izohlab bering. Adabiyotlar 1. Karimov I.A. Barcha reja va dasturlarimiz Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi: 2 0 1 0 -yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2 0 1 1 -yilga mo'ljallangan eng muhim ustuvor yo'nalishlarga bag'ishlangan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. -Т.: O'zbekiston, 2011.-48 b. 2. Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlami yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi: O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo'shma majlisidagi ma’ruzasi. -Т.: O'zbekiston, 2010 - 56 b. 3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2010-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2 0 1 1 -yilga mo'ljallangan eng muhim ustuvor yo'nalishlarga bag'ishlangan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi “Barcha reja va dasturlarimiz Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi” mavzusidagi ma’ruzasini o'rganish bo'yicha O'quv-uslubiy majmua. -Т.: Iqtisodiyot, - 2011. -3 7 7 b. 4. Boltabayev M.R., Qosimova M.S., Ergashxodjayeva Sh.J., G'oyipnazarov B.K.,Samadov A.N., Xodjaev R.S. Kichik biznes va tadbirkorlik. - Т.:ADIB NASHRIYOTI, 2011. - 283 b. 5. G'oyibnazarov B.K., Rahmonov H.O., Otajonov Sh.I., Almatova D.S. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik - mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini yuksaltirish omili. -Т.: Fan, 2011. -185 b. 6 . Xodiyev B.Yu., Qosimova M.S., Samadov A.N. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik. -Т.: TDIU, 201 0 .-26 0 b. 7. Попов B.M. Бизнес- планирование: учебное - практ. пособие. -М .: КНОРУС, 2009. -816с. 8 . Предпринимательство: учебник / под. ред. М.Г.Лапусты. - 4-е издательство, доп. - М.: ИНФРА-М, 2008. - 667 б. 9. Анискин Ю.П. Организация и управление малым бизнесом: Учебное пособие. -М.:Финансы и статистика, 2008. -160. Download 317.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling