K ic h ik b iz n e s V a t a d b ir k o r L ik f a o L iy a t in I r e ja L a s h t ir is h


Y an gi tashkil etilgan k orxon an i boshqarish


Download 317.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/11
Sana12.10.2023
Hajmi317.46 Kb.
#1699689
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
5-maruza

5.2. Y an gi tashkil etilgan k orxon an i boshqarish
K orxon a 
(firm a)n in g 
rivojlanish 
b osqichlari. 
Faoliyatining 
dastlabki bosqichlarida ishbilarmon qator muammolarga duch keladi. 
Shulardan biri o'z xo'jalik yuritish maqomiga ega bo'lishidir. Shu bilan 
birga ishbilarmon bozor holati, talab va taklifni o'rganishi lozim. Bundan 
tashqari, oldida qanday to'siq va chegaralar uchrashi, qanday imtiyozlar 
olishi mumkinligini bilishi zarur. Shu tariqa investitsiya kiritishning 
umumiy shartlari belgilanadi.
Bunday ma’lumotlar ochiq va ular matbuotda, statistik axborotlarda, 
qonunchilik hujjatlarida mavjuddir. Mutasaddi shaxslardan ham bunday 
ma’lumotlarni olish mumkin.
Ishbilarmon xo'jalik yuritish yo'nalishini aniqlab olgach, o'z 
korxonasining ixtisoslanishini 
belgilaydi. 
Buning 
uchun bo'lajak 
iste’molchilaming imkoniyatini aniqlash, raqobatchilar haqida barcha 
ma’lumotlarga ega bo'lishi lozim.
Faoliyat shakli, ya’ni individual yoki jamoa ishbilarmonligidan birini 
tanlash muhim ahamiyat kasb etadi. Individual shakl tanlaganda 
ishbilarmon ixtiyoriy ravishda tavakkalga qo'l uradi. Ish muvaffaqiyatsiz 
tugaganda mulkdor korxona majburiyati uchun o'zi javob beradi va o'z 
mulki hisobidan zarami qoplaydi.
Jamoa shakli tanlanganda ishbilarmon mas’uliyatni korxonaning 
boshqa ishtirokchilari bilan bo'lishadi. Ushbu shakl qo'llanganda tavakkal 
kamayadi, bundan tashqari, qo'shimcha resurslami jalb etish mumkin 
bo'ladi.
Keyingi bosqichda ishlab chiqarish bazasi shakllanadi. Ishbilarmon 
ishlab chiqarish va omborxona, asbob-uskunalami ijaraga olishi, 
xomashyo va materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, ehtiyot qismlarini 
sotib olishi, ishchi kuchini jalb etishi kerak. Korxona asbob-uskunalami 
ishlab chiqaruvchilar, xomashyo va materiallar ta’minotchilari, vositachi 
firmalar bilan munosabat o'matadi. Kerakli ishchilami mehnat birjalari, 
e’lonlar yordamida jalb etishi mumkin.
Moliyaviy vositalami jalb qilish muhim bosqichlardan hisoblanadi. 
Faoliyatining dastlabki paytlarida ishbilarmonning ishni boshlashi uchun


moddiy mablag'lari yetarlicha bo'lmaydi. Pul mablag'lari kamchiligini 
aksiyalarni chiqarish, ya’ni korxona kapitali va daromadiga huquqni 
qisman boshqalarga berish, tijorat banklaridan qarzlar olish yo'li bilan 
bartaraf etishi mumkin. Bunda korxona aksiya yoki qarz majburiyatlarini 
sotib oluvchi yuridik va jismoniy shaxslar, tijorat banklari bilan o'zaro 
aloqa qila boshlaydi. J3ank kreditlari qisqa muddatli, o'rta muddatli va 
uzoq muddatli bo'lishi mumkin. Bozor munosabatlariga o'tish jarayonida 
banklar tomonidan qisqa muddatli kredit berish shakli keng qo'llanilmo 
qda.
Banklarning korxonalarga kredit berishi turli sug'urta operatsiyalari 
bilan bog'liqdir. Inshoot, moddiy zahiralar va korxonaga qarashli boshqa 
mulklar sug'urta qilinishi mumkin. Bu hollarda korxonalar sug'urta 
kompaniyalar bilan munosabat o'matadi.
Aksiya, obligatsiya va boshqa qimmatbah о qog'ozlarni sotib olish 
yoki ularni sotishda korxonalar jamg'arma bozori, ya’ni qimmatbah о 
qog'ozlar bozoriga murojaat etadi. Korxona aloqa qilayotgan tashkilotlar 
soni juda ko'p bo'ladi. Ular ichida turli xil fond birjalari, kredit-moliya 
institutlari, investitsion jamg'armalar, individual investorlar yetakchi 
o'rinni egallaydilar.

Download 317.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling