K ic h ik b iz n e s V a t a d b ir k o r L ik f a o L iy a t in I r e ja L a s h t ir is h
Download 317.46 Kb. Pdf ko'rish
|
5-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- R en ta b e llik
- K a p ita l q o y ilm a la m in g q aytarilish davri.
- P u ln in g m a k sim a l sarf-xarajati.
S o f jo r iy q iy m a t
ba’zida iqtisodiy integral samara deb ham ataladi. Loyihani amalga oshirish vaqtida mahsulot sotishdan olingan umumiy daromaddan shu vaqt davrida ketgan barcha sarf-xarajatlar ayirmasiga sof joriy qiymat deyiladi. R en ta b e llik foydaning kapital qo'yilmalar yoki aksioner kapitaliga nisbati shaklida aniqlanadi. Tadbirkor lik loyihasini amalga oshirishda rentabellik har bir yilga hisoblab chiqiladi. Bu yerda soliqlar hisobga olinadi. Integral samaradorlikni nolga tenglashtiruvchi rentabellikning dastlabki sath mazmuni samaradorlikning ichki koeffitsiyenti hisoblanadi. Agar samaradorlikning ichki koeffitsiyenti dastlabki sath mazmunidan past bo'lmasa, loyiha samarali hisoblanadi. K a p ita l q o 'y ilm a la m in g q aytarilish davri. Bu ko'rsatkich kapital qo'yilmalaming o'z-o'zini qoplash muddati sifatida amalda keng qo'llaniladi. Bu davrda funksional-ma’muriy zararlar hisobdan chiqarilgandan keyin asosiy kapital qo'yilmalar qoplanadi. P u ln in g m a k sim a l sarf-xarajati. Bu sof joriy qiymatning eng katta salbiy moliyalashtirish o'lchamlarini aks ettiradi va sarf-xarajatlami qoplash manbalari bilan bog'lanishi lozim. Z a ra rsizlik m e ’yorlari. Bu ishlab chiqarilayotgan mahsulot partiyalarining minimal o'lchovi, «nol daromad» olinadi, ya’ni sotuvdan kelgan daromad ishlab chiqarishdagi xarajatga teng bo ladi. o'arb mamlakatlari banklaridan kredit olishda biznes-rejaning boshqacha tuzilmasi qo'llaniladi. Bu holatda biznes-reja quyidagi bo'limlami o 'z ichiga oladi: Kirish va umumiy ma’lumot. Bu bo'limda yuridik shakl ko'rsatiladi, korxona faoliyati tarixi va muhim tadbirlaming qisqacha ta’rifi beriladi. 1. Korxona faoliyatini baholash. Bu yerda korxonaning ba’zi muhim xususiyatiari ko'rsatiladi, ya’ni uning bozorda egallagan o'mi, mavqei, sotuv tizimi va boshqalar. 2. Mahsulotni va sotish bozorini ta’riflash. 3. Tadqiqotlar va ishlanmalar. Bu bo'limda tadqiqotlar, dastur va tashabbuslarning asosiy yo'nalishlari aks ettiriladi. 4. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati. Korxonaning ishlab chiqarish holati, ishlab chiqarish quvvatlarining holati ta’riflanadi. 5. Xodimlar va mehnat munosabatlari. 6 . Tashkil etish va boshqarish. Umumiy-tashkiliy ko'rsatkich lardan tashqari, oliy lavozimli shaxslar va rahbar xodimlarining qisqacha biografik ma’lumotlari beriladi. 7. Yuridik ma’lumotlar. Ishlab chiqarish faoliyati bilan bog'liq o'tmishdagi hamda hozirgi sud va arbitraj ishlari qisqacha ta’riflanadi. 8 . Moliyaviy ma’lumotlar. Keyingi 5 yil ichidagi moliyaviy hisobotlar ko'rib chiqiladi. 5 yillik istiqbolli moliyaviy ahvol ta’riflanadi. 9. Likvidlik. Qarzlar, aylanma mablag'lar holatining tahlili, kompaniyaning soliqlari, qarzlari ko'rsatiladi. 10. Shartnomalar. Korxona ishtirok etgan barcha shartnoma va bitimlar ta’rifi beriladi. 11. Buxgalteriyaning boshqa hisob-kitoblari. Ro'yxatga olinmagan mulk (kvartira, mehmonxona, shifoxona, profilaktori ya va boshqalar)ning qisqacha bayoni beriladi. Bundan ham qisqacha biznes-rejaning chizmasi G.Berl tomonidan taqdim etilgan. U quyidagi bo'limlardan iborat: Kerakli pul mablag'i kiritilgan arizaning maqsadi, zayomni qoplash uslublari va uning ta’minoti. Download 317.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling