K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston


Download 300.83 Kb.
bet63/76
Sana19.11.2023
Hajmi300.83 Kb.
#1786266
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   76
Bog'liq
K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston-fayllar.org

200-masala. Makkajo’xori o’simligining digeterozigotali sariq, silliq donli o’simliklari gomozigotali retsessiv oq, burishgan donli o’simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda 16,2 % oq, silliq donli va sariq, burishgan donli rekombinant o’simliklar olingan. A va B genlari orasidagi masofa qanday krossingover birligiga teng?


201-masala. Drozofila pashshasida tananing kulrang bo’lishi (A) qora bo’lishi (a) ustidan, qanotning uzun bo’lishi (B) kalta bo’lishi (b) ustidan to’liq dominantlik qiladi. A va B genlari bitta xromosomada joylashgan bo’lib, ularning allellari - a va b genlari shu xromosomaning gomologida joylashgan. Kulrang tanali, uzun qanotli digeterozigotali pashshalar o’zaro chatishtirilsa, keyingi avlodda olinadigan pashshalarning genotipi va fenotipi qanday bo’ladi? Ularning nisbati-chi? Digeterozigotali pashshalar retsessiv qora tanali, kalta qanotli pashshalar bilan chatishtirilsa, keyingi avlodda olingan pashshalarning genotipi va fenotipi qanday bo’ladi?


202-masala*. Tajribalarda makkajo’xori o’simligi donining rangi va shaklini ta’min etuvchi A va B genlari o’rtasidagi masofa xromosomada 4,6 krossingover birligiga teng ekanligi aniqlangan. Quyidagi genotipga ega bo’lgan o’simliklar qanday tipdagi gametalarni hosil qiladi va ularning nisbati foiz hisobida qanday bo’ladi?
A B
═══
a b
Masalaning yechilishi:
A B A B a b
═══ = ─── , ─── (krossingoversiz)
a b
A B A b A b A b a B
═══ → ═×═ → ═══ = ─── , ─── (krossingover natijasida)
a b a B a B
Makkajo’xori o’simliklari digeterozigotali bo’lganligi uchun ayrim hujayralarda gomologik xromosomalar o’rtasida krossingover ketishi natijasida ular to’rt tipdagi gametalarni hosil qiladi:

A B a b A b a B


─── , ─── (normal) va ─── , ─── (krossover)
Xromosomada A va B genlari orasidagi masofa 4,6 krossingover birligiga teng bo’lgani uchun krossover gametalarning miqdori ham 4,6% ga teng bo’ladi
A B a b
yoki ─── tipdagi gametalar 47,7 % ni, ─── tipdagi gametalar ham 47,7%
A b a B
ni, ─── tipdagi gametalar 2,3 % ni va ─── tipdagi gametalar 2,3 % ni tashkil qiladi.



Download 300.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling