K. Turg‘unboyev, M. Tolipov, I. Oxunov


Download 290.5 Kb.
bet12/23
Sana16.08.2023
Hajmi290.5 Kb.
#1667487
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
Bog'liq
IJTIMOIY

Mentalitet-bu shaxs yoki ijtimoiy guruhning dunyoni muayyan obrazda qabul qilish, his qilish va unda tafakkur yuritishini ichiga oluvchi individual va jamoa ongining darajasidir. Mentalitet shu halqning uzoq tarixiy rivojlanishi natijasida shakllanadi va milliy harakter, iqtisodiy va ijtimoiy xulq atvorning milliy modelini belgilab beradi.
Mentalitet shaxsning ijtimoiylashuv jarayonida muhim o‘rin tutadi, chunki u ijtimoiy axborot tashuvchisi hisoblanadi. Ijtimoiy axborot bu holatda 3 asosiy guruhda bo‘ladi:
-ishlab chiqarish quroli va mehnatning jamoat natijalari;
-ob’ektiv ijtimoiy munosabatlar;
-til.
Mentalitet ijtimoiy axborotning o‘ziga xos qismi sifatida o‘zining uzatish kanallariga ega. Ular orasida eng asosiylari tabiiy muhit, mumtoz, va boshqa keng tarqalgan matnlar, til strukturalari, kundalik yumushlar hisoblanadi. Hozirgi kunda fanda mentalitet tushunchasi tor va keng ma’nolarda tushuniladi.

Mentalitet tushunchasini fanda ijtimoiy psixologik kategoriya sifatida qaraladi. Bu bejiz emas. Chunki, unda milliy psixologik xususiyatlari o‘z ifodasini topgan bo‘lib, bu xususiyatlar mazkur halq, elatlarning bevosita faoliyatlariga ham ta’sir ko‘rsatadi.


Bular o‘z navbatida: faoliyatning milliy o‘ziga xosligi, inson hislatlarining milliy hususiyati, ahloqiy hislatlarning milliy o‘ziga xosligida namoyon bo‘ladi.
Milliy xislatlar shakllanishining asosi-milliy, tarixiy, madaniy, diniy, axloqiy qadriyatlar hisoblanadi. Ularning saqlanishi, keyingi avlodlarga uzatilishidagi vosita esa milliy odat va an’analardir.
O‘zbek mentalitetining muhim hususiyatlaridan biri maxsus ijtimoiy tuzilma bo‘lgan mahallaning mavjudligidir. Zotan, mahalla mikrotizim bo‘lib, unda axloqiy tamoyil va qoidalarga amal qilish, marosim va jamoat faoliyatining boshqa turlarida ishtirok etish orqali shaxsning ijtimoiylashuvi usullari shakllanadi.
Boshqacha aytganda mahalla ijtimoiylashuvning ta’sirli mexanizmi hisoblanadi. Chunki unda:
-har bir inson amal qilishi kerak bo‘lgan muayyan axloqiy qonunlar ishlab turadi;
-muomala bir qator axloqiy tamoyillarga asoslanadi;
-hokimiyatga ishonch va xizmat, shaxsiy namuna kuchi, kattalarga hurmat, bolalar haqida g‘amxo‘rlik;
-axloq va jamoatchilikning tarbiyasi amaliy faoliyatga kiritish orqali amalga oshiriladi;
-ommaviy ong qadriyatlari mahalladan oila va shaxsga yetkaziladi;
-alohida shaxs hayotining asosiy bosqichlari jamoaning barcha a’zolari tomonidan kuzatuvda bo‘ladi.
Mahallaning ijtimoiy o‘rni shunda namoyon bo‘ladiki, u doimo jiddiy ijtimoiy o‘zgarishlarga o‘z munosabatini bildiradi va oliy insoniy va axloqiy tamoyillarga tayanadi.
Mahalla hozirda zamonaviy jamiyat hayotining ijtimoiy tizimida o‘z o‘rnini topgan. Milliy va etnik an’analarni har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston siyosati bu an’anaviy institutning yanada faol faoliyat yuritishiga yangi zaminlar yaratdi.

Download 290.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling