Me’yorli tok ulusli bo‘yicha yuklanishi, transformatorlarning ortiqcha yuklanishi:
ruxsat etilgan muddati, min
|
1.2
|
1.3
|
1.4
|
1.5
|
1.6
|
1.75
|
2.00
|
Moyli
|
120
|
90
|
70
|
45
|
20
|
10
|
-
|
Quruq
|
60
|
45
|
32
|
18
|
5
|
-
|
-
|
Moyli majburiy sovitiladigan transformatorlarda shikastlanish holatda ortiqcha yuklanishi, transformatorni ishlab chiqargan korxona ko‘rsatmasiga asosan bajariladi.
Har bir nimstansiya transformatorlari hujjatlashtirilgan bo‘lishi kerak va bo‘nga quyidagilar kiradi:
1 – transformator pasporti, o‘rnatilgan tartibga asosan, yoki formulyar, ishlab chiqargan korxona tomonidan tashkil qilingan ishlatilishi hujjatlari;
2 – korxona ko‘rsatmasi,texnikaviy tavsifnomasi va zaruriy sinov protokollari;
3 – (oraliq va kapital ta’mirdan keyingi topshirish - qobil qilish) sinov protokollari, shu bilan birga to‘plamli jihozlar, kiritgichlar, RPN, tok transformatorlari va boshqa jihozlar sinov protokollari;
4 – transformatorni quritish protokoli;
5 – Montaj va ta’mirlashdan keyingi qabul qilish aktlari;
6 – moyni sinash protokoli;
7–transformator nuqsonlarihaqidagi aktlar. Tavsiflar ko‘rsatkichlari kiritiladi.
7.2.3. Transformatorlar ishini nazorat qilish
Transformator yuklamasi va chulg‘amlar harorati ampermetrlar va ba’zan vattmetrlar ko‘rsatkichlari orqali nazorat qilinadi. Nazorat sho‘nday tashkil qilinishi keraki, transformator me’yorli toki, kuchlanishi va harorati ortib kettishiga yo‘l qo‘yilmaydigan bo‘lishi kerak.
Nimstansiyada navbatchilik vazifasini o‘tayotgan ximatchi har soatda o‘lchov asboblar ko‘rsatkichlarini navbatchi ishlatilishi kitobiga qayd qilib boriladi (ortiqcha yuklanish bilan ishlatilayotganda har 30 minutda ko‘rsatkichlarni va ortiqcha yuklanish oralig‘ini qayd etadi). Asosiy nazorat elementi transformator harorati.
Transformator moyining sovitilayotgan harorat nazorati simobli termometr bilan ulchanadi va buharorat 35oS dan oshmasligi kerak. Katta quvvatli transformatorlarda manometrik termometrlar qo‘llaniladi.
Transformatorlarni tashqi ko‘zatish. Transformatorlarning nosozliklarini o‘z vaqtida aniqlash va shikasttlanish holatga tushmaslikni oldindan bashorat qilish sifatida, hardoim davriy ko‘zatish olib boriladi. Davriy ko‘zatish muddati qurilma rusumi, quvvati va transformatorlarni ishlatilishi tartibiga qaraladi.
Nimstansiyada doimiy navbatchilik qilinganda va navbatchi yoki shu joyda yashovchi, xizmatchi sutkasiga kamida bir marta ko‘zatishi kerak. Bo‘ndan tashqari xaftada bir marta kechasi va ko‘nduzi transformator ko‘zatiladi, bu ko‘zatishda izolyasiyalarda tojli zaryadsizlanishi (koronizatsiyalanish) yo‘qligi 110 kV kuchlanishlarida tekshiriladi.
Navbatchisiz nimstansiyalarda transformatorlar oyiga bir marta yoki olti oyda bir marta ko‘zatish olib borilishi zarur. Bu ko‘zatish muddatlari xududiy sharoitga qarab elektr xo‘jalik raxbari tomonidan muddatlari o‘zgartirilishi mumkin TIQ (PTE)da belgilanganiga qo‘shimcha ravishda). Agar ko‘zatilayotganda ichki shovqin, o‘ta notekis qizish gursillash va me’yorli yuklanishda, sovo‘tish kengaytirgichdan moy otilib chiqishi yoki saqlagich klapani difragmasining moy chiqarib yuborishi, moy miqdorini ko‘rsatkich naychasida moy miqdori kamayib kettishi va moy kimyoviy tekshirishlari qoniqarsiz chiqsa transformator ishlatilishidan chiqariladi.
YUqorida keltirilgan nuqsonlar xavflibo‘lgan hollarda birdan uchiriladi va elektr tarmoq dispetcherga xabar beriladi xavfsizhollarda tarmoq dispetcherga xabar berilib buyruq kutiladi va ishlatilish kitobiga qayd qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |