3-bob. Yakunlovchi qoidalar
15. Davlat xizmatlari markazlari va Markaz o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlaydi.
16. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini, shu jumladan YIDXP orqali doimiy nazorat va monitoring qilib boradi.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Ariza beruvchilar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
1-ILOVA
Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish
SXEMASI
Bosqichlar
| |
Subyektlar
| |
Tadbirlar
| |
Bajarish muddatlari
| | | | | | | |
1-bosqich
| |
Ariza beruvchi
| |
Ma’lumotnoma olish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat qiladi, davlat organlari orqali yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladi
| |
O‘z xohishiga
ko‘ra
| | | | | | | | | | |
2-bosqich
| |
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
3. Davlat organlari
| |
So‘rovnomani Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazi (Markaz)ga yuboradi
| |
So‘rovnoma to‘ldirilishi bilan
| | | | | | | | | | |
3-bosqich
| |
Markaz
| |
1. QR-kod (shtrixli kod) qo‘yilgan ma’lumotnomani rasmiylashtiradi va uni Davlat xizmatlari markaziga yuboradi.
2. Ma’lumotnoma rasmiylashtirishni rad etadi.
| |
3 ish kuni mobaynida
| | | | | | | | | | |
4-bosqich
| |
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
| |
Ma’lumotnomani ariza beruvchining elektron manziliga jo‘natadi va ariza beruvchini bu haqda axborot- kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. O‘zi kelib murojaat qilganda, ma’lumotnomani ariza beruvchiga beradi.
| |
Real vaqt rejimida
| | | |
Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
2-ILOVA
________________
(sanasi)
| | |
_________________
(raqami)
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |